2-Labaratoriya ishi Mavzu: Windows otning xavfsizlik auditi siyosati parametrlarini sozlash. Kirish
Download 20.06 Kb.
|
2-labaratoriya Windows ОТнинг хавфсизлик аудити сиёсати параметрларини созлаш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
- Qisqacha nazariy ma`lumot
- Tizimga kirish hodisalarning auditi.
- Fayllar va papkalar bilan operatsiyalar auditi.
- Lokal siyosatlar punktini ochish va Audit siyosatini
- Безопасность”
- Добавить
- Ishni bajarilish tartibi va qo`yilgan vazifa
2-Labaratoriya ishi Mavzu: Windows OTning xavfsizlik auditi siyosati parametrlarini sozlash. Kirish: Kompyuterdagi ma`lumotlar xavfsizligi har bir foydalanuvchi uchun juda muhim hisoblanadi. Buni ta`minlash uchun har bir foydalanuvchi o`z OT ning xavfsizlik auditi siyosati parametrlarini sozlash kerak bo`ladi. Ishdan maqsad: Windows 7operatsion tizimida xavfsizlik auditi siyosatini sozlashdagi amaliy ko`nikmalarni hosil qilish. Kerakli jihozlar: Kompyuter, printer, daftar, A4 formatdagi oq qog`oz. Har bir talabalar uchun ajratilgan kompyuter; Mahalliy (lokal) hisoblash tarmog`i; O`rnatilgan Windows7 operatsion tizimi. Qisqacha nazariy ma`lumot: Xavfsizlik auditi xavfsizlikni chaqiruvchi har xil xodisalarni kuzatishni taminlab beradi. Tizimli hodisalarni ko`rinishi zarar keltiruvchilarni yoki berilgan sistemani havfga solish harakatlarini aniqlash uchun zarur. Bu hodisaga misol qilib auditga tegishli tizimga omadsiz kirishni keltirsak bo`ladi. Audit siyosati: Auditni taqdim etishdan oldin audit siyosatini tanlash muhim. Audit siyosati havfsizlik bilan bog`liq bo`lgan audit hodisalarning bosqichlarini ko`rsatadi. WindowsXP Professionalning dastlabki o`rnatilishida auditning hamma bosqichlari o`chirilgan bo`ladi. Audit hodisalarining har xil bosqichlarini o`z ichiga olgan holda tashkilot talablariga javob beruvchi audit siyosatini hosil qilish mumkin. Agar obektga kirish auditi audit siyosatining qismi sifatida tanlangan yoki auditning kataloglar xizmatiga kirish bosqichini yoki auditning obektlariga kirish bosqichini yoqish kerak. Obektlarga kirish kategoriyasi yoqilgandan keyin har bir guruh yoki foydalanuvchiga tizimning qaysi tipida auditni qo`llashni ko`rsatadi. Lokal obektlar auditini yoqish uchun “Administratorlar” guruhi a`zosining qayd yozuvi bilan tizimga kirish lozim. Tizimga kirish hodisalarning auditi. Agar kompyuter qayd yozuvining soxtaligini aniqlash uchun mo`ljallangan bo`lsa foydalanuvchining boshqa kompyuterda tizimga kirish yoki chiqishga urinishlari auditga tegishli ekanligini aniqlaydi. Agar siyosatning bu parametri aniq bo`lsa audit yutuqlarini yoki kamchiliklarini ko`rish yoki umuman bu tipdagi audit hodisalarni o`chirib tashlash mumkin. Yutuqlar auditi tizimga kirishning omadli urinishlari uchun yaratilgan qaydlarini anglatadi. Fayllar va papkalar bilan operatsiyalar auditi. Audit operatsiyalar fayllar va papkalar bilan audit o`tkazishni amalga oshiradi. Demak bu obektga kirish auditidan tashqari audit operatsiyalarini o`qish va qayd qilishni sozlash imkonini beradi. Masalan, agar faylga qayd qilish jarayoni auditi yoqilgan bo`lsa faylga qayd qilish jarayonida faylda audit operatsiyalar yaratiladi. Fayllar va papkalar bilan operatsiyalar auditini ishga tushirish uchun quydagilarni bajarish lozim: a) Obektga kirish auditi siyosatining ishga tushirilishi. Obektga kirish auditi siyosatini ishga tushirish uchun xavfsizlik lokal siyosati kompanentini ochish kerak. Buning uchun buyruqlar qatori secpol.msc ni tanlash yoki Puskni bosib, boshqaruv paneli buyrug`ini tanlash hamda ishlab chiqarish hamda xizmat ko`rsatish jarayonini bosib Adminstrirovanie belgisini, so`ng ikki marta Xavfsizlik lokal siyosatini tanlash lozim. Oynaning chap tomonidan Lokal siyosatlar punktini ochish va Audit siyosatini tanlash kerak. Oynaning o`ng tomonidan Obektlarga kirish auditi punktini tanlang va sichqonchaning o`ng tugmasini bosing, hamda Свойства punktini tanlang va Успех и отказ bayroqchalarini o`rnating. OK tugmasini bosing. Xavfsizlik lokal siyosati kompanentini yoping. b)Fayl yoki papkaning auditini inkor etilishi o`zgartirilishi taqdimoti va sozlanmasi. Fayl yoki papkaning auditini inkor etish o`zgartirish taqdim qilish va sozlash uchun: “Провадник” ni oching va Audit paramertlarini sozlash uchun mo`ljallangan fayl yoki papkani toping. O`sha fayl yoki papkani tanlab sichqonchani o`ng tugmasini bosing, hamda Свойства punktini tanlang va “Безопасность” bo`limiga o`ting. Дополнительно tugmasini bosing va Audit bo`limga o`ting. Quyidagi buyruqlardan birini bajaring. Yangi guruh yoki foydalanuvchini kiritish uchun Добавить tugmasini bosing. Имя maydonida foydalanuvchi yoki guruhning nomini kiriting va OK tugmasini bosing. O`rnatilgan guruh yoki foydalanuvchining auditi paramertlarini ko`rib chiqish yoki o`zgartirish uchun mos keladigan nomni tanlang va Изменить tugmasini bosing. Ishni bajarilish tartibi va qo`yilgan vazifa: Har bir talaba o`zining shaxsiy kompyuterida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida Audit siyosati parametrlarini sozlasin. Nazorat uchun savollar: Audit tushunchasi haqida ma`lumot bering. Ob`ektga kirish auditi siyosatini ishga tushirish qanday amallar bajariladi? Fayl yoki papkaning auditini inkor etilishi o`zgartirilishi taqdimoti va sozlanmasi qanday amalga oshiriladi? Download 20.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling