Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish, soliq idoralarida ro’yxatdan o’tkazish tartibi


Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan ko’rib chiqilishi


Download 28.91 Kb.
bet2/5
Sana27.02.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1234314
1   2   3   4   5
Bog'liq
dokument microsoft word 6 (1)

Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan ko’rib chiqilishi .


Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o’n ish kuni o’tgach, biroq o’n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko’rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha to’langan soliq va boshqa majburiy to’lovlar miqdori, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo’llanilayotgan moliyaviy sanktsiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi yoki og’irlashtiruvchi holatlar, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:

  1. soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish sanasi va joyi;

  2. soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek lavozimi;

  3. soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir bo’lganligiga oid ma’lumotlar;

  4. ko’rib chiqilayotgan soliq tekshiruvi materiallari;

  5. soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, iltimosnomalari va ularni ko’rib chiqish natijalari;

  6. soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishda o’rganilgan hujjatlar;

  7. soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayoni haqidagi boshqa ma’lumotlar.

Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish bayonnomasi soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqqan mansabdor shaxs, shuningdek ularni ko’rib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.
Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo’yicha o’zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o’n ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq to’lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko’rib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini ko’rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida soliq to’lovchini ko’rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.
Agar soliq to’lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga uzrli sabablarga ko’ra kela olmasligi to’g’risida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan bo’lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishni uch ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatga kechiktirish to’g’risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to’lovchi xabardor qilinadi. Agar soliq to’lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e’tirozlar uning ishtirokisiz ko’rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to’lovchining ishtirokida ko’rib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqqan mansabdor shaxs, soliq to’lovchi, shuningdek ularni ko’rib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to’lovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko’rib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to’lovchining ishtirokida ko’rib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliq to’lovchiga beriladi. Soliq to’lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko’rsatgan holda imzo qo’yishi shart. Soliq to’lovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo’shib qo’yiladi.
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
soliqlar, boshqa majburiy to’lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni;
soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qarorida quyidagilar ko’rsatiladi:

  1. hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya, shuningdek qo’llanilgan jarima summasi;

  2. o’tkazilgan tekshiruvda aniqlangan soliq to’lovchi tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma’lumotlar;

  3. soliq to’lovchini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to’g’risidagi, soliq Kodeksining muayyan huquqbuzarlikni va qo’llaniladigan javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi moddalari ko’rsatilgan qaror;

  4. soliq Kodeksi 104-moddasiga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etish hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penyani to’lash muddati;

  5. soliq to’lovchi belgilangan muddatlarda soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penyani to’lagan taqdirda, uning jarima to’lashdan ozod etilish huquqi.

Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq to’lovchi tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq to’lovchiga topshiriladi. Agar soliq to’lovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni bo’lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo’natiladi va jo’natilganidan e’tiboran uch kun o’tgach, topshirilgan hisoblanadi.
Soliq to’lovchi, agar soliq Kodeksi 54-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, davlat soliq xizmati organi qarorining ko’chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida qarorda ko’rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya summasini to’lashi shart.
Agar davlat soliq xizmati organining qarori byudjetga hamda davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tushmasligiga olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun soliq to’lovchiga nisbatan jarima qo’llanilishini nazarda tutsa, soliq to’lovchi qaror nusxasini olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga mazkur huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy ravishda jarima to’lashi to’g’risida yoki uni rad etishi to’g’risida yozma bildirish taqdim etishi (yuborishi) shart.
Soliq to’lovchi soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlikdagi aybini tan olgan taqdirda, belgilangan muddatda davlat soliq xizmati organiga jarimani (aniq muddatni ko’rsatgan holda) ixtiyoriy ravishda to’lash uchun zarur bo’lgan muddat berish to’g’risida murojaat qiladi. Jarima qo’llash to’g’risida qaror qabul qilgan davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari arizani olgan kundan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmasdan soliq to’lovchi tomonidan so’ralgan muddatni berish to’g’risida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani ixtiyoriy ravishda to’lash uchun muddat berish to’g’risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’ttiz kundan, soliq Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa olti oydan oshmasligi kerak. Mazkur qarorning nusxasi soliq to’lovchiga tilxat olish orqali yoki soliq to’lovchi qaror nusxasini olgan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. Agar soliq to’lovchiga qarorning nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni bo’lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo’natiladi va jo’natilganidan uch kun o’tgach, topshirilgan hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ushbu bob qoidalariga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo’lishi mumkin.
Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo’llash O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvini o’tkazishda soliq to’lovchiga yoxud uning egaligida, foydalanishida yoki tasarrufida bo’lgan mol-mulkka g’ayriqonuniy harakatlar orqali zarar etkazilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Soliq tekshiruvini o’tkazishda davlat soliq xizmati organlari yoki ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari orqali etkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning o’rni davlat soliq xizmati organlari tomonidan to’liq hajmda qoplanishi kerak. Sud qaroriga binoan zararlarning o’rnini qoplash davlat soliq xizmati organlari qaysi mansabdor shaxslarining aybi bilan zarar etkazilgan bo’lsa, o’sha mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari va ularning mansabdor shaxslari g’ayriqonuniy harakatlar sodir etganligi natijasida soliq to’lovchiga etkazilgan zarar uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali soliq to’lovchiga etkazilgan zararlarning o’rni qoplanmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



    1. Download 28.91 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling