Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish, soliq idoralarida ro’yxatdan o’tkazish tartibi


Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining tavsif qismini tuzishda qo’yiladigan talablar


Download 28.91 Kb.
bet4/5
Sana27.02.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1234314
1   2   3   4   5
Bog'liq
dokument microsoft word 6 (1)

Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining tavsif qismini tuzishda qo’yiladigan talablar.


Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining tavsif qismi dsq (dsb, dsi) tomonidan tasdiqlangan tekshiruv dasturiga binoan va quyidagi talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi zarur:



  1. Ob’ektivlik, asoslilik va xolislik. Dalolatnomada aks ettiriladigan faktlar - to’liq tekshirish natijasida aniqlangan, noaniqliklarni inkor qiluvchi, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan (harakat va harakatsizlik oqibatida) yo’l qo’yilgan soliq qonunchiligi va boshqa qonunbuzarliklar haqida to’liq xulosa berilishini ta’minlashi zarur.

Dalolatnomada aks ettirilgan har bir soliq qonunbuzarlik faktlari bo’yicha quyidagilar aniq izohlab berilishi lozim:

  • soliq va boshqa qonunbuzarliklarni turlari, qonunbuzarlikni sodir etish usuli va uni keltirib chiqargan sharoitlar, mazkur qonunbuzarlikka yo’l qo’yilgan soliq davri;

  • soliq to’lovchi tomonidan DSIga topshirilgan soliq hisob-kitoblari va haqiqatda tekshiruv natijalari asosida tuzilgan soliq hisob-kitoblari o’rtasidagi aniqlangan tafovutga baho berish;

  • soliq hisobotlari hujjatli tekshiruv dalolatnomasida yozma ravishda bayon etilib, dalolatnomaga taqqoslangan jadvallar hamda tegishli hujjatlar ilova qilinadi;

    • qonunbuzarlik faktlarini tasdiqlovchi birlamchi buxgalteriya hujjatlari va boshqa asoslarga tayanish (zarur bo’lganda, buxgalteriya yozuvlari to’g’ri berilganligi, kerakli xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya registrlarida to’g’ri qayd etilganligi ko’rsatiladi);

- sodir etilgan qonunbuzarliklarni, amaldagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida»gi nizomi buzilgan bandlariga bog’liq holda tasniflash;

      • ekspert xulosasi (agarda ekspertiza amalga oshirilgan bo’lsa), mansabdor shaxslarning tushuntirish xati shuningdek hujjatli tekshirishni amalga oshirish vaqtida bajarilgan tadbirlar bo’yicha tuzilgan bayonnomalarga asoslanish; - dalolatnomada tekshiruvchining yetarli darajada isbotlanmagan, asossiz, sub’ektiv taxmin va xulosalari bo’lmasligi lozim.

  1. Soliq va boshqa qonunbuzarliklarga aloqasi bo’lgan barcha holatlar to’liq va atroflicha yoritilishi zarur. Soliq to’lovchi tomonidan yo’l qo’yilgan qonunbuzarliklarning dalolatnomadagi bayoni, izohlanayotgan dalilga aloqasi bo’lgan barcha hujjatlarni tekshirish, shuningdek soliq nazoratini ta’minlash uchun o’tkazilgan tadbirlar natijalariga, (agarda zarur bo’lgan hollarda boshqa nazorat organlari mutaxassislarini tekshiruvga jalb etgan holda), asoslanishi zarur. Dalolatnomada, aniqlangan qonunbuzarliklarga taalluqli bo’lgan barcha muhim holatlar, shu jumladan quyidagi ma’lumotlar to’liq yoritilishi zarur:

- soliq idoralariga topshirilmagan soliq hisob-kitoblari;

      • buxalteriya hisobida moliya-xo’jalik operatsiyalarini to’liq va to’g’ri qayd etilishi holati;

      • ishlab chiqarish harajatlarini to’lash tartibi buzilishi holatlari tahlili va manbalari (naqd pulga, tovar ayirboshlash (barter), uchinchi shaxs orqali o’zaro hisob-kitob) haqida;

v) Dalolatnomada bayon etiladigan iboralar aniq, qisqa va ravon mumkin darajada buxgalteriya hisobi bo’yicha maxsus tayyorgarligi bo’lmaganlar uchun ham tushunarli bo’lishi zarur. Dalolatnomada keltirilgan iboralarning ikkiyoqlama talqin etilish holatiga yo’l qo’yilmasligi zarur.
g) Tekshirish natijalarini ifodalash tizimi. Tekshirish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar, ular ta’sir etgan soliq turlari va qonunbuzarliklar xususiyatiga qarab tekshirilayotgan davr bo’yicha bo’limlar va bandlar ko’rinishida tartib bilan jamlangan holda dalolatnomada izohlanadi. Bir xil ko’rinishdagi va ko’plab uchraydigan xato va kamchiliklar ro’yxat va jadvallar ko’rinishida jamlanib dalolatnomaga ilova qilinishi mumkin. Bunday holatda dalolatnoma matnida, yo’l
qo’yilgan xato va kamchiliklarning mohiyati, soliq to’lovchi tomonidan amaldagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning buzilgan bandlari, shuningdek mazkur xato va kamchiliklarning miqdoriy hamda pul ko’rinishidagi oqibatlari bilan bayon etiladi va dalolatnomada ilova raqami keltiriladi.
Mazkur ilovalarda quyidagilar ko’rsatilishi lozim:
- hisobot (soliq) davri ko’rsatilgan holda, bir turdagi soliq qonunbuzarliklarning to’liq ro’yxati;

      • sodir etilgan operatsiyalarga tegishli hujjatlarning nomi, sanasi va raqami;

      • mazkur operatsiyaning mohiyati;

      • huquqbuzarlik me’yori;

Har bir yuqorida ko’rsatilgan ilova, tekshiruvchi, tekshirilayotgan korxona rahbari va bosh hisobchisi (vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi shaxslar yoki tadbirkorlar) tomonidan imzolanishi zarur.
Soliq qonunchiligi buzilganlik to’g’risidagi dalillar bayon etilganda, dalolatnomaning tavsif qismida qonun buzulganligini tasdiqlovchi hujjatlarning asli yoki nusxasi olib qo’yilganligi aks ettiriladi;
Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining yakuniy (tugallanuvchi) qismida quyidagilar aks ettirilishi lozim:

      • tekshiruv davomida yashirilgan yalpi tushum, foyda (daromad) va boshqa soliq to’lash obektini yashirganligi yoki soliqlarni noto’g’ri hisoblanishi natijasida, to’lanmagan (to’liq to’lanmagan) soliqlarning umumiy miqdori yoki ortiqcha hisoblab qo’yilgan soliqlar, soliq turlariga va soliq davrlariga bo’lib ko’rsatilgan ma’lumot;

      • tekshiruv vaqtida tasdiqlangan tekshiruv dasturiga asosan aniqlangan boshqa kamchiliklarni umumlashtirilgan ma’lumoti (Prezident Farmonlari va Hukumat qarorlarini bajarilishi, muddati o’tgan debitor qarzlari, 15 foizlik to’lov oldindan undirilmasdan mahsulot (ish,xizmat) jo’natish holatlari, tovar ayrboshlash (barter) operatsiyalari, kamomad, ortiqchalik, g’azna operatsiyalari, pul mablag’laridan maqsadsiz foydalanish, eksport-import hamda valyuta operatsiyalari va boshqalar); Soliq to’lovchining soliq qonunchiligini buzganligi uchun javobgarligini yengillashtiradigan yoki og’irlashtiradigan holatlari (boqimanda yoki ortiqcha to’lovlar va boshqalar) dalolatnomaning yakuniy qismida aks ettiriladi. Hujjatli tekshiruvlar (taftish) dalolatnomasiga ilovalar.

Hujjatli tekshiruvlar (taftish) dalolatnomasida quyidagi ilovalar bo’lishi
zarur:

      • nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika

kengashi reja-jadvalidan yoki rejadan tashqari tekshirish o’tkazish ruxsatnomasidan ko’chirma, huquqni muxofaza qiluvchi organlarning jinoyat ishi yuzasidan qabul qilgan «Hujjatli tekshirish (taftish) tayinlash to’g’risida»gi qarori;

      • hujjatli tekshiruvni (taftishni) o’tkazish uchun soliq organi rahbari (rahbar o’rinbosari) tomonidan imzolangan buyruqdan ko’chirma;

      • tekshiruvchilar tomonidan aniqlangan qonunbuzarliklar ko’rsatilgan holda tuzilgan va tekshiruv o’tkazilayotgan korxona rahbari va bosh hisobchisi (ular vazifasini vaqtinchalik bajaruvchilar) yoki xususiy tadbirkor tomonidan imzolangan soliq turlari bo’yicha hisob-kitoblar;

      • tekshiruv o’tkazilayotgan tashkilotning asosiy vositalari, tovar moddiy boyliklari, hazinadagi naqd pullar va boshqalar bo’yicha o’tkazilgan sanoq dalolatnomalari (mazkur ilova agarda sanoqdan o’tkazilgan bo’lsa keltiriladi);

      • qarama-qarshi tekshiruv materiallari (agarda o’tkazilgan bo’lsa);

      • ekspert xulosasi (agarda ekspertiza o’tkazilgan bo’lsa);

      • soliq to’lovchi tomonidan daromad olish manbai sifatida foydalanayotgan, ishlab-chiqarish, savdo, omborxona binolarini ko’zdan kechirishda ishtirok etgan shaxslarning izoh (tushintirish) xati, shuningdek soliq nazoratini amalga oshirishda bajarilgan tadbirlar natijasida tuzilgan tushuntirishlar (shunday tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda);

      • soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

      • solik to’lovchi tomonidan, soliq qonunchiligi buzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi yoki soliq to’lovchidan yuqoridagi hujjatlar olib qo’yilganda ularning asl nusxasi.

      • bank (boshqa kredit tashkilotlar) ma’lumotnomasi;

      • yakuniy tekshirish va zaruriyat tug’ilgan hollarda tekshirilayotgan sub’ektning banklardagi mavjud hisob raqamlaridagi pul mablag’larining harakati to’g’risidagi olingan ma’lumotlar (to’liq hujjatli tekshirish o’tkazilganda, butun tekshirilayotgan davr uchun olinadi);

      • tadbirkorlik sub’ekti nizom jamg’armasining shakllanishi to’g’risida ma’lumot;

      • ta’sischilar tarkibi va har bir ta’sischining ulushlari miqdori to’g’risida ma’lumot;

      • tekshirilayotgan sub’ekt rahbarlari tomonidan imzolangan, mavjud sho’ba korxonalari va mustaqil bo’linmalari, vakolatxonalari (ularning manzili, STIRlari) korxonaning asosiy hududidan tashqarida joylashgan ishlab-chiqarish binosi, omborxonasi va savdo shoxobchalari manzili, soliq to’lovchi qaramog’idagi yer uchastkasi to’g’risida malumot;

      • hujjatli tekshiruv (taftish) dalolatnomasida aks ettirilgan soliq va boshqa qonun buzilish holatlarini tasdiqlovchi, shuningdek tekshirish natijalari bo’yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlar.

    1. Download 28.91 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling