2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet43/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Asl (tub) sifatlar predmetning asl belgisini ifoda­lay­di: 红 hong qizil; 绿 lü yashil; 甜 tian shirin; 酸 suan nordon; 美丽 meili chiroyli; 老 lao keksa, qari; 大 da katta; 好 hao yaxshi; 快 kuai tez; 可怕 kepa qo‘rqinchli, dahshatli.
Ushbu sinfga tegishli sifatlar zamonda o‘zgaruvchan va modal shakllarni ifodalaydi. Bundan tashqari, ular ko‘pincha ikki­la­nish shaklida ham qo‘llaniladi. Miqdor-daraja ravishlari bilan birgalikda asl (tub) sifatlar asl belgining shiddati (inten­sivligi)ni ko‘rsatadi. 一点 yidian, 一些 yixie ozgina, sal bo‘lsa, 一倍 yibei ikki barovar so‘zlari bilan birga kelishi mumkin. Bundan tashqari, ular ba’zi bir yordamchi (ko‘makchi) fe’llar bilan ham birga kelishi mumkin.
Nisbiy sifatlar predmetning nisbiy belgisini bildira­di: 左 zuo chap, 右 you o‘ng, 横 heng gorizontal, 竖 shu vertikal, 真 zhen haqiqiy, 假 jia soxta, qalbaki, 科学 kexue ilmiy, 基本 jiben asosiy. Asl (tub) sifatlardan farqli ravishda bu turdagi sifatlar zamonda o‘zgaruvchan va modal shakllarni hamda ikki­lanish shaklini hosil qilmaydi. Juda kam holatlarda miqdor-daraja ravishlari va 一点儿 yi dianr so‘zi kabilar bilan qo‘l­la­niladi. Ushbu holatlar mazkur sinfning sintaktik valentligi­dagi chegaralanganligini isbotlaydi. Gapda nisbiy sifatlar ko‘pincha aniqlovchi vazifasida, juda ham kam holatlarda kesim vazifasida kelishi mumkin.
Sifatlarning ma’no jihatidan tasniflashnishi

1. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar.Bu turga kiruvchi sifatlar ayniqsa inson xarakter-xususiyatini ifodalashda ko‘p qo‘llaniladi. Mas., 可爱kě ài – yoqimtoy, shirin; 善心的shàn xīn de – rahimdil.


兽王很佩服他的本领,和他成了朋友,常劝他住在宫里.
Shòu wánɡ hěn pèi fú tā de bén lǐnɡ, hé tā chénɡ le hǎo pénɡ you, chánɡ quàn tā zhù zài ɡōnɡ lǐ.
Lu knyazligining knyazi uning maxoratiga juda koyil kolganligidan Gung bilan yaxshi dust bulib,doimo uz saroyida yashashini xoxlar edi.42
Bu yerda 好hǎo – yaxshi; yaqin, chin; gapda aniklovchi vazifasida kelgan.
Birinchi kategoriyaga xos sifatlarning turkumi inson, predmet va hayvonlarning xarakter-xususiyatini ifodalashda umumiy qo‘llanilsa,yana bir turkumi faqatgina predmet xususiyatini ifodalashda xoslashib qolgan. Mas., 慷慨的kānɡ kǎi de – saxiy; 诚实的chénɡ shí de – rostgo‘y kabi.
Xarakter-xususiyat ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, xarakter-xususiyat ifodalab keluvchi sifatlar ijobiy va salbiy mazmunga ega. Bundan tashqari, neytral ma’noli (ya’ni, ham ijobiy, ham salbiy bo‘lmagan) sifatlar mavjud.
1) Insonning xarakter-xususiyatiga xos:
a) ijobiy sifatlar, mas., 客气的kè qi de – muloyim, 有修养的yǒu xiū yǎnɡ de – odobli, 忠实zhōnɡ shí – sodiq, 温柔的wēn róu de – mehribon va boshq.
他的儿子很温柔的.
Tā de ér zi hěn wēn róu deyu
“Uning o‘g‘li juda mehribon” .
您是个正刚强的好人,一定能救我。
Nín shì ɡè zhènɡ ɡānɡ qiánɡ de hǎo rén , yí dìnɡ nénɡ jiù wǒ
Meni mazkur halokatdan qutqaradigan yagona sofdil odam sizsiz. 43
b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlar. Salbiy xususiyat bildiruvchi sifatlar ko‘pincha ijobiy xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarning antonimlari sifatida mavjud, ya’ni bu guruhga oid sifatlar kishi xarakter-xususiyatidagi yaramas, yoqimsiz tomonlarini ifoda etadi:
口是心非的kǒu shì xīn fēi de – ikkiyuzlamachi, 残酷的cán kù de – shafqatsiz. 残酷无情的人 cán kù wú qínɡ de rén – shafqatsiz odam.
Kishiga xos turli xususiyatlar, uning biror a’zosini, gap-so‘zini, o‘y-niyatini, his-tuyg‘usini va shu kabilarni sifatlash orqali ham beriladi. Bunda sifatlash ob’ekti kishiga bog‘langan holda berilishi yoki alohida o‘zi sifatlanishi mumkin. 嘴甜的 zuitiande – tili shirin, 诚实的chénɡ shí de – samimiy.
他的母亲诚实的人.
Tā de mǔ qīn chénɡ shí de rén.
“Uning onasi samimiy insondir”;
王文虽是个老实人但被他怎么一看心里也象丢了似的,呆呆的坐在那里。
Wánɡ wén suī shì ɡè lǎo shi rén dàn bèi tā zěn me yí kàn xīn lǐ yě xiànɡ diū le shì de , dāi dāi de zuò zài nà lǐ 。
Vang Veng kamtarin bola bo‘lishiga qaramay,ko‘zlari bu qizning ko‘zlariga tushganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek bo‘ldi.44
Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr etilgan sifatlardan tashqari boshqa turkumdagi (mas., holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham foydalaniladi. Bunday sifatlovchilar kishilarga xos turli xarakter-xususiyatlarni ochishga xizmat qiladi. Mas..,急躁jí zào – qattiqqo‘l, talabchan.
他对孩子们太急躁.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling