2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet45/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Nǐ de xīn mào zi hěn piào liɑnɡ .
“Sening yangi bosh kiyiming juda chiroyli”.
亲戚们都来看新娘子,小倩穿上华丽衣服,非常大方地走出来,人们见新娘子长得象鲜花一样都惊得目瞪口呆,从此没有人再说鬼,而疑心他是仙女了。
Qīnqimendōuláikànxīnniánɡ zǐ ,xiǎoqiànchuānshànɡ huá lì yī fu,fēichánɡ dà fānɡ dì zǒuchū lái,rénmenjiànxīnniánɡ zǐ zhǎnɡ dé xiànɡ xiānhuā yí yànɡ dōujīnɡ dé mù dènɡ kǒudāi,cónɡ cǐ méiyǒurénzàishuō ɡuǐ , éryí xīntā shì xiānnǚ le。
Ne Shaochanni ko‘rishga qarindoshlar kelishganda u ajoyib liboslarni kiyib ular oldiga chiqdi va salom berdi.Qarindoshlar endi ochilgan gulg‘unchaga
o‘xshash yosh kelinchakni ko‘rib hayratlanishdi,so‘ng xech kim uni jinlardan deb bilmadi balki bu farishta emasmikin deb o‘ylab qolishdi.50
8) Predmetning pishgan va xomlik holatlarini ifodalovchi sifatlar:生的shēnɡ de – xom, 煮熟zhǔ shú – pishgan va boshq.
9) Predmetning ho‘l-quruqlik holatini ifodalovchi sifatlar: 湿的shī de – ho‘l, 湿润的shī rùn de – nam, 干ɡān – quruq va h.k.
10) Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar: 平静pínɡ jìnɡ
–tinch, 不安的bù ān de – notinch, 低微的dī wēi de – jim va h.k.
Bundan tashqari 平整的pínɡ zhěnɡ de – silliq, 有皱纹的yǒu zhòu wén de – g‘ijim, 开的kāi de – ochiq kabi bir qancha sifatlar borki, bular ham turli holatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan holat bildiruvchi sifatlarning deyarli hammasi darajalanadi, shakl o‘zgartiruvchi affikslarni (modal forma yasovchilarni) qabul qiladi va ko‘pchiligi ko‘chma ma’nolarda qo‘llaniladi.
3. Rang-tus bildiruvchi sifatlar. Predmetning belgi alomatlaridan biri rang-tusdir. Bir turkum sifatlar predmetning ana shu belgisini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Mas..,红色的hónɡ sè de qizil 黑色的 hēi sè de qora va boshq..
4. Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar. Ushbu turga kiradigan sifatlar predmetning turli ko‘rinishlarini, shakl va forma belgilarini ifodalash uchun qo‘llaniladi: 圆yuán – dumaloq , 长–chǎnɡ uzun , 胖 –pànɡsemiz kabilar.
Xitoy tilida mazkur turga kiradigan sifatlarga ozgina to‘xtalib o‘tamiz.
Sifatlar doirasida圆yuán “dumaloq” kabi so‘zlar alohida guruhni (alohida leksik-grammatik kategoriyani) tashkil qiladi.
O‘z ma’nosiga ko‘ra bu sifatlar shu bilan tavsiflanadiki, ular intensivlik darajasida o‘zgarishga yo‘l qo‘ymaydi, masalan, predmet dumaloq yoki butunlay dumaloq bo‘lishi mumkin, lekin u biroz dumaloq bo‘lishi mumkin emas. 圆桌子yuán zhuō zi ‘dumaloq stol’ deyish mumkin, lekin 很圆的桌子hěn yuán de zhuō zi ‘juda dumaloq stol’ deyish mumkin emas, xuddi shuningdek玻璃瓶子bō li pínɡ zi ‘shisha butilka’, deyish mumkin, biroq 很玻璃的瓶子 hěn bō li de pínɡ zi demaydilar.
Sifatlarning ushbu guruhi ma’nosi bilan ularning bir qator grammatik xususiyatlariga ham bog‘liq.
Ma’lumki, sifat predikativlari predmetlarning o‘zgarmas emas, balki o‘zgaruvchan belgilarini ifodalaydi: gap yo muayyan darajadagi sifat haqida, yo muvaqqat holat tarzidagi sifat haqida boradi. 圆yuán “dumaloq”, 白bái ‘oq’ kabi sifatlar intensivlik darajasida o‘zgarishga yo‘l qo‘ymagani bois, aksariyat sifatlardan farqli o‘laroq, ular so‘z birikmasining ma’nosi gap belgilarning vaqtda o‘zgarishiga yo‘l qo‘yuvchi belgi haqida borayotganiga aniq ishora qilgan joydagina bog‘lamasiz kesim vazifasini bajarishi mumkin. Masalan:
月白,风新
Yuè bái , fēnɡ xīn
‘Oy yorug‘ (so‘zma-so‘z ma’nosi ‘oppoq’), shamol toza’;
她的头发白了.
Tā de tóu fɑ bái le.
“Uning sochiga oq tushdi”;
So‘z birikmasining ma’nosi belgining vaqtda o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymagan hollarda, bunday sifatlar, qoida tariqasida, bog‘lamasiz kesim vazifasida kelishi mumkin emas. Nisbiy sifatlar kabi, ular bunday hollarda otning –的de suffiksi bilan tuslanishi lozim va bog‘lamaning mavjudligini talab qiladi; boshqacha qilib aytganda, kesim bu yerda predmetning o‘zgaruvchan belgisini emas, balki o‘zgarmas belgisini ifodalaydi va bu yerda predikativlar emas, balki sifatlar amal qiladi. Masalan:
地是圆的,不是方的.
Dì shì yuán de , bú shì fānɡ de.
“Er to‘rtburchak emas, balki yumaloq”;
这个东西全是新的.
Zhè ɡe dōnɡ xi quán shì xīn de
“Bu buyum mutlaqo yangi!”
Shakl ko‘rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: 胖pànɡ – semiz, 瘦shòu – ozg‘in.
5. Hajm-o‘lchov-masofa bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar predmetning hajmi, o‘lchovi, miqdori kabi konkret va abstrakt belgilarini ifoda etadi. Hajm bildiruvchi sifatlar ham ko‘p jihatdan holat va shakl bildiruvchi sifatlarga o‘xshashdir. Mas., 宽阔kuān kuò keng, 窄zhǎi –tor, 长 chánɡ – uzun, 深的shēn de – chuqur.
6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar. Bu turdagi sifatlar predmetga xos xususiyatlardan biri bo‘lgan maza-ta’mni ifodalashga xizmat qiladi: 甜tián – shirin, 好吃hǎo chī – mazali, 辣là – achchiq, 酸suān – nordon, 含盐的hán yán de – sho‘r.
Maza-ta’m ifodalovchi sifatlar boshqa tur sifatlarga nisbatan kam sonni tashkil etadi.
Maza-ta’m ifodalovchi sifatlar tilda kam bo‘lgani tufayli ot turkumidagi so‘zlardan ham bunday sifatlar o‘rnida foydalaniladi. Mas., shakar, zahar, suv kabi. Bunday sifat o‘rnida ot so‘z turkumidagi so‘zlardan foydalanish ko‘proq ekspressiv-emotsionallik munosabatlari bilan bog‘liq.
7. Hid bildiruvchi sifatlar predmetning hidini ifodalash uchun xizmat qiladi: 有香气的yǒu xiānɡ qì de,芬芳的fēn fānɡ de – xushbo‘y.
Hid bildiruvchi sifatlar tilning lug‘at boyligida juda kam sonni tashkil etadi. Shuning uchun ham bunday belgilarni ifodalashda ko‘proq predmet nomlaridan foydalaniladi. Ya’ni biror hid tarqatuvchi predmet nomiga “hidli” so‘zini qo‘shish orqali qo‘shma sifatlar hosil qilinadi. Mas., 有香水香气的yǒu xiānɡ shuǐ xiānɡ qì de – atir hidli.
8. Vazn-og‘irlik bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar og‘ir yoki yengillik belgisini ifodalaydi: 轻qīnɡ– yengil, 重zhònɡ– og‘ir kabi. O‘zbek tilida predmetning bunday belgilari uchun ham otlardan yoki qiyos ma’nosini anglatuvchi sifatlardan foydalaniladi: zil, zilday, qush, qushday kabilar.
9. O‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar. Bir qator sifatlar o‘rin va paytga munosabat bildirib keladi. Mas., 秋天的qiū tiān de – kuzgi, 晚上的wǎn shɑnɡ de – kechki, 以前的yǐ qián de – avvalgi, 明天的 mínɡ tiān de – ertangi, 家的jiā de – uydagi. 秋天的节日的时候qiū tiān de jié rì de shí hou “Kuzgi bayramlar vaqtida”.
Ba’zi xitoy va rus olimlarining xitoy tilida sifatdarajalari va ularning tasniflanishi borasidagi ilmiy fikrlari bilan tanishib chiqish orqali quyidagi xulosalar qilindi:
1.Xitoy tilida sifat darajalari uch turga (orttirma, ozaytirma va qiyosiy) bo‘linadi. Xitoy tilida sifat darajarini ifodalashda maxsus so‘zlar (ierogliflar) , so‘z birikmalar va grammatik konstruksiyalar ishlatiladi.
2.Xitoy tilida salbiy yoki ijobiy ma’no anglatuvchi sifatlar bilan bir qatorda neytral ma’noli sifatlar xam mavjud;
3.Xitoy tilida ba’zi sifatlar faqat insonlarga nisbatan, ba’zi sifatlar esa faqat jonzotlar va predmetlarga nisbatan ishlatiluvchi sifatlar.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling