5-dars: Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv
tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar
Dars maqsadi:
|
|
Ta’limiy maqsad:
|
O’quvchilarga Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi, Farg’ona vodiysi va
Samarqand viloyatidagi istiqlol janglari, harakatning mohiyati, asosiy harakatlantiruvchi kuchlari va
ijtimoiy tarkibi. Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom Polvon,
Ochilbek, Bahrombek va boshqa qo’rboshilar faoliyati, Qo’rboshilar qurultoylari va uning ahamiyati
haqida tushunchalar berish
Tarixiy voqeiylikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
(FK1)
1918-yildan 1924-yilgacha O’zbekiston tarixiga doir muhim voqelik va jarayonlarni tahlil qila oladi;
1918-yildan 1924-yilgacha O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr
nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi.
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi: (FK2)
tarixiy xaritalar va qo‘shimcha manbalar ustida ishlay oladi;
|
Tarbiyaviy maqsad
|
Kommunikativ kompetensiya: (TK1)
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish,
ilmiy muloqotni tashkil etish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy
hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish va
jamoaviy qarorlar qabul qilish;
muloqot jarayonida o’zining his-tuyg’ularini boshqarish, nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar
qabul qilish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |