2-laboratoriya ishi Mavzu: ok parametrlarini tadqiq etish. Ok asosida analog qurilmalarni tadqiq etish. Ishning maqsadi


Download 77 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi77 Kb.
#1222025
Bog'liq
2 lab


2-laboratoriya ishi
Mavzu: OK parametrlarini tadqiq etish. OK asosida analog qurilmalarni tadqiq etish.
Ishning maqsadi: OKning asosiy qo‘llanish sohalari bilan tanishish.
1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:
OK sxemasida teskari aloqa zanjirini o‘zgartirib, uning asosida turli qurilmalar: (kirishdagi signal fazasini inverslaydigan yoki inverslamaydigan) kuchaytirgichlar; (polosali, past va yuqori chastota) filtrlari; (garmonik, relaksatsion yoki maxsus shakldagi) signal generatorlari; itegrallovchi yoki differensiallovchi qurilmalar; analog signallarni o‘zgartiruvchi va boshqalar hosil qilish imkoniyati mavjud. Bu vaqtda bajariladigan amallar faqat tashqi elementlar yordamida amalga oshiriladi, o‘zgartirish aniqligi esa OK parametrlariga bog‘liq bo‘ladi.
Mazkur laboratoriya ishi 2 – ishning davomi bo‘lib hisoblanadi, bu ishda ham xuddi shu OK sxemalari qo‘llaniladi. Tadqiq etilayotgan OK chiqishlarining joylashishi, tahrirlash sxemalari va parametrlari ilovada keltirilgan.
2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
Ilovadan tadqiq etilayotgan OK shartli belgisini chizib oling (chiqish raqamlari va tahrirlash elementi bilan), hamda chegaraviy qiymatlarni yozib oling.
2.1. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
2.1.1. 21.1 – rasmda keltirilgan inverslaydigan kuchaytirgich sxemasini ig‘ing. Inverslaydigan kuchaytirgichda chiqishdagi signal fazasi kirishga nisbatan inverslangan bo‘ladi (ya’ni 1800 farq qiladi).
2.1.2. Generator chiqishidan OK inverslaydigan kirishiga chastotasi 1 kGs bo‘lgan Ur=100mV signal bering.
2.1.3. Voltmetrlar yordamida UCHIK i Ug larni o‘lchang. ni hisoblang. Kirish va chiqish signal fazalarini solishtiring.



21.1-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.1.4. OKning bunday ulanish sxemasida KU quyidagi formuladan aniqlanadi:
. (21.1)
2.1.5. 2.1.2 – 2.1.4 bandlardagi o‘lchash va hisoblarni R2=10 kOm uchun takrorlang.
2.2. OK asosidagi differensiallovchi zvenoni (differensiator) tadqiq eting.
2.2.1. 3.2 – rasmda keltirilgan differensiator sxemasini yig‘ing (bu erda R1 sxema barqarorligini oshirish uchun kiritilgan bo‘lib, sxemaning majburiy elementi hisoblanmaydi).

2.2.2. Ossilograf yordamida generator chiqishida amplitudasi 100 mV va davri 10 ms bo‘lgan signal o‘rnating. Kirish va chiqish signal ossillogrammalarini chizib oling.


2.2.3. O‘lchashlarni 200 Gs - 2 kGs diapazonida tanlangan 2 - 3 ixtiyoriy chastotalar uchun takrorlang. Ossilogrammalarni chizib oling.

21.2-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.3. OK asosidagi integrallovchi zvenoni (integrator) tadqiq eting.
.
21.3-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.3.1. 21.3 – rasmga mos ravishda, integrator sxemasini yig‘ing (bu erda R2 sxema barqarorligini oshirish uchun kiritilgan bo‘lib, sxemaning majburiy elementi hisoblanmaydi).
2.3.2. Ossilograf (2) yordamida generator chiqishida amplitudasi 100 mV va davri 10 ms bo‘lgan to‘g‘ri burchak shaklidagi signal o‘rnating. Kirish va chiqish signal ossiorgrammalarini chizib oling.

2.3.3. O‘lchashlarni 200 Gs - 2 kGs diapazonida tanlangan 2 - 3 ixtiyoriy chastotalar uchun takrorlang. Ossilogrammalarni chizib oling.


2.4. Inverslamaydigan kuchaytirgichni tadqiq etish.
Mazkur kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signal fazalari mos keladi. Uning sxemasi 21.4 – rasmda keltirilgan.
2.4.1. 21.4 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing.
2.4.2. Generator chiqishidan OKning inverslanmaydigan kirishiga (“+”) chastotasi 1 kGs bo‘lgan Ur=100mV signal bering. Kirish va chiqishdagi signal fazalarini solishtiring
2.4.3. Voltmetrlar yordamida UCHIK i Ug larni o‘lchang.
(21.2) ni hisoblang.

21.4-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.4.4. Uzatish koeffitsientining nazariy qiymatini quyidagi formula yordamida aniqlang:
(21.3)
2.5. Relaksatsion tebranishlar generatorini tadqiq etish.
OK yordamida sinusoidal va nosinusoidal (jumladan, relaksatsion) tebranish generatorlari yaratish mumkin. Relaksatsion tebranishlar generatori sxemasi 21.5 – rasmda keltirilgan (sxemada manba ko‘rsatilmagan).
2.5.1. 21.5 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing.
Sxemaga qiymati 0,047 mkF bo‘lgan kondensator S1 va R1 = 10 kOm ni ulang.
2.5.2. Generator sxemasining turli nuqtalariga (1...3) ossilografni ulab, ossilogrammalarni chizib oling. Ossilograf yordamida generator tebranishlari davri va chastotasini o‘lchang.

21.5-rasm. O‘lchash sxemasi.
Hisobot mazmuni.
tadqiq etilayotgan OK pasport ko‘rsatmalari;
har bir bandda tadqiq etilgan sxemalar;
o‘lchash va hisoblash natijalari;
signal ossilogrammalari.
Nazorat savollari
1. Radioelektron apparatlarda OKning qo‘llanishiga misollar keltiring.
2. Nima maqsadda OKlarga teskari aloqa kiritiladi ?
3. Inverslaydigan va inverslamaydigan OK kuchaytirish koeffitsientlari qaysi formulalardan aniqlanadi ?
4. OKda yasalgan integrator va differensiatorlarning mos ravishda integrallash va differensiallash xatoliklari nima bilan aniqlanadi ?
Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling