Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish, soliq idoralarida ro’yxatdan o’tkazish tartibi
Download 28.91 Kb.
|
dokument microsoft word 6 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish, soliq idoralarida ro’yxatdan o’tkazish tartibiReja: Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibi. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining tavsif qismini tuzishda qo’yiladigan talablar. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasini imzolash va taqdim qilish. Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi.Amaldagi soliq kodeksining 101-moddasida soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi keltirilgan. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha quyidagilar ko’rsatilgan holda soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilishi kerak: tekshiruv o’tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana; tekshiruv o’tkazish uchun asos; tekshiruv turi va uni o’tkazish davri; davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o’tkazgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi; yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi; yuridik shaxsning to’liq nomi, tekshiruv davrida rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi yuritish vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; soliq to’lovchining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning identifikatsiya raqami; ilgarigi tekshiruv to’g’risidagi ma’lumotlar; tekshirilayotgan soliq davri va tekshiruv o’tkazish uchun soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar; soliq sohasidagi huquqbuzarlikning (u mavjud bo’lganda) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi mufassal tavsifi; tekshiruv natijalari bo’yicha fikrlar va xulosalar. Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan bo’lmasa, bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to’lovchiga topshiriladi. Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko’rsatgan holda imzo qo’yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo’shib qo’yiladi. Soliq to’lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi. Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to’lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va shu paytdan e’tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq to’lovchiga topshirilgan kun soliq tekshiruvi tugallangan kun hisoblanadi. Soliq tekshiruvini o’tkazish uchun asos bo’lgan, soliq Kodeksining 88- moddasida ko’rsatilgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to’g’risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi o’tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo’shib qo’yilishi lozim. Soliq tekshiruvi materiallari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi belgilagan tartibga binoan soliq to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. Download 28.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling