2-laboratoriya ishi (4 soat) yo‘llardagi avtomobillar tezligini aniqlash ishning maqsadi
Download 0.85 Mb.
|
1 2
Bog'liq2-laboratoriya ishi
2-laboratoriya ishi (4 soat) YO‘LLARDAGI AVTOMOBILLAR TEZLIGINI ANIQLASH Ishning maqsadi. Mavjud ko‘chaning to‘g‘ri qismida transport vositalarining oniy harakat tezligini o‘lchash. Ishlatiladigan asbob uskunalar. Sekundomer va uzunlik o‘lchovchi tasma. Ishni bajarish tartibi: Transport vositalarining harakat tezligini sekundomer bilan o‘lchash uchun yo‘lning chorraha va to‘g‘ri qismlarida ma’lum bir masofa belgilab olinadi. Asosan o‘lchov masofasining uzunligi 50 m.dan (harakat tezligi kichik bo‘lgan joylarda) - 150 metrgacha (harakat tezligi yuqori bo‘lgan joylarda) belgilanadi. Transport vositalarining kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo‘l yoqasiga oq-qora rangli bo‘yoq bilan bo‘yalgan ishora tayog‘i o‘rnatiladi yoki yo‘lning qatnov qismiga ko‘ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Kuzatuvchilar (talabalar) harakat tezligini o‘lchash uchun real ko‘cha sharoitida o‘tayotgan transport vositalarining tezligini sekundomer yordamida aniqlaydilar. Kuzatuv natijalarini oldindan tayyorlangan 1-jadvalga yozib boradi. Kuzatuvchi transport vositasining oldi bamperi o‘lchov chizig‘iga kirganda daqiqa o‘lchagichni ishga tushiradi va o‘lchov masofasidan chiqishda uni to‘хtatadi (2.1- rasm a,b). a- o‘lchov chizig‘iga kirish b-o‘lchov masofasidan chiqish 2.1-rasm. Harakat tezligini o‘lchashda basis chizigini ko‘rinishi Talaba laboratoriya ishida berilgan topshiriqga asosan yo‘lning ma’lum to‘g‘ri qismidan o‘tayotgan kamida 120 ta avtomobilning oniy tezligini aniqlab 1-jadvalga yozib boradi, harakat tezligi to‘g‘risidagi natijalar matematik statistika usuli yordamida qayta ishlanadi (2.2-rasm). 2.2 –rasm. Harakat tezligini o‘lchash uchastkasi Statistik tahlilning birinchi bosqichida bir-biriga eng yaqin qiymatlarni turkumlarga birlashtirishdan iborat. Jadval qiymatlaridan foydalanib taqsimot egrisi va jamlanganlik egriligi quriladi. Qurilgan zichlikning grafigidan ko‘p takrorlanadigan tezlik, yoki modal tezlikni, jamlangan zichlikning grafigidan 15, 50, 85 va 95 foizlik tezliklarni topiladi. Tezliklarni o‘lchashdan olingan qiymatlar quyidagi ish jurnaliga yoziladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling