2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
XUSUSIYATLARI
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, xitoy tilida quyidagi asosiy modal fe’llar ajralib turadi:能 [néng],能够 [nénggòu],会 [huì],可以 [kěyǐ],可能 [kěnéng],应该 [yīnggāi],应当 [yīngdāng],该 [gāi],要 [yào],必须 [bìxū],得 [dei],愿意 [yuànyì],敢 [gǎn],肯 [kěn],需要 [xūyào]。 Bularning barchasi asosiy fe’lning “yordamchilari” hisoblanib gapda xatti-harakat, voqea-hodisaning vujudga kelishi, sodir bo‘lish ehtimolligini, kerakligi kabi tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Quyida ularning grammatik xususiyatlariga to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik. Modal fe’llarning to‘g‘ri qo‘llanishi ularning grammatik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. 1. Modal fe’llar doimo asosiy fe’ldan oldin keladi, ba’zida aniqlovchidan oldin kelishi ham mumkin. Masalan: 我会游泳. [Wǒ huì yóuyǒng] -Men suzishni bilaman. 2. Modal fe’lning inkor shakli “不” ni modal fe’lidan oldinga chiqarish orqali vujudga keltiriladi. Masalan: 他不愿意来. [Tā bù yuànyì lái] – U kelmoqchi emas. 3. Modal fe’lning tasdiq va inkori shaklini ketma-ket qo‘llash so‘roq gapni hosil qiladi.87 Masalan: 你能不能帮助我? [Nǐ néng bùnéng bāngzhù wǒ?] - Siz menga yordam bera olasizmi? Misolda 能 qobiliyat modal fe’lining tasdiq shaklidan so‘ng 不能 [bùnéng] inkor shakli qo‘llanishi so‘roqni hosil qilgan. Bu shaklda hosil bo‘lgan so‘roqlarga javob tarzida o‘sha modal fe’lining tasdiq yoki inkor shakli qo‘llaniladi. 4. Xatti-harakatning davomiyligini yoki tugallanganligini ifodalash uchun modal fe’llarga “了”[le],”过”[guò],”着”[zhe] qo‘shilmaydi. 5. Modal fe’llar reduplikatsiyaga uchramaydi. 6. Modal fe’llardan so‘ng ot so‘z turkumi ishlatilmaydi. 会[huì] 1. Mazkur modal fe’l bilim va ko‘nikmaning amaliyot yordamida hosil bo‘lishini bildiradi. Masalan: 妈妈会织毛衣. [Māmā huì zhī máoyī.] - Onam kiyim to‘qiy oladi (to‘qishni avval o‘rgangan). 2. Ehtimollikni bildiradi. Masalan: 今天会下雨. [Jīntiān huì xià yǔ] - Bugun yomg‘ir yog‘ishi mumkin (ehtimoli bor). Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling