2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
民 族 min zu xalq
军 队 jun dui armiya Predmet yoki predmetlik tushunchalarining uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini ifodalovchi shakllar egalik kategoriyasi deyiladi. Xitoy tilida egalik kategoriyaside (-ning) bog’lovchisi yordamida amalga oshiriladi. Qo’llanilish formulasi quyidagicha: 我的书. Wo de shu Mening kitobim 你的书.
Sening kitobing 他的书.
Uning kitobi Boshqa tillardan xususan o’zbek tilidan farqli ravishda egalik kategoriyalarini ifodalovchi egalik qo’shimchasi yo’q. Modal shakllarning mavjudligi otlarning morfologik jihatdan о‘ziga xos muhim belgilaridan biridir. Modal shakllar otdan anglashilgan ma’noga turli emotsional-ekspressiv ma’no qо‘shuvchi shakllardir. Otlardagi modal shakllar maxsus modal ma’no hosil qiluvchi qо‘shimchalar va sо‘zlarni о‘zaro qо‘shish bilan hosil bо‘ladi. Modal ma’no hosil qiluvchi so’z yordamida kichraytirish, erkalash ma’nolaridagi otlar hosil bо‘ladi. Xitoy tilida kichraytirish so’zlariga xiao (kichkina),er (cha) so’zlari qo’shish yordamida hosil bo’ladi.39 Masalan: 小女孩 xiao nu hai qizaloq nu er qizcha Sanalish- sanalmasligiga ko’ra otlar sanaladigan otlar va sanalmaydigan otlarga bo’linadi. Sanaladigan otlar asosini konkret otlar tashkil qiladi. Masalan: 两个苹果 liang ge ping guo 2ta olma, 四本书 si ben shu 4ta kitob. Sanalmaydigan otlarning asosini modda otlari tashkil qiladi. Ularga quyidagilar kiradi : 空气 kong qi havo 太阳 tai yang quyosh Xitoy tilida otlarning grammatik xususiyatlari quyidagilardan iborat. Eng asosiy xususiyatlaridan biri otlardan oldin odatda son va hisob so’zlari ishlatiladi. 一个人 yi ge ren 1ta odam 一 车 yi liang che 1ta mashina Odatda bir bo’g’inli sodda otlar reduplikatsiyalanadi ya’ni ikkilanadi. Bu ikkilangan otlarning tarjimasi « har bir » degan ma’noni beradi. 人人 ren ren har bir odam 年年 nian nian har yili suffiksi otdan kegin qo’yilib, o’zbek tiliga « lar » tarzida tarjima qilinadi. Faqat bu suffiks o’zbek tilidan farqli ravishda faqatgina shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. 朋友 peng you men do’stlar 老师 lao shi men o’qituvchilar Ko’pgina otlar 子, 头 va suffikslari orqali yasaladi. 椅子 yi zi stul 花儿 hua er rasm 石头 shi tou tosh Xitoy tilida otlarni qo’llanilishiga doir bir qator qoidalarni e’tiborga olish kerak. Masalan, ularninng yasalishiga doir bir qator e’tiborga molik jihatlarini sanab o’tishimiz mumkin. Xitoy tilida son va hisob so’z orqali otlarning ko’plik shaklini yasash mumkin. Ularni ifodalash uchun bir qancha yordamchi so’zlar bor. 很多水果 hen dou shui guo ko’p meva 十个人 shi ge ren o’nta odam - son va hisob so’zlardan tashqari ko’plik ma’nosini ifodalovchi so’zlar orqali ham yasash mumkin. Masalan “… “ suffiksi bilan yasalgan otlarning ko’plik shakli talaffuz qilinganda “… “ suffiksi neytral ohang talaffuz qilinadi bu suffiks bilan yasalgan otlarga son va hisob so’z ishlatilmaydi.
O’zbek tilidan farqli ravishda Xitoy tilida ot so’z turkumi har doim ham ot so’z turkumi kim? nima? so’roqlariga javob bo’lmaydi. O’zbek tilida tilidagi ravishga to’g’ri keladigan ayrim so’zlar Xitoy tilida ot so’z turkumiga to’g’ri keladi. Masalan: 早 上 zao shang ertalab 早上 o’zi qachon? so’rog’iga javob bo’lib, o’zbek tilida ravish so’z turkumini ifodalaydi. Yuqoridagi kabi misollarni yana ko’plab keltirib, bu ikki tildagi o’zaro farqlarni kuzatishimiz mumkin. Xitoy tilida ot so’z turkumi atoqli va turdosh otlarga bo’linadi. Atoqli otlarga tegishli so’zlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: shaxlarga tegishli ot, o’simlik- hayvonotga tegishli otlar, geografik nomlar, abstrakt otlar, vaqtni anglatuvchi otlar, taraf-yo’nalishni anglatuvchi otlar. Turdosh otlar esa ikkiga bo’linadi yakka va jamlovchi otlardir. Xitoy tilida o’zbek tilidan farqli kelishik qo’shimchalari yo’q, faqatgina shaxsga tegishlilik ba’zi bir qo’shimcha yoki so’zlar orqali ifodalanadi. Shuningdek otlar sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo’linadi. Xitoy tilidaodatda bir bo’g’inli sodda otlar reduplikatsiyalanadi.40 Darhaqiqat xitoy tilining o’ziga xos jihatlari ko’p. Ot so’z turkumining bir qancha qoidalarni rad etishi, ba’zi tillarda masalan, o’zbek tilida uchraydigan grammatik hodisalardan xitoy tilida umuman qo’llanilmasligi ham uning murakkabligidan dalolat beradi. Shuni aytish mumkinki, bu til aynan shunday jozibasi bilan ko’pchilikni o’ziga jalb etgan. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling