2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Yordamchi fe’llar
Yordamchi fe’llar modal va undash (kauzativ; harakatga majburlash ma’nosiga ega) fe’llariga, harakatning bosqichlarini ifodalovchi va harakatni yo‘naltirilganiga ishora qiluvchi fe’llarga bo‘linadi. Modal fe’llar modallikni bildiruvchi leksik-gramatik birlik hisoblanadi. Shu fe’llar orqali modallikning imkoniyat, zarurat, xohish-istak kabi turlari o‘z ifodasini topadi. Modal fe’llarning inkor shakli odatda bu inkor yuklamasi yordamida hosil bo‘ladi. Ularning ba’zilari ayrim kamchilik bo‘lgan holatlarda 没 mei inkor shakli bilan yasaladi. Modallik turlariga ko‘ra bu fe’llarni uchta guruhga ajratish mumkin. 1. Imkoniyat (qobiliyat)ni ifodalovchi modal fe’llar: 能够 nenggou qila omoq, qodir bo‘lmoq; 可以 keyi mumkin, imkoni bor; 会 hui mumkin, bo‘lish ehtimli bor. 2. Zaruratni ifodalovchi modal fe’llar: 应该 yinggai lozim, joiz; 需要xuyao kerak, zarur; 得 dei shart, lozim. 3. Istak (xohishni) ifodalovchi fe’llar: 愿意 yuanyi xohlamoq, istamoq; 想要 xianggyao shaylanmoq, qilishga niyat qilmoq; 肯 ken xohlamoq, moyil bo‘lmoq. 4. Undash (kauzativ) fe’llar qandaydir harakatni bajarishga yo‘naltirilgan xohish-istakni ifodalovchi leksik-grammatik vosita hisoblanadi. Undashning umumiy ma’nosini使shi fe’li ifodalaydi, qolgan fe’llar undashni ifodalab, qo‘shimcha ma’nolarga ega: 叫 jiao buyurmoq, majburlamoq; 让 rang izn bermoq, majburlamoq; 请 qing so‘ramoq, iltimos qilmoq; 促使cushi undamoq; 颇使poshi majburlamoq, majbur qilmoq. Undash (kauzativ) fe’llarning inkor shakli bu inkor yuklamasi yordamida yasaladi. Ta’qiqlash shakli 不要 buyao (别 bie) yordamida hosil bo‘ladi. 5. Harakat bosqichlariga ishora qiluvchi fe’llar. Fe’llarning bu kichik guruhi harakatning boshlanishi, davo etishi va yakunlanishini ifodalaydi. Ularning asosiy sintaktik-ma’noviy vazifasi murakkab fe’l tarkibida asosiy fe’lga qo‘shimcha ma’nolarni berib turishdan iborat. Quyidagi fe’llar harakatning boshlanishini – 开始 kaishi , 入手 rushou, 动手 dongshou; harakatning davom etishini – 继续 jixu, 接续 jiexu; harakatning yakunlanishi, to‘xtashini – 停止 tingzhi, 停顿 tingdun ifodalaydi. Harakatning yo‘naltirilganligini ifodalovchi fe’llar. Bu turdagi fe’llar gapirayotgan shaxsga nisbatan harakatning yo‘nalishini bildiradi. Ular sodda va murakkab fe’llarga bo‘linadi. Sodda fe’llar (来 lai i 去qu) gapirayotgan shaxsga yoki gapirayotgan shaxsdan umumiy yo‘nalishni bildiradi; murakkab fe’llar umumiy yo‘nalishni ifodalashi bilan birga harakat makonining turli taraflarga yo‘naltirilganini ham ifodalaydi (masalan, 上来 shanglai bu yerga tepaga yurish, surilish; 上去 shangqu u yerga, tepaga yurish, surilish). Bu turdagi yordamchi fe’llar harakat ma’nosini ifodalayotgan to‘liq ma’noli fe’llar bilan birga kelganda harakatning yo‘naltirilishi hamda natijasiga ishora qiladi: najinqu 拿进去 u yerga olib qirmoq, zou jinqu 走进去 u yerga kirmoq. Modal fe’llar harakat ma’nosini ifodalamaydigan to‘liq ma’noli fe’llar bilan kelganda faqat natijani ifodalaydi: 想出来 xiang chulai o‘ylab topmoq; 清醒过来 qingxing guolai hushga, o‘ziga kelib olmoq. Natijali va natijasiz fe’llarning yasalishi so‘z qo‘shish (o‘zak qo‘shish) yordamida hosil bo‘ladi. Natijasiz fe’llar: 学习 xuexi qaytarmoq, takrorlamoq, ta’lim olmoq; 讨论 taolun sinchiklab izlamoq, muhokama qilmoq; 代替 daiti o‘rnini bosmoq, almashtirmoq (soxtalashtirmoq). Natijali fe’llar: 改良 gailiang yaxshilamoq; 说明 shuoming gapirmoq, izohlamoq; 加快 jiakuai qo‘shmoq , tezlashtirmoq. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling