2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Ravishlarning tasniflanishi


Download 1.31 Mb.
bet61/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Ravishlarning tasniflanishi
Xitoy tilida ravishlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Asl ravishlar.

  2. Hol ravishlari.

  3. Daraja ravishlari.

Asl ravishlar harakat borishining ichki tomonini aks eta­di, harakatning sifat tavsifini beradi: 忽然 huran birdan, to‘­sat­dan; 决然 jueran qat’iyyan, qat’iyat bilan; lianmang shoshilib; 特地 tedi atiydan, xususan va boshqalar.
Ushbu sinf ravishlari asosan fe’l-kesim bilan kelib, hol vazifasini bajaradi.
Hol ravishlari harakatni rivojlanishi yoki belgi namoyon bo‘lishining tashqi tomonini aks ettiradi. Ular harakat amalga oshirilayotgan yoki belgi yuzaga kelayotgan hollarga ishora qiladi: 已yijing allaqachon; 将来 jianglai kelajakda; 也 ye hamda, ham; 还 hai hali; 又 you yana, tag‘in; 老 lao har doim, ilgari, allaqachon; 快 kuai yaqinda; 里litou ichida; 周zhouwei atrofda; 马上 mashang shu zahoti va boshqalar. Mazkur sinf ravishlari fe’llar bilan birikib, ba’zan (kam hollatlarda) sifatlar bilan keladi.
Daraja ravishlari belgining namoyon bo‘lish darajasini, sifatning darajasini yoki harakatning shiddati (intensiv­li­gi)­ni ifodalaydi.
Masalan: 很 hen, 好 hao, 大 da, 颇 po, 甚 shen, 挺 ting - juda, nihoyatda; 更 geng yanada ko‘proq; 最 zui,ding 顶 – eng, eng ko‘p; 极 ji haddan tashqari; 太 tai juda, haddan tashqari; 非常 feichang o‘ta, odatdan tashqari va boshqalar.
Bu toifadagi ravishlar aksariyat holatlarda sifatlar bilan keladi, lekin fe’llar bilan ham ishlatilishi mumkin.
Ravishlarning yasalishi
Xitoy tilida ravishlar ikki usul bilan hosil qilinadi:

  1. Kompozisiya (So‘z qo‘shilishi).

  2. Suffiksatsiya (Suffiklar yordamida yasalish).

Kompozisiya. So‘z qo‘shilish (o‘zak qo‘shilish). Ushbu usulda yasalgan ravishlar murakkab so‘zlarni hosil qiladi.
刚才 gangcai faqat - faqatgina > edigina, hozirgina; 姑且 guqie hozircha - hozirgina> hozircha, faqat hozir; 根本 genben o‘zak (ildiz)-o‘zak (ildiz)> tubdan; 坚持 jianchi mustahkam-ushla­moq> tirishqoqlik bilan, qat’iyan.
Suffiksatsiya (Suffiklar yordamida yasalish). Xitoy tilida adverbal suffikslash uchta so‘z yasash morfemalari yordamida hosil bo‘ldai: 然 ran, 地 d, 头 tou. 而er suffiksi olmoshli ravish­larni yasaydi. 然 ran va 地 di suffiks morfemalari ravishlar uchun xos bo‘lgan suffikslardir.
Samaradorligi bo‘yicha ran morfemasi boshqa ravish suf­fikslaridan yuqoriroq, masalan, 突然 turan to‘satdan, birdan: 骤然 zhouran to‘satdan; 粲然 canran qaygu bilan, g‘am-alam bilan; 默然 moran jimjitlik bilan; 胡地 hudi birdan, to‘satdan.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling