2-laboratoriya ishi Kislorodning laboratoriyada olinishi Reaktivlar


Download 12.92 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi12.92 Kb.
#1302165
Bog'liq
2-tajriba


2-laboratoriya ishi
Kislorodning laboratoriyada olinishi
Reaktivlar: KMnOkristali, KCIOtuzi, MnO2
a) Quruq probirkaga KMnOkristalidan 0,5 -1g soling. Probirkani shtativga tik holatda mahkamlang va tagidan qizdiring. Oradan 2 minutcha vaqt o`tgandan so`ng probirkaga cho`g`langan Cho`p kiriting. Cho`pning alanga berib yonishi kislorod ajralib chiqayotganligini bildiradi. KMnO4 parchalanganda quyidagi reaksiya tenglamasi sodir bo`ladi:
2KMnO4®K2MnO+ MnO2 +O2
Reaksiyaning elektronli tenglamasini yozing.
b) Quruq probirkaga Bertole tuzi (KCIO3) dan 1g solib, probirkani shtativga tikka qilib mahkamlang va qizdiring.Tuz suyuqlangach, probirkaga cho`g`langan cho`pni tushiring. Bunda nima kuzatiladi? Suyuqlangan tuzga ohistalik bilan juda oz miqdorda mangan (IV)- oksid soling va hosil bo`lgan aralashmani qizdiring. Endi kislorod ajralib chiqadimi? MnOnima uchun qo`shildi? KCIO3 ning parchalanish reaksiya tenglamasini yozing.
2- Tajriba. Kislorodni yig`ish.
Ikkita teng probirkaga kislorod yig`ing. Buning uchun probirkalarga mos keladigan uchta tiqin oling. So`ngra boshqa bir quruq probirka olib, uning 1/4 qismiga KMnO4 dan soling. probirkani gaz o`tkazuvchi nay o`rnatilgan tiqin bilan berkitib, shtativga mahkamlang va nayning uchini suvli vannaga botiring. KMnO4 solingan probirkani qizdiring va hosil bo`layotgan kislorod gaz o`tkazuvchi naydagi havoni to`la siqib chiqarguncha bir oz vaqt kuting, Naydan kislorod ajralib chiqayotganligiga ishonch hosil qilganingizdan so`ng, kislorodni tayyorlangan probirkalarga yig`ing. Buning uchun probirkani suv bilan to`ldiring va og`zini barmoq bilan berkitib, uni suvli vannaga to`nkaring. Suv ostida barmoqni ochib, probirkaga gaz chiqaradigan nayning uchini kirgizing va kislorod bilan to`ldiring. probirkani suv ostida tiqin bilan berkiting. Xuddi shu tartibda qolgan probirkalarga ham kislorod yig`ing
Download 12.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling