2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ort ko‘makchilarning turlari
- Bog‘lovchilar Umumiy tavsif
Ort ko‘makchilar
Umumiy tavsif Ort ko‘makchilar (后置词 houzhici) ko‘makchilar bilan ifodalangan makon va zamon munosabatlarni aniqlayotgan yordamchi so‘zlar. Ort ko‘makchilar ko‘makchilar bilan birga makon va zamon hol iboralari bilan qo‘llaniladi. Ort ko‘makchilar otlar bilan genetik bog‘lib bo‘lib, ularning hosil shakl (derivat)lari hisoblanadi. Otlarning ba’zi sintaktik xususiyatlarini ort ko‘makchilar o‘zida saqlab qolgan. Ot kabi ort ko‘makchi o‘z oldida olmosh yoki yordamchi so‘z bilan birikkan ot bilan ifodalangan aniqlovchiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ort ko‘makchilar makon va zamonni angatuvchi hol iboralari tarkibiga kirib, ko‘pincha ko‘makchilar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi va makon va zamon munosabatlari ifoda etadi. Hozirgi zamon xitoy tilida ko‘pgina ort ko‘makchilar va o‘zlari hosil bo‘lgan otlar bilan yonma-yon keladi. Ort ko‘makchilarning bu xususiyati ba’zi ko‘makchilar, bog‘lovchilar va boshqa yuklamalar bilan yaqinlashtiradi. 旁边 pangbian yon taraf, yoni; 旁边 pangbian yonida, yaqinida; 中间 zhongjian o‘rtasi, markaz; 中间 zhongjian orasida, o‘rtasida; 周围 zhouwei aylanma; 周围 zhouwei atrofida. Ort ko‘makchilarning turlari Xitoy tilidagi ort ko‘makchilar 2 ta semantik turga bo‘linadi: 1. Makon munosabatlarini aniqlayotgan ort ko ‘marchilar:上边 shangbian tepasida, 中间 zhongjian o‘rtasida, 地下 dixia yil, 前头 qiantou oldida, 后头 houtou orqasida va boshqalar. 2. Zamon munosabatlarini aniqlayotgan ort ko‘makchilar: 以前 yiqian -gacha, 以后 yihou keyin, 以来 yilai -dan, dan keyin, 以内 yinei davomida, asnosida va boshqalar. Bog‘lovchilar Umumiy tavsif Bog‘lovchilar (连词 lianci) - birlashtiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi, taqqoslovchi, maqsad, sabab, shart, to‘siqsi, shuningdek, o‘xshatish va farqlanish munosabatlarni ifodalaydigan yordamchi so‘zlar. Bog‘lovchilar sintaktik aloqalarni bildirib, sodda gap yoki murakkab sintaktik birliklar qismlarida uyushib kelayotgan gap bo‘laklari o‘rtasidagi semantik munosabatlarni ifodalaydi. Xitoy tilida bog‘lovchilar yordamchi so‘zlarning eng ko‘p sonli sinfini tashkil qilib, sintaktik bog‘lanishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, bog‘lovchilarning yozma-kitobiy uslubda muhim rol o‘ynaydi. Bog‘lovchilarning ko‘pchiligi etimologik aniqlik va ravshanlik bilan ajralib turadi. Deyarli har bir bog‘lovchi o‘zining bosh so‘ziga, ya’ni o‘zi hosil bo‘lgan so‘ziga ega. Xitoy tilida aksariyat bog‘lovchilar ham fe’llardan yasalgan. Fe’ldan yasalgan bog‘lovchilardan tashqari, ravish va olmoshdan hosil bo‘lgan bog‘lovchilar ham mavjud. Grammatikalanish darajasi bo‘yicha xitoy tilidagi bog‘lovchilarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: O‘zining dastalabki leksik ma’nosini butunlay yo‘qotgan bog‘lovchilar (虽 sui qaramay, qaramasdan); O‘zining leksik ma’nosini qisman yo‘qotgan bog‘lovchilar (如果 ruguo agar, darhaqiqat); Zamonaviy tildagi ma’noga ega so‘zlarning omonim-bog‘lovchilari (好hao yaxshi, 好hao uchun). Xitoy tilida bog‘lovchilarning kelib chiqishi jihatidan xuddi predloglar (old qo‘shimchalar)dek yetarlicha muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘pgina tadqiqotlar isbotlab bergan. Shu bilan birga “Xitoy tili grammatikasi” kitobida N.Ya. Bichurin “ko‘pgina bog‘lovchilar fe’llardan tashkil topgan bo‘lib, gaplarda joylashishiga qarab o‘z ma’nosini o‘zgartiradi” deb ta’kidlab o‘tgan98. Ayrim bog‘lovchilarning etimologiyasini ko‘rib fe’llardan kelib chiqqanligini bilish mumkin. Masalan zamonaviy 但 dàn bog‘lovchisini kelib chiqishini Van Li 独 dú、特 tè、徒 tú chegaralab qo‘ymoq fe’llariga borib taqaladi, 如rú bog‘lovchisini mos kelmoq, muvofiq bo‘lmoq fe’llaridan, 并 bìng bog‘lovchisini esa, yonida turmoq, birga yashamoq, degan fe’llardan kelib chiqqan deb ta’kidlab o‘tgan. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling