2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet58/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Sonlar tasniflanishi
Sonlar xitoy tilida 2 ta sinfga bo‘linadi: sanoq va tartib sonlar.
Sanoq sonlar raqamlarni yoki predmetlarning miqdorini ifodalaydi: 五 wu besh, 十五 shi wu o‘n besh, 五十 wushi ellik, 一个人 yi ge ren bitta odam.
Sodda (bir morfemalik) sonlar 1 dan 10 gacha bo‘lgan raqam­larni ifodalaydi. Murakkab sonlar (11 dan 19 gacha) sodda son­larni qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Ular tarkibga kiruvchi morfemalar sonlari summasi bilan ifodalanadi va additiv sonlar deb nomlanadi. Murakab sonlar (20 dan 90 gacha)sodda son­larni qo‘shish orqali yasaladi, biroq ularning ma’nosi qo‘­shish­da emas, balki tarkibga kiruvchi morfemalarni ko‘payti­rishda asos­lanadi. Bunday sonlar multiplikativ deb nomlanadi.
Tartib sonlar predmetlarning sanalish tartibini belgilay­di. Tartib sonlarning ko‘rsatkichi sifatida 第di prefiksi ish­la­tiladi, masalan, 第二 dier ikkinchi, 第五 diwu beshinchi, 第十 dishi o‘ninchi.
Sonlarning yasalishi
Sonlar quyidagi usullarda yasaladi:
So‘z qo‘shilishi. Bu usulda sanoq sonlar yasaladi: 十三 shisan o‘n-uch> o‘n uch; 十八 shiba o‘n- sakkiz>o‘n sakkiz; 五十 wushi besh-o‘n>ellik.
Prefikslar yordamida. Ushbu usul orqali tartib sonlar hosil bo‘ladi: 第一 diyi birinchi , 第二 di er ikkinchi. 第十一 di-shi-yi o‘n bir sonidan boshlab tartib sonlari murakkab so‘z­lar bo‘lib, takroriy so‘z yasalishdan o‘tadi (murakkab so‘z+ prefiks).
Sonning grammatik xususiyatlari
Sonlar jinsga ajratilmaydi, son va kelishiklar bo‘yicha o‘z­garmaydi, demak, xitoy tilida sonlar turlanmaydi.
Sanoq sonlar bilan birga klassifikatorni ishlatilishi son umuman olganda qandaydir raqamni yoki predmetlarning miqdori (soni)ni ifodalashga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi holatda klassifi­kator ishlatilmaydi, ikkinchisida esa ishlatiladi.
Olmosh
Umumiy tavsif
Olmosh 代词 daici - aniq predmetlar va belgilarni aytmay turib, bu predmet va belgilarga ishora qiladigan, ular haqida so‘raydigan va umumlashtiradigan so‘z turkumidir.
Odatda olmosh gapda ega, to‘ldiruvchi va aniqlovchi vazifa­sini bajaradi. Olmon murakkab (ko‘p tarkibli) fe’lning ismiy qismi sifatida kelishi mumkin. Olmoshlarning ayrim sinf (tur)­lari mazmuniga ko‘ra olmoshli ravishlar deb nomlanadigan so‘zlarga mos keladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling