2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Gap bo‘laklari ko‘rsatkichlari
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gapning bosh bo‘laklari ko‘rsatkichlari.
- Predikativlik neytralizatorlari.
- Amaliy mashg‘ulotlar seminar mashg‘uloti: O‘zbekistonda o’zbek xitoyshunoslik maktabning shakillanishi va rivojlanish bosqichlari
Gap bo‘laklari ko‘rsatkichlari
Umumiy tavsif Gap bo‘laklari ko‘rsatkichlari (aniqrog‘i: gap bo‘laklari vazifasini bajaruvchi so‘zlar va nominativ so‘z birikmalarining ko‘rsatkichlari) – tarkibi elementlar bo‘lmish ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hollar vazifasida kelgan gaplarga ishora qiluvchi maxsus yordamchi so‘zlardir. Gapning bosh bo‘laklari ko‘rsatkichlari. d va d hol ko‘rsatkichlari birinchisi kesimga nisbatan prepozisiyada ishlatiladi, ikkinchisi esa – postpozisiyada, ya’ni universal yordamchi morfemaning grafik variantlari vazifasida keladi. Shuning uchun oxirgi d hol ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Predikativlik neytralizatorlari. Predikativlik neytralizatorlari – predikativ turdagi tarkibot (konstruksiya)larga birikib, ularni substantiv tarkibotlar qatoriga o‘tkazuvchi yordamchi so‘zlardir. Buning natijasida substantiv tarkibotlar ega, to‘ldiruvchi hamda murakkab fe’lning ismiy qismi vazifasida kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Predikativlik neytralizatorlar qatoriga d. Zhe, suo, zhi kabi yordamchi so‘zlarni kiritish mumkin. d va zhi so‘zlari predikativ tarkibotning oxirida joylashtiriladi. Birinchi holatda pogressiv neytralizatsiyani, ikkinchi holatda esa regressiv neytralizatsiyani kuzatish mumkin. Amaliy mashg‘ulotlar seminar mashg‘uloti: O‘zbekistonda o’zbek xitoyshunoslik maktabning shakillanishi va rivojlanish bosqichlari Xitoy filologiyasi kafedrasi 1918 yili Turkiston Sharqshunoslik institutining avlodi hisoblanadi. Bu davrda XX asrning unutilmas siymolari orasida shu dargohga asos solgan ustozlarimiz I.A.Lissen va U.M.Mamatoxunovalar xissalari nafaqat xitoyshunoslik, balki jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligi rivojlanishida salmoqli iz qoldirganini alohida tilga olish darkor. Keyinchalik kafedraning yuksalishida katta o‘qituvchilar O.A.Vagin, N.Xoxlov, I.Ro‘zboqiev, M.I.Muldakulova, G.I.Larionov, N.O.Zevushkina, M.I.Molojatovalar o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdilar. Fakultetning ilk tashkil etilgan damlarida B.A.Pestovskiy tomonidan xitoy tili va adabiyoti fanlaridan ma’ruzalar o‘qilar edi. 1924 yili Turkiston sharqshunoslik instituti ToshDUga (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet) sharqshunoslik fakulteti sifatida qo‘shiladi. Bu davrga kelib xitoy tili o‘qituvchilari safiga ushbu til bo‘yicha 304 betlik “Zamonaviy xitoy tili grammatikasi” kitobini yaratgan yirik tilshunos professor Ye.D.Polivanov qo‘shiladi. 1930 yili sentyabr oyiga kelib Milliy universitetning sharq fakulteti o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1944 yilda esa u o‘z faoliyatini qayta tiklaydi. 1951 yili bu fakultetda katta o‘qituvchi M.I.Molojatovaning yetakchiligida fakultet kafedralarining biri bo‘lgan uyg‘ur filologiyasi kafedrasining qoshida talabalarga xitoy tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. 1957 yili uyg‘ur filologiyasi o‘rniga O‘zbekiston maorif tarixida birinchi marotaba xitoy filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrda O‘zbekistonda tashkil etilgan kafedra nafaqat mamlakatimizda, balki, butun O‘rta Osiyoda xitoyshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha Sobiq Ittifoqda xitoyshunos mutaxassislarni tayyorlab beruvchi yagona markaz edi. Kafedraning bosib o‘tgan ilmiy yo‘llarini sarxisob qiladigan bo‘lsak, kafedra 1980 yilga kelib, nafaqat Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston respublikalari), balki Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Polsha hamda Laos kabi mamlakatlarga xitoyshunos olimlarni yetkazib bera boshladi. Demak, bu o‘tgan asrning 70-80 yillariga kelib xitoy filologiyasi kafedrasi xalqaro kafedra sifatida faoliyat olib borganligidan dalolat beradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling