2-laboratoriya ishi mavzu: Triggerlar va registr sxemasini ishlash tamoyilini o’rganish Ishdan maqsad: rs, D
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Лаборатория (1)
Sinxron RS-trigger. Elementar asinxron RS-triggerli yacheykalar - turli
kombinatsion qurilmalarning asosi bo„lib hisoblanadi. Ular qatoriga hisoblagichlar, registrlar va chastota bo„luvchilari kiradi. Bu qurilmalarda takt signali yoki sinxronlash signali deb ataluvchi maxsus signal yordamida avval kiritilgan maTumotni chiqishga uzatish va keyingi xotira yacheykasiga yozib qo„yish kerak. Bunday rejimni amalga oshirish uchun RS-trigger qo„shimcha C (clock) takt kirishi bilan to„ldiriladi, va u sinxron trigger deb ataladi. Sinxron trigger ham maTumot, ham takt kirishlarida signal mavjud bo„lgandagina o„z holatini o„zgartiradi. Bunda sinxron trigger takt impulsining cho„qqisi, fronti yoki kesishi bilan boshharilishi mumkin. Impuls fronti yoki kesishi bilan o„z holatini o„zgartiradigan trigger kirishlari dinamik kirishlar deb ataladi. Agar trigger cho„qqiga etgan, ya‟ni katta uzanlikka ega bo„lgan signal bilan boshharilsa, bunday kirish statik deb ataladi. Sinxron RS-trigger asinxron trigger va ikkita HAM-EMAS elementidan tashkil topgan bo„lib, shular tufayli mantiqiy bir signali bir vaqtni o„zida C takt kirishiga va S yoki R ma‟lumot kirishlaridan biriga berilgandagina trigger o„z holatini o„zgartiradi. Sinxron RS-trigger tuzilma sxemasi va uning shartli belgisi mos ravishda 4.6-a va b rasmlarda keltirlgan. C, S va R to„g„ri kirishlarga ega bo„lgan trigger uchun ishlash qoidalari o„tishlar (haqiqiylik) jadvali yordamida ifodalanadi (4.3- jadval). Ko„rinib turibdi- ki, kirishlar soni 3 ta bo„lganda, C, S va R kirish signallarining kombinatsiyasi 8 ga teng. 4-jadvaldan kelib chiqib, takt kirishida “1” signali bo„lmaganda ma‟lumot kirishlarining ixtiyoriy kirish signali kombinatsiyasida RCS- trigger avvalgi ma‟lumotni eslab turish rejimida ishlaydi. Kirish signallarining S=R=C=1 kombinatsiyasi mumkin emas, chunki bu holda, asinxron triggerning S' va R' kirishlarida bizga ma‟lum bo„lgan S'=R'=0 man etilgan kombinatsiya hosil bo„ladi. 4-jadval Bu yerda, S' = CS, R' = C R. 4-javdalni qo„llagan holda, sinxron RCS-trigger ishini ifodalovchi minimizaciyalangan MAF hosil bo„ladi Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling