2-kurs talabasi Aripova Nargizaning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish


Download 44.87 Kb.
bet4/8
Sana05.04.2023
Hajmi44.87 Kb.
#1275200
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish
Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida bajariladigan innovatsion loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:
Import o‘rnini bosishga va eksportga yo‘naltirilgan yoki sifatni takomillashtirishga, joriy etishga tayyor bo‘lgan mavjud mahsulotlar va texnologiyalar tannarxini pasaytirishga qaratilgan yangi milliy mahsulotlar va texnologiyalar ishlab chiqilishini, shu jumladan yangi ish o‘rinlari tashkil etish va mahalliy xomashyodan foydalangan holda ta’minlash;
Tajriba, eksperimental namunalardan, texnologiyalardan, asbob-uskunalardan, materiallardan, buyumlardan va boshqa ilmiy ishlanmalardan kelgusida amalda foydalanish maqsadida ularni konstruksiya qilish, tayyorlash hamda sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;
Ilm-fan yutuqlariga, yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulot namunalarini yoki prototiplarini tayyorlashni tugallash va (yoki) ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotni ishlab chiqarishni tayyorlash va (yoki) xizmatlarni (tibbiy, moliyaviy, axborotga oid va boshqa xizmatlar) iqtisodiyotning tegishli tarmog‘iga, ijtimoiy sohaga, bank-moliya sektoriga joriy etish uchun ularning tajriba-sinovini o‘tkazish va boshqalar.
Innovatsion loyihalarni innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida amalga oshirishning eng ko‘p muddati ikki yildan oshishi mumkin emas.
Innovatsion faoliyat innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan taqdirda, ularning natijalari davlatga tegishli bo‘ladi.
Innovatsion loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizalari
Innovatsion loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizalari innovatsion loyihalarning amaliy ahamiyatini, ilmiy-texnologik darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash, ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va hajmi to‘g‘risida tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Texnik va ilmiy ekspertizalarni o‘tkazish jarayonida ishtirokchilarning mustaqilligi hamda huquqiy jihatdan himoyalanganligi, ekspertizalar natijalarining xolisligi, ochiqligi ta’minlanishi kerak, davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno.
Texnik va ilmiy ekspertizalar innovatsion loyihani amalga oshirish uchun bajarilayotgan yoki taklif etilayotgan yo‘nalishga muvofiq bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish orqali o‘tkaziladi.
Texnik va ilmiy ekspertizalarni o‘tkazish jarayonida ekspertizalar natijalaridan shaxsan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Texnik va ilmiy ekspertizalarni o‘tkazishda ishtirok etgan hamda qabul qilingan xulosadan norozi bo‘lgan ekspert mazkur xulosaga o‘zining asoslantirilgan fikrini ilova qilishga haqlidir.
Texnik ekspertiza loyihaga oid talabnomaning taqdim etilgan hujjatlari belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashga, shuningdek loyihaga oid talabnoma bo‘yicha taqdim etilgan axborotni idrok etish va tahlil qilishning buzilishiga olib keladigan xatolarni aniqlashga qaratilgan faoliyatdir.
Texnik ekspertizani o‘tkazish muddati loyihaga oid talabnoma olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kalendar kundan oshmasligi kerak.
Texnik ekspertiza quyidagi tartib-taomillarni o‘z ichiga oladi:

  • loyihaga oid talabnomaning to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, shuningdek zarur imzolar, muhrlar va shtamplarning mavjudligini tekshirishni;

  • berilgan loyihaga oid talabnomaga o‘xshash bo‘lgan, ilgari amalga oshirilgan loyihalarning mavjudligini tekshirish va loyihaga oid talabnomalarning takrorlanishini aniqlashni;

  • taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning to‘g‘riligini aniqlashni;

  • loyihaga oid talabnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirishni, texnik xatolar va noaniqliklarni aniqlashni;

  • vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan loyihalarni texnik ekspertizadan o‘tkazish reglamentiga muvofiq boshqa tartib-taomillarni.

Ilmiy ekspertiza innovatsion loyiha bo‘yicha asoslangan qaror (xulosa) qabul qilish maqsadida innovatsion loyihaning ilmiy yangiligini, dolzarbligi va amaliy ahamiyatini o‘rganishga, shu jumladan ilmiy jamoaning ilmiy-uslubiy salohiyatini, moddiy-texnika bazasini tahlil qilish hamda baholashga qaratilgan faoliyatdir.
Ilmiy ekspertizani o‘tkazish muddati loyihaga oid talabnoma olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ilmiy ekspertizani baholash mezonlari quyidagilardan iborat:

  • ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash (tashkil etish), ushbu mahsulotning import o‘rnini bosishi va (yoki) eksportga yo‘naltirilganligi bo‘yicha salohiyatini baholash uchun ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni rejalashtirishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;

  • loyihani tijoratlashtirish istiqbollari;

  • innovatsiya obyektiga bo‘lgan talab darajasi;

  • intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlarining mavjudligi;

  • loyiha ijrochilarida ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tajribaning va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarining mavjudligi;

  • ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasi.

Ilmiy ekspertizani o‘tkazishga xorijlik mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida bajariladigan innovatsion loyihalar ilmiy va texnik ekspertizalar o‘tkazishni nazarda tutuvchi majburiy davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim.
Davlat ilmiy va texnik ekspertizalari vakolatli davlat organi tomonidan o‘tkaziladi.

Download 44.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling