Ravishning grammatik xususiyatlari
Asl ravishlarning sintaktik vazifasi hol vazifasidan iborat. Ba’zida ravishlar aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Kesim vazifasini ravishlar kamdan-kam, sanoqli holatlarda bajaradi: bu vazifada ravishlar ularga xos bo‘lmagan daraja ravishlari bilan birga keladi.
Olmoshli ravishlar
Xitoy tilida olmoshlar va ravishlar o‘rtasida oraliq joyni egallaydigan so‘zlar guruhi mavjud. Ular “olmoshli ravishlar” deb nomlanadi.
Olmoshli ravishlar ravishlardan farqli bo‘lib, holni ifodalamaydi. Ular faqat holga ishora qiladi yoki holga tegishli bo‘lgan savolni ifodalaydi. Bu xususiyat ularni olmoshlar bilan yaqinlashtiradi. Olmoshli ravishlar olmoshlardan farqlanib, odatda gapda hol vazifasini bajaradi. Bu xususiyat esa ularni ravishlar bilan yaqinlashtiradi. Shunday qilib, mazkur guruh olmosh ma’nosiga ega, lekin sintaktik vazifasiga ko‘ra ravishlarga mos keladi.
Olmoshli ravishlar 6 ta turga bo‘linadi:
Ko‘rsatish olmoshli ravishlar.
Aniqlovchi olmoshli ravishlar.
So‘roq olmoshli ravishlar.
Shaxsi noma’lum olmoshli ravishlar.
Nisbiy olmoshli ravishlar.
Undov olmoshli ravishlar.
这里 zheli, 这儿zher – bu yerda; 这么 zheme, 这样 zheyang – shunday (kilib); 那里 nali -qaerda? 多攒 duozan- qachon? 怎样 zenyang qanday? 怎么 zenme..... 怎么 zenme qanday.... shunday.......;多么 duome Qanaqa qilib! Va boshqalar.
10-ma’ruza: Yordamchi so‘z turkumlari
Reja:
Yordamchi so‘zlar
Bog‘lovchilar
Ko‘makchilar turlari
Klassifikatorlar
Gap bo‘laklari ko‘rsatkichlari
Yordamchi so‘zlar
Umumiy tavsif
Ular aloqalarni hamda predmetlar va belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ba’zi yordamchi so‘zlar gap bo‘laklarining alohida hissiyotli-mantiqiy urg‘u berish vositasi bo‘lib, murakkab sintaktik birlikar qismlarini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ular qo‘shimcha ma’nolarni va ekspressiv tuslarni ifodalashi mumkin. Ayrim holatlarda yordamchi so‘zlar so‘z turkumlarining analitik shakllari tarkibiga kirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |