Ravish(li) otlar
Xitoy tilida ravishlarga tegishli bo‘lgan bir guruh otlar mavjud: 今天 jintian bugungi kun, bugun, 明天 mingtian ertangi kun, ertaga, 早上 zaoshang tong, tongda, 晚上 wanshang oqshom, oqshomda.
Ravishdan farqli bo‘lib, ravish(li) otlar gapda ega vazifasini bajarishi mumkin. Aynan shu xususiyat ularni otlar bilan yaqinlashtiradi. Ravish(li) otlar odatda klassifikatorlar bilan qo‘llanilmaydi. Ular ko‘picha hol vazifasida keladi. Mana shu xususiyatlar ularni ravishlar bilan yaqinlashtiradi.
SIFAT
Umumiy tavsif
Sifat (形容词xingrongci) – predmetning tub (asl) yoki nisbiy belgisini ifodalovchi so‘z turkumidir. Xitoy tilida sifat harakat belgisiga ham ishora qilishi mumkin.
Xitoy tilida sifat kategoriyasidagi so‘zlar biror predmet, voqea-hodisa va holatning belgi xususiyatlarini (ya’ni rang-tusini, hajmini, shaklini, xarakter, xossa-xususiyatlarini, vaznini, mazasini) ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan:: 红茶hónɡ chá– qora choy, 好人–hǎo rén -yaxshi odam, 大风dà fēnɡ – qattiq shamol; chiroyli qiz, sabrli odam, qizil sabzi. Quyida xitoy tilshunos olimi Li Dejin(李德津Li Dejin) ning xitoy tili grammatikasiga oid yaratilgan asarida sifat so‘z turkumiga to‘xtalib o‘tgani kuzatiladi:
“表示人,事物的形态,性质或者动作,行为等的状态的词叫形容-Biǎo shì rén, shì wù de xínɡ tài, xìnɡ zhì huò zhě dònɡ zuò, xínɡ wéi děnɡ de zhuànɡ tài de cí jiào xínɡ rónɡ
tarjimasi: Shaxs va predmetning shakl xolat-xususiyatini,hamda harakatning holatini ifodalovchi so‘zlar sifat deyiladi”.41
Predmetning asl (tub) belgisini ifodalagan holda sifat aniqlovchi yoki kesim vazifasida keladi. Predmetning nisbiy belgisini ifodalaganda, sifat odatda aniqlovchi vazifasini o‘taydi. Harakat belgisini ifodalanganda esa, sifat ko‘pincha hol vazifasida keladi. Alohida sifatlarga xos bo‘lmagan holatlarda u ega va to‘ldiruvchi vazifalarida ham kelishi mumkin.
Sifatlarning tasniflanishi
Semantik-grammatik xususiyatlar hamda nutqdagi funksional vazifalarga ko‘ra xitoy tilidagi sifatlar ikkita sinfga bo‘linadi: asl (tub) sifatlar va nisbiy sifatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |