2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet55/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

可以 [kěyǐ]
1. “Qobiliyat”, “bajara olish” ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Masalan: 我可以帮助他? [Wǒ kěyǐ bāngzhù tā?] - Men unga yordam bera olamanmi? (qo‘limdan keladimi)
2. Ruxsat ma’nosida:
Masalan: 我可以抽烟吗? [Wǒ kěyǐ chōuyān ma?] - Cheksam maylimi?
应该 [yīnggāi]
1. “Kerak” ma’nosida qo‘llanadi.
Masalan: 我们应该走了 [Wǒmen yīnggāi zǒule] - Biz ketishimiz kerak.
Ushbu modal fe’lning inkor, shakli 2 xil: 不应该 [bùyìnggāi] va 不该 [bùgāi]
Masalan: 你不应该去. [Nǐ bùyìnggāi qù.] - Seni borishing shart emas.
Og‘zaki tilda应该 [yìnggāi] o‘rnida, uning qisqa shakli 该 [gāi] ko‘proq qo‘llaniladi. Xitoyshunos olimlarning asarlarida keltirilishicha 该 [gāi] ko‘pincha,了 [le] yordamchi so‘zi bilan birga qo‘llanadi.
要yào
1. Xohish-istakni ifodalaydi:
Masalan: 病人要出院. [Bìngrén yào chūyuàn] - Bemor kasalxonani tark etishni istaydi.
Bu holda mazkur modal fe’lning inkor shakli不想 [bùxiǎng] bo‘ladi.
Masalan: 他不想来. [Tā bùxiǎng lái.] - U kelmoqchi emas.
2. E’tibor ma’nosini ifodalashda ham qo‘llanishi mumkin.
Masalan: 大家要努力工作. [Dàjiā yào nǔlì gōngzuò.] - Hamma yaxshilab ishlashi darkor.
Ushbu holatda modal fe’lining inkor shakli 不用 [bùyòng] ishlatiladi (不要 [bùyào] o‘rniga).
Masalan: 你们不用着急 [Nǐmen bùyòng zhāojí] - Xavotir olishingizga hojat yo‘q.
不要 [bùyào] inkor shakli 别 [bié] inkor shakli bilan sinonim bo‘lib “ruxsat bermaslik” ma’nosini anglatadi.
Masalan: 不要大声说=别大声说. [Bùyào dàshēng shuō =bié dàshēng shuō] - Baland ovozda gapirmang!
Yaxontov yana modal fe’llar haqida shunday deydi: “Mustaqil ma’noga ega fe’llardan tashqari, xitoy tilida yana yordamchi va yarim yordamchi fe’llar mavjud. Bu fe’llarning mustaqil ma’noli fe’llardan farqi shundaki, ular hech qachon to‘liq gaplarda mustaqil kesim bo‘lib kela olmaydi. Yordamchi fe’llar guruhiga 1) 来[lái] va去[qù] fe’li 2)ko‘makchi fe’llarni, yarim yordamchi fe’llarga esa modal fe’llarni kirita olamiz”88
Yuqorida ta’kidlanganidek, modal fe’lni yarim yordamchi fe’l desak ham bo‘ladi, ammo yana boshqa ba’zi bir adabiyotlarda modal fe’llarning boshqa nomi sifatida yordamchi fe’llar termini ham qo‘llanadi. Biroq, yordamchi fe’llar va modal fe’llar orasida farq bor: modal fe’llar doimo asosiy fe’ldan oldin keladi, yordamchi fe’llar esa asosiy fe’llardan keyin joylashadi.
Masalan: 我不会读. [Wǒ bù huì dú.] - Men o‘qishni bilmayman.
我还没读完了. [Wǒ hái méi dú wánle.] - Men hali o‘qib bo‘lganim yo‘q.
Ko‘rib turganimizdek, birinchi gapda “读”[dú] asosiy fe’ldan oldin 会[huì] modal fe’li ishlatilgan, ikkinchi gapda esa “完”[wán] yordamchi fe’li asosiy fe’ldan keyin o‘rin olgan.
To‘liq gaplarda modal fe’llar asosiy fe’ldan oldin qo‘yiladi:
Masalan: 我想做饭. [Wǒ xiǎng zuò fàn] - Men ovqat pishirishni hohlayman.
Yuqorida ta’kidlanganidek, modal fe’llar mustaqil holatda to‘liq gaplarda qo‘llana olmaydi, faqat to‘liqsiz gaplargagina mustaqil qo‘llanishi mumkin.
Masalan: 他请我到他家吃饭,我不想. [Tā qǐng wǒ dào tā jiā chīfàn, wǒ bùxiǎng.] - U meni uyiga ovqatlanishga taklif qildi, men xohlamadim.
Bu o‘rinda gapning ikkinchi qismidagi “我不想”[wǒ bùxiǎng] – to‘liqsiz gap bo‘lib, 想[xiǎng] modal fe’li asosiy fe’lsiz yakka o‘zi ishtirok etgan. Agar gapni to‘liq gapga aylantirsak unda asosiy fe’lga muhtojlik seziladi. Shunda quyidagicha ko‘rinish oladi:
他请我到他家吃饭,我不想去. [Tā qǐng wǒ dào tā jiā chīfàn, wǒ bùxiǎng qù] - U meni ovqatlangani uyiga taklif qildi, men borishni xohlamadim.
Xitoy tilida yordamchi fe’llar umuman mustaqil holda sodda kesim vazifasini bajara olmaydi, qo‘shma kesim tarkibida ular qo‘shimcha ma’no anglatmaydi. Yordamchi fe’llar modal fe’li va sabab fe’llariga ish-harakatining yo‘nalishini ko‘rsatuvchi fe’llarga ajratiladi. Xitoy tilida modal fe’llarning boy sistemasi mavjud bo‘lib ular ehtimollikni, zaruriyatni yoki harakat qilish ma’nolarini ifodalaydi. Modal fe’llarining asosiy xususiyati shundaki, ular morfologik o‘zgarmasdir.89 Xitoyshunos olimlar modal fe’llarni yopiq turdagi fe’llar qatoriga qo‘shishadi. Ularning miqdori ham cheklangan, shuning uchun ham ular murakkab ma’noga ega bo‘lib, boshqa fe’llardan grammatik xususiyatlariga ko‘ra ajralib turadi. Bizga ma’lum bo‘lgan 36 ta modal fe’lini quyida keltirib o‘tamiz.

1



néng

qila olmoq

2

能够

nénggòu

qila olmoq

3



huì

qila olmoq

4





ruxsat

5

可以

kěyǐ

mumkin

6

可能

kěnéng

balki, ehtimollik

7

得以

déyǐ

imkoniyati bor bo‘lmoq

8

愿意

yuànyì

rozi bo‘lmoq

9



yuàn

umid qilmoq, xohlamoq

10

乐意

lèyì

tayyor bo‘lmoq, chin dildan bajarmoq,

11

请愿

Qǐngyuàn

rozi bo‘lmoq

12



kěn

rozi bo‘lmoq

13



xiǎng

kerak

14



yào

kerak

15

想要

xiǎngyào

o‘ylamoq, xohlamoq, umid qilmoq

16

敢于

gǎnyú

jur’at etmoq

17



gǎn

haddi sig‘moq

18

乐于

lèyú

bajonidil

19

应当

Yīngdāng

shart, zarur

20



yīng

shart, zarur

21

应该

yīnggāi

kerak, shart

22



De

bo‘lishi mumkin

23



dei

shart, zarur

24

须得

xūde

zarur, muhim

25

犯得着

Fàndezháo

yo‘l qo‘ymoq

26

犯不着

Fànbuzhao

yo‘l qo‘ymaslik

27

理当

lǐdāng

e’tiborga olmoq

28

便于

biànyú

loyiq

29



gāi

yaxshi bo‘lar edi

30

难于

nányú

qiyin bo‘lmoq

31

难以

nányǐ

qiyin bo‘lmoq

32

容易

róngyì

oson

33



xiǎng

o‘ylamoq, xohlamoq

34





ruxsat bermoq, ehtimollik

35



shuí

ehtimollik

36



pèi

munosib, loyiq bo‘lmoq

Ushbu modal fe’llarni jamlab semantik guruhga bo‘lgan tarzda quyidagi ko‘rinishga keltirish mumkin:



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling