2-kurs magistranti Xusan Ibroximovning «Soliqlar va soliqqa tortish» fanidan yozgan essesi. Savol


Download 14.43 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi14.43 Kb.
#1149420
Bog'liq
Ibragimov Xusan


2-kurs magistranti Xusan Ibroximovning
«Soliqlar va soliqqa tortish»
fanidan yozgan essesi.
Savol: Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish va bunda maxalliy Budjetlar va soliqlar mohiyati.

Javob: Budjetni nomarkazlashtirish, bir tomondan, davlat moliyasi nazariyasida o'rganiladigan muhim hodisalardan biri bo'lsa, ikkinchi tomondan, davlat syektorini isloh qilish jarayonida Budjet siyosatining kyeng qo'llaniladigan chorasidir. Fyedyerativ davlatlarda Budjetni nomarkazlashtirish dyeganda, daromadlar va xarajatlar vakolatlarini (soliqlarni byelgilash va yig'ish, xarajatlar ustuvor yo'nalishlarini mustaqil aniqlash huquqi) fyedyeral darajadan mintaqaviy va mahalliy darajaga o'tkazilishi tushuniladi.
Budjet fyedyeralizmi – bu davlat syektorining vyertikal moliyaviy tuzilmasini ifodalovchi umumiy darajadagi tuzilma17 bo'lib, shu jumladan turli darajadagi hukumat va Budjetlararo transfyertlar o'rtasida daromadlar va xarajatlar vakolatlarini taqsimlashni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, Budjetni nomarkazlashtirish Budjet fyedyeralizmning myexanizmi va zaruriy shartidir, modomiki ma'lum darajadagi nomarkazlashtirishsiz davlat syektorining vyertikal moliyaviy tuzilishi haqida gapirishga o'rin yo'q (barcha manbalar, vakolatlar va majburiyatlar fyedyeral hukumat qo'lida to'plangan). Budjet fyedyeralizmining klassik nazariyasi davlat syektorining uchta asosiy funkцiyasini o'rganadi – iqtisodiy samaradorlikni oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va daromadlarni qayta taqsimlash18. R. Masgryeyvga ko'ra, fyedyeral hukumat oxirgi ikkita vazifani bajarishi kyerak, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat esa fuqarolarga yaqinroq bo'lgani sababli ularning ehtiyojlari haqida o’ylaydi.
Hududiy Budjet daromadlari mahalliy soliqlar va yig'imlar, soliqdan tashqari to'lovlar, yuqori Budjetdan ajratmalar hisobidan shakllanadi. Ushbu daromadlar manbalari o'rtasidagi mutanosiblik hududiy boshqaruv organlariga yuklatilgan vazifalar, ular tomonidan mahalliy soliqlarni yig'ish imkoniyati, shuningdyek markaziy hokimiyat organlari tomonidan hududlarga moliyaviy yordam ko'rsatish imkoniyatiga bog'liq bo'ladi.
Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda hududiy Budjetlar ulushi davlatning umumiy ryesurslari hajmida yuqori ulushni tashkil etadi. Masalan, Portugaliyada bu YaIMga nisbatan 3 foiz, Norvyegiyada – 15 foiz, Shvyeцiyada esa – 31 foizni tashkil etadi. Soliqlar – hududiy Budjetlar daromadining asosiy manbasi. Budjetlarga tushadigan barcha soliqlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: mahalliy soliqlar va yuqori Budjetdan tushadigan ajratmalar. Har bir mamlakatning soliq qonunchiligiga asosan mahalliy soliqlar hududiy Budjetlarning muayyan turlariga biriktirilgan. Ushbu soliq stavkalari, odatda, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan byelgilanadi. Turli davlatlarda bunday soliqlarning soni 20 tadan 100 tagacha, ularning ulushi esa hududiy Budjetlar daromadlaridagi ulushi esa 30 foizdan 70 foizgacha bo'lgan ulushni 165 tashkil etadi. Mahalliy soliqlar ham to'g'ri va egri soliqlardan iborat bo'ladi. To'g'ri soliqlarga soliq to'lovchining daromadidan yoki mulkidan olinadigan soliqlar kiradi. Egri soliqlar esa tovar va xizmatlarni sotish (sotib olish) vaqtida olinadigan soliqlardan iborat.
G'arbiy Yevropada mahalliy soliqlar tizimida to'g'ri soliqlar katta ulushni tashkil etadi: jami soliq tushumlarning 70-75 foiz daromad, foyda va mulk hisobidan olinadigan soliqlar ulushiga to'g'ri kyeladi. Istye'moldan olinadigan soliqlar 3-4 foizni tashkil etadi, boshqa soliqlar 20 foizni tashkil etadi. Yaponiyada to'g'ri soliqlar ulushi 85 foizni, egri soliqlar esa 15 foizni tashkil etadi. To'g'ri soliqlar ichida foyda va daromad hamda turli mulk soliqlari tarkibi ancha farq qiladi: Skandinaviya mamlakatlarida barcha soliq tushumlarining 80-90 foizi daromad va foyda solig'i hissasiga to'g'ri kyeladi; Byelьgiya, Gyermaniya, Avstriyada bu ko'rsatkich 50 foizdan oshmaydi. Boshqa mamlakatlarda esa hududiy organlar Budjetlaridagi soliq tushumlarning asosiy qismi turli shakldagi mulklardan olinadigan soliqlar hisobidan shakllanadi. Jumladan, Irlandiyada yagona mahalliy soliq hisoblanadi; Nidyerlandiyada jami soliq daromadlarining 2/3 qismini shu soliqlar tashkil etadi; Yaponiyada soliq daromadlarining 48 foizini turar binolar uchun soliqlar va 21 foizini ko'chmas mulk uchun soliqlar tashkil etadi. Shuningdyek, mahalliy soliqlarga yuqori Budjetlarga biriktirilgan soliq turlariga hududiy boshqaruv organlari tomonidan qo'llaniladigan ustamalar ham kiradi. Ustamalar miqdorini hududiy boshqaruv organlari byelgilaydi.
Ko'pincha bunday ustamalar daromad solig'iga, yer solig'iga, qo'shilgan qiymat solig'iga 166 nisbatan qo'llaniladi. Daromad, foyda va mulk solig'i bilan bir qatorda, Budjetni to'ldiruvchi boshqa soliq va to'lovlarni ham joriy etiladi. Bunday soliqlar stavkalari yuqori bo'lmasa-da, muniцipalityetlar uchun bu daromad manbalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'pincha ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlarni rasmiylashtirish uchun soliq; pyeshtaxta va ko'chadagi ryeklama uchun; itlar uchun; madaniy tadbirlar uchun (fyestivallar, sport musobaqalari va boshqalar); o'yin avtomatlari uchun; hisoblash tyexnikasini qayta sotishdan soliq kabi qo'shimcha mahalliy soliq turlari ham qo'llaniladi. Franцiyada ko'pchilik shaharlarida jamoat transportiga soliq byelgilangan. Odatda, u aholi soni 30 mingdan yuqori bo'lgan shaharlarda qo'llaniladi. Bu soliqni yollanib ishlovchilar soni to'qqiztadan yuqori bo'lgan barcha korxonalar to'laydi.
Mahalliy hokimiyat organlari aholi bilan kyelishilgan holda boshqa vaqtinchalik va doimiy soliqlar – yo'llar quvvati uchun, yo'lkalar qurish uchun, ko'chalarni supurish uchun va boshqa soliqlar ham joriy etishlari mumkin. Bir qator mamlakatlarda axlatni tashish uchun, elyektr enyergiyadan foydalanganlik uchun va shu kabi boshqa qo'shimcha soliq turlari qo'llaniladi. Yo'l qoidalarini buzganlik va ekologiya talablariga rioya etmaganlik uchun qo'llaniladigan qat'iy jarimalar ham mahalliy Budjetlar daromadlarini oshirish imkonini byeradi. Biroq qo'shimcha soliqlardan tushadigan daromadlarning umumiy hajmi nisbatan juda kam.
Hududiy Budjetlarning soliqdan tashqari to'lovlardan iborat bo'lgan daromadlari asosan muniцipal mulk bo'lgan korxonalar hisobidan olinadigan daromadlar, ijara daromadlari, pul yig'imlari, har xil jarimalar, bojlar, korxonalar va aholining ixtiyoriy to'lovlarini o'z ichiga oladi. Soliqdan tashqari to'lovlar 167 hududiy Budjet daromadida juda kam ulushni egallaydi.
Ularning ulushi turli mamlakatlarda 10 foizdan 30 foizgacha bo'lgan darajada o'zgarib turadi. AQSh – fyedyeral davlatdir. Shu sababli mamlakatda soliq tizimi uch bosqichli bo'lib, fyedyeral soliqlar, shtatlarning soliqlari va mahalliy soliqlarni o'z ichiga oladi. Fyedyeral xarajatlar umumdavlat xarajatlarining taxminan 60 foizini tashkil etadi. 40 foizi esa shtatlar va mahalliy hokimiyat idoralarining Budjetlariga to'g'ri kyeladi. 1995 yilda Budjetlar orqali YaMMning 25 foizga yaqini qayta taqsimlandi. Fyedyeral Budjet tarkibida yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 54,3 foizni (yuridik shaxslardan 9,3 foiz, jismoniy shaxslardan 45 foiz), akцizlar 6,3 foizni, sovg'alar va myerosdan olinadigan soliq 1 foizni, ish byeruvchilar bilan oqimlar tomonidan baravar to'lanadigan ijtimoiy ta'minotga ajratmalar 27,6 foizni, byepul tibbiy yordamga ajratmalar 7 foizni, ish byeruvchilar tomonidan to'lanadigan ishsizlik nafaqalariga ajratmalar 2 foizni tashkil kiladi.
Fyedyeral Budjetning xarajatlar qismi 20 ta asosiy Budjet toifalariga, shu jumladan, milliy mudofaa, xalqaro ishlar, qishloq xo'jaligi, transport, enyergyetikani rivojlantirish, sog'liqni saqlash, ijtimoiy sug'urta xarajatlariga, davlat qarzi bo'yicha foizlar to'lashga va hokazolarga bo'linadi. Shtatlarning Budjetlariga soliq tushumlarining umumiy hajmida jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig'i 39 foizni, mahsulot sotishdan olinadigan soliq 49 foizni, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig'i 2 foizni, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun tabiiy ryesurslarning mulkdorlari tomonidan to'lanadigan soliq 2 foizni, 168 liцyenziyalanadigan faoliyat bilan shug'ullanish huquqini byerganlik uchun olinadigan liцyenziya yig'imlari 6 foizni tashkil qiladi. Muniцipal ma'murlar jismoniy shaxslarga daromad soliqlari, akцizlar, kompaniyalardan liцyenziya yig'imlari, kasb uchun soliq, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun soliq, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solishlari mumkin. Bu soliqlar ba'zi mahalliy Budjetlarda 75 foizga yetadi.
Download 14.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling