2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet69/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Juft bog‘lovchilar: 因...故 yīn...gù - chunki.....u xolda; 虽...但 suī...dàn - bo‘lsa ham.....biroq; 不仅...并且 bùjĭn...bìngqi - nafaqat.....va shunga ko‘ra; 不是...而是 bùshì...érshì -yo‘q.....bo‘lsa ham; 如果...则 rúguŏ...zé - agar.....u holda; 既然...那么 jìrán...nàme - agar.....u holda; 虽然...但是 suīrán...dànshì, 尽管...但是 jĭnguăn... dànshì - bo‘lsa ham..... biroq, garchi.....biroq va boshqalar. Juft bog‘lovchilar o‘zida turli hil bog‘lovchilarni qo‘shib ko‘rsatadi. M: 好成绩不是从天上掉下来的、而是努力学习得到的。
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshqa tillar kabi Xitoy tili­da ham bog‘lovchilarning o‘ziga xos o‘rni bor. Uyushiq bo‘lakli gaplar­ni hamda qo‘shma gap qismlarini ma’noli va mazmunli tarzda bir-biriga bog‘lashda bog‘lovchilarning vazifasini aha­miya­ti katta.
Bog‘lovchi vazifasidagi gap orti birikmalari. Ba’zan xitoy tilida ko‘makchilar bilan ort ko‘makchilar birikmasi bog‘­lovchilar vazifasini bajarishi mumkin. Bog‘lovchilar vazi­fasida kelgan bunday birikmalar zamon (payt) munosabatlarini bildiruvchi ergashli qo‘shma gaplarda keladi (ya’ni payt ergash gapli qo‘shma gaplarda).
Klassifikatorlar
Umumiy tavsif
Klassifikatorlar (类别词 leibieci) – xitoy tilida yordamchi so‘zlarning maxsus sinfi.
Klassifikatorlarning asosiy vazifasi – otning qaysi ma’­no­viy toifaga tegishliligini aniqlashdir. Ma’noviy toifasi esa predmetga xos bo‘lgan u yoki bu belgiga qarab aniqlanadi.
Agar ot sonlar va olmoshlar bilan kelsa, ya’ni predmetlar sanalganda yoki aniq bir predmetlarga ishora qilinsa, unda klas­sifikatorlar qo‘llanilishi chegaralanadi.
Semantik-funksional jihatdan klassifikatorlar otlar-o‘lchov birliklariga mos keladi. Ushbu moslik genetik yaqinlik bilan izohlanadi. Klassifikatorlar otlar-o‘lchov birliklari­dan kelib chiqqan.
Bir xil ieroglif bilan ifodalangan 2 ta so‘z o‘lchov birligi vazifasida ham, klassifikator vazifasida yordamchi so‘z bo‘lib ham ishlatishi mumkin: san zhan zhi uchta varoq qog‘oz, san zhang zhouz uchta stol. Birinchi misolda zhang varoq – o‘lchov birligini ifodalaydigan ot. Ikkinchi misolda zhang – usti ochiq tekkis bo‘lgan predmetlar turiga ishora qiluvchi klassifikator.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling