2-laboratoriya ishi Kislorodning laboratoriyada olinishi Reaktivlar
Download 12.92 Kb.
|
2-tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- Tajriba. Kislorodni yig`ish.
2-laboratoriya ishi Kislorodning laboratoriyada olinishi Reaktivlar: KMnO4 kristali, KCIO3 tuzi, MnO2 a) Quruq probirkaga KMnO4 kristalidan 0,5 -1g soling. Probirkani shtativga tik holatda mahkamlang va tagidan qizdiring. Oradan 2 minutcha vaqt o`tgandan so`ng probirkaga cho`g`langan Cho`p kiriting. Cho`pning alanga berib yonishi kislorod ajralib chiqayotganligini bildiradi. KMnO4 parchalanganda quyidagi reaksiya tenglamasi sodir bo`ladi: 2KMnO4®K2MnO4 + MnO2 +O2 Reaksiyaning elektronli tenglamasini yozing. b) Quruq probirkaga Bertole tuzi (KCIO3) dan 1g solib, probirkani shtativga tikka qilib mahkamlang va qizdiring.Tuz suyuqlangach, probirkaga cho`g`langan cho`pni tushiring. Bunda nima kuzatiladi? Suyuqlangan tuzga ohistalik bilan juda oz miqdorda mangan (IV)- oksid soling va hosil bo`lgan aralashmani qizdiring. Endi kislorod ajralib chiqadimi? MnO2 nima uchun qo`shildi? KCIO3 ning parchalanish reaksiya tenglamasini yozing. 2- Tajriba. Kislorodni yig`ish. Ikkita teng probirkaga kislorod yig`ing. Buning uchun probirkalarga mos keladigan uchta tiqin oling. So`ngra boshqa bir quruq probirka olib, uning 1/4 qismiga KMnO4 dan soling. probirkani gaz o`tkazuvchi nay o`rnatilgan tiqin bilan berkitib, shtativga mahkamlang va nayning uchini suvli vannaga botiring. KMnO4 solingan probirkani qizdiring va hosil bo`layotgan kislorod gaz o`tkazuvchi naydagi havoni to`la siqib chiqarguncha bir oz vaqt kuting, Naydan kislorod ajralib chiqayotganligiga ishonch hosil qilganingizdan so`ng, kislorodni tayyorlangan probirkalarga yig`ing. Buning uchun probirkani suv bilan to`ldiring va og`zini barmoq bilan berkitib, uni suvli vannaga to`nkaring. Suv ostida barmoqni ochib, probirkaga gaz chiqaradigan nayning uchini kirgizing va kislorod bilan to`ldiring. probirkani suv ostida tiqin bilan berkiting. Xuddi shu tartibda qolgan probirkalarga ham kislorod yig`ing Download 12.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling