H balandlikdan erkin tushayotgan jismning boshlang`ich s vaqtda bosib o`tadigan masofasi oxirgi s vaqtdagi bosib o`tiladigan masofasidan marta kichik bo`lsa, erkin tushayotgan jismning tushish vaqtini aniqlang


Download 89.42 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi89.42 Kb.
#1351041
Bog'liq
1-Var


FIZIKA

1. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism daqiqaning chorak qismida 135 m yo’l yurib tezligini 3,5 marta oshirgan bo’lsa, uning tezlanishini toping


A) 1 B) 0,67 C) 0,5 D) 2

2. H balandlikdan erkin tushayotgan jismning boshlang`ich 1 s vaqtda bosib o`tadigan masofasi oxirgi 1 s vaqtdagi bosib o`tiladigan masofasidan 9 marta kichik bo`lsa, erkin tushayotgan jismning tushish vaqtini aniqlang.


A) 6,5 s B) 3,5 s C) 5 s D) 3 s

3. Bikrligi 1000 N/m bo’lgan prujina 4 ta teng bo’lakka bo’lindi. Ularning 3 tasi o’zaro parallel oxirgisi esa ularga ketma-ket ulandi. Bu sistemaning bikrligini toping(N/m)


A) 1200 B) 3000 C) 8000 D) 12500

4. O‘quvchi alyuminiy zichligini aniqlash bo‘yicha tajriba bajarishi kerak. U alyuminiy silindrdan tashqari quyidagi ro‘yxatdan qanday 3 narsani olishi kerak: 1) yarim stakan suv; 2) kalorimetr; 3) termometr; 4) menzurka; 5) prujina; 6) dinamometr


A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 4
C) 1, 4, 5 D) 1, 4, 6

5. Massasi 40 kg bo’lgan jismga rasmda ko’rsatilgandaek qo’zg’almas blok orqali 2400N kuch tasir etmoqda harakat boshlangandan 4 s o’tgach yuk tezligini toping.g=10 m/s2.



A) 20 B) 28 C) 12 D) 36

6. Elastik prujinaga 6 kg yuk ilinganda u 2 sm ga cho’zilgan bo’lsa uni 1s da 4 sm ga cho’zuvchi kishining quvvati (W) qanday. g=10 m/s2.


A) 2 B) 2,8 C) 2,4 D) 3

7. Silliq gorizontal sirtda turgan jismning impulsi 16 kg·m/s ga o‘zgarishi uchun 2 N kuch bu jismga qancha vaqt (s) davomida ta’sir qilishi kerak?


A) 8 B) 4 C) 2 D) 16

8. Muz qanday balandlikdan suv sirtiga erkin tashlansa u suv ichiga 18 sm chuqurlikgacha tushadi ( ).


A) 18sm B) 3 sm C) 2sm D) 6 sm

9. Yer sirtidan yer radiusiga teng balandlikka ko’tarilganda matematik mayatnikli soatning yurishi avvalgidek qolishi uchun uning uzunligini necha % ini kesib tashlash kerak.


A) 40 B) 75 C) 25 D) 36

10. Yorug’lik nuri bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda tezligi 10 % ga kamaygan bo’lsa, to’lqin uzunligi qanday o’zgaradi?
A) 1,11 marta kamayadi
B) o’zgarmaydi
C) 1,21 marta oshadi
D) 1,21 marta kamayadi

11. Chelakda suv solingan. Suvga kub shaklidagi muz parchasi tushirilganda uning qirrasini 9 cm qismi suvga botdi. Agar chelak 5 m/s2 tezlanish bilan vertikal pastga tushirilsa, muzning qirrasini suvga botish balandligi qanday o`zgaradi (cm)? Muz solinganda suv idishdan to`kilmaydi va tushayotganda chayqalmaydi. Suvning zichligi 1000 kg/m3 , muzning zichligi esa 900 kg/m3 .


A) 10 B) 4,5 C) 9 D) 0

12. Normal sharoitda bitta gaz molekulasi ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasini (J) hisoblang.


A) 5,65·10-21 B) 5,7·10−20
C) 7,54·10−21 D) 7,54·10-20

13. Bir xil hajmli ikkita idishda havo bor birinchisida temperatura T1 va bosim P1, ikkinchisida esa T2 va P2 ga teng. Idishlar kichik naycha bilan tutashtirilganda ularning umumiy harorati T ga teng bo’ldi. Idishlardagi qaror topgan bosimni toping.


A) B) C) D)

14. Bir uchidan osib qo’yilgan po’lat sim o’zining og’irligi tasirida uzilib ketishi uchun kamida uzunligi qanday bo’lishi kerak (m). Po’lat uchun mustahkamlik chegarasi 7,8·107 Pa va zichligi 7800 kg/m3


A) 2000 B) 2500 C) 500 D) 1000

15. 2,2 kg geliyni 6 K ga izobarik isitish uchun qancha energiya (kJ) kerak? μ=4 g/mol.


A) 53,4 B) 76 C) 68,5 D) 41

16. Rasmda bir atomli ideal gazga issiqlik miqdori berilgandagi 1-2-3 o’tishlari tasvirlangan. Agar 1-2 o’tishda gaz tashqi kuchlarga qarshi 300 J ish bajargan bo’lsa, 2 – 3 o’tishda gazga qancha issiqlik miqdori berilgan.


A) 2000 B) 1650 C) 1850 D) 340


17. 200 V kuchlanishgacha zaryadlanib tok manbaidan ajratilgan 10 µF sig‘imli kondensator qoplamalari orasidan dielektrik singdiruvchanligi ε=2,5 bo‘lgan dielektrikni tortib olish uchun qancha ish (J) bajarish kerak?
A) 1,25 B) 3 C) 0,3 D) 5

18. O nuqtadagi umumiy elektr maydon kuchlanganligining yo’nalishi rasmda ko’rsatilgan yo’nalishda bo’lsa Qy/Qx nisbat qanday?



A) 2,5 B) -2,25 C) 4 D) -1,5

19. Manba ichki qarshiligi 1 Ω ga teng. Tashqi qarshilik 4 Ω dan 9 Ω ga o‘zgartirilganda FIK necha (%) ga ortadi?


A) 5 B) 7,5 C) 10 D) 15

20. Ichki qarshiligi 0,5 Ω bo‘lgan tok manbaiga 3 Ωli tashqi qarshilik ulanganda, tok manbayi qisqichlaridagi kuchlanish 6 V bo‘lgan. Manbaning to‘la quvvatini (W) aniqlang. A) 14 B) 6 C) 12 D) 18


21. Zanjirda tok kuchi 2 A bo’lganda foydali quvvat 10 W, 4 A bo’lganda esa 16 W foydali quvvat hosil bo’lgan bo’lsa, shu batareya qanday eng katta quvvat (W) hosil qila oladi.


A)26 B) 32 C) 18 D) aniqlab bo’lmaydi.

22. Elektrolitik vannada elektroliz usuli bilan mis olish uchun 18 MJ elektr energiya 10 V kuchlanishda sarflandi. Agar qurilmaning FIK 75% ga teng bo’lsa, ajralgan mis massasini toping (g). Misning elektrokimyoviy ekvivalenti 2·10-7 kg/C


A) 200 B) 250 C) 240 D)270

23. Magnit maydonda ilgarilanma harakatlanayotgan o’tkazgichda hosil bo’luvchi induksion tokning yo’nalishi rasmda ko’rsatilgan yo’nalishda bo’lishi uchun o’tkazgichni qaysi yo’nalishda harakatlantirish kerak.




A) Pastga
B) tepaga
C) O’quvchidan daftar tekisligiga tomon
D) Daftar tekisligidan o’quvchiga tomon
24. Qarshiligi 0,8 Ω bo‘lgan simdan ramka yasalgan. Ramka orqali o‘tuvchi magnit induksiya oqimi 4 s ichida 6 Wb dan −10 Wb gacha tekis kamaydi. Ramkada vujudga kelgan tok kuchini (A) toping. A)0,5 B)5 C) 20 D)2

25. Tebranish konturida g‘altakning induktivligi 0,4 H, tok kuchining amplitudasi 40 mA. Tok kuchi 30 mA bo‘lgan momentda elektr maydon energiyasini (µJ) aniqlang.


A) 140 B) 180 C) 200 D) 100

26. Uzunligi 2 mm va kesim yuzasi 2 mm2 bo`lgan sterjen tinch turibdi. Agar sterjen 0,6c tezlikda o`z uzunligi bo`yicha harakatlansa, sterjen hajmi qanday bo`ladi (mm3 )?


A) 4 B) 3 C) 3,9 D) 3,2

27. Linzaning fokal tekisligi deb nimaga aytiladi?


A) linzaning fokuslaridan bosh optik o‘qqa perpendikular ravishda o‘tkazilgan tekislik
B) linza markazidan o‘tgan tekislik
C) bosh optik o‘qqa parallel o‘tkazilgan tekislik
D) bosh optik o‘qqa 45◦ burchak ostida o‘tkazilgan tekislik

28. Yorug‘likka nisbatan shaffof moddadan yasalgan. Bu linzaning noma’lum suyuqlikdagi optic kuchi +2dptr, havodagi optic kuchi esa 5 dptr ga teng bo’lsa, noma’lum suyuqlikning nur sindirish ko’rsatkichi toping. (nsh=1,5)


A) 1,8 B) 1,25 C) 1,3 D) 1,13

29. Metall sirtiga to‘lqin uzunligi 0,15 µm bo‘lgan yorug‘liq tushayapti. Agar fotoeffektning qizil chegarasi 0,2 µm bo‘lsa foton energiyasining qancha qismi (%) kinetik energiyasiga aylanadi?


A) 100 B) 40 C) 50 D) 25

30. 300 g muz eriganda uning massasi (kg) qanday o’zgaradi.𝜆=330 kJ/kg.


A) 11·10-15 B) 11·10-16
C) 11·10-13 D) 11·10-14


Download 89.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling