2-laboratoriya ishi mavzu: Triggerlar va registr sxemasini ishlash tamoyilini o’rganish Ishdan maqsad: rs, D


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1730261
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Лаборатория (1)



2-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Triggerlar va registr sxemasini ishlash tamoyilini o’rganish 
Ishdan maqsad: RS,  D- triggerlarining ishlash prinsipini o‟rganish 
Nazariy qism. 
EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, 
axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi 
qurilmalarga aytiladi. 
Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‟zgaruvchilarning joriy taktdagi 
qiymatiga bog‟liq bo‟lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‟liqdir. 
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‟zida 
saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi. 
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‟un holatga ega bo‟lgan (0 yoki 1) 
va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir. 
Boshlang‟ich signallar ta‟sirida trigger bir turg‟un holatdan ikkinchisiga 
o‟tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‟liga ega: birinchisi to‟g‟ri chiqish 
yo‟li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‟li teskari chiqish yo‟li 
deyiladi va 
bilan belgilanadi. 
Asinxron RS trigger 
Asinxron RS trigger ikkita mantiqiy elementlar asosida qurilishi mumkin: 
”YOKI-YO‟Q” hamda “VA–YO‟Q”. Elementlar qayta aloqa zanjirlari orqali o‟zaro 
ulanadi. 
“YOKI – YO‟Q” elementlar asosida qurilgan asinxron RS triggerning 
funksional sxemasi va grafik belgilanishi xamda uning vakt diagrammasi quyidagi 
ko‟rinishga ega: 
Bunday trigger ikkita kirish yo‟liga (S va R) hamda ikkita chiqish yo‟liga (Q 
va 
) ega. Bu erda R-reset-olib tashlash (sbros) va S-Set- o‟rnatish ma‟nolarini 
anglatadi. 
Endi asinxron RS triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz: 
1) S=1 va R=0 bo‟lganda triggerga «1» yoziladi (Q=1) 
2) S=0 va R=1 bo‟lganda triggerga «0» yoziladi (Q=0) 
3) S=0 va R=0 bo‟lganda trigger o‟z holatini saqlaydi Ushbu xolat axborotni 
saqlash rejimi xisoblanadi. 
Q
Q


4) S=1 va R=1 signallarini bir vaktda berish ta‟qiqlanadi, chunki bunday kirish 
signallarida trigger o‟z turg‟un holatini yo‟qotadi. 
RS-trigger ishini tahlil qilamiz. Shuni aytib o„tish joiz-ki, bu sxemaning 
ikkala kirishiga bir vaqtning o„zida ochilish impulsi (mantiqiy) kelishi mumkin 
emas. 
Haqiqatdan ham, bu vaqtda ikkala VT1 va VT2 tranzistorlar berkiladi, kirish 
signallari tugagach, ularning ikkalasi ochiladi, ya‟ni BYA vaqtincha simmetrik 
holatda bo„ladi. BYA bu holatdan teng eqtimollik bilan Q=1, Q =0 yoki Q =0, Q=1 
holatlardan biriga o„tishi mumkin. Ya‟ni maTumotni yozish imkoni bo„lmaydi. 
Shuning uchun RS-trigger alohida (mustaqil) statik kirishlar rejimida ishlaydi. 
Boshqaruv (ma‟lumot) kirishlarining mazmuni quyidagicha: S (set- o„rnatish) - 
triggerni mustaqil ravishda 1 holatiga o„rnatish uchun (Q=1, Q =0) va R (reset-olib 
tashlash) - triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o„rnatish uchun ( Q =0, Q=1). 
Har bir kirishga past darajali (mantiqiy 0) signal berish mumkinligi tufayli, 
kirishlarda boshqaruv signallarining to„rtta kombinatsiyasi ishlaydi. Ular RS-
triggerning holatlar jadvalining R va S ustunlarida keltirilgan (2-jadval). 
RS-triggerning holatlar jadvali 
 
Kirish signallarining mumkin bo„lgan to„rtta kombinatsiyasida trigger qanday 
holatlarda bo„lishini ko„rib chiqamiz. 
1-kombinatsiya. R=0, S=0. VT3 va VT4 tranzistorlar ochilmaydi, va shuning 
uchun BYAlar ularning holatiga ta‟sir ko„rsata olmaydi. Q va Q chiqishdagi 
signallar o„zgarishsiz qoladi. Demak, triggyerda avval yozilgan ma‟lumot saqlanib 
qoladi. 
2-kombinatsiya. R=0, S=1. VT4 tranzistor to„yinishgacha ochiladi, va 
chiqishdagi kuchlanish kichik bo„ladi (mantiqiy 0). UK2 =UK1 =UB1 bog„liqlik 
tufayli VT1 tranzistor berkiladi va berk holatga o„tadi. Shuning uchun chiqishda 


yuqori kuchlanish (mantiqiy 1) hosil bo„ladi, ya‟ni Q=1 Q=0. VT1 va VT2 
tranzistorlarning mazkur holatlari trigger tomonidan eslab qolinadi. 
3-kombinatsiya. R=1, S=0. Bu vaqtda chiqishdagi kuchlanishlar o„zgaradi: Q 
=0, Q=1 bo„lib, trigger yangi holatni saqlab qoladi. 
4-kombinatsiya. R=1, S=1. Bunday kirish signalini RS-trigger qabul qila 
olmaydi, chunki u aniq emas holatda bo„ladi. Shuning uchun bu kombinatsiya man 
etilgan. 
Amaliyotda RS-triggerlar invertorlarda emas, balki HAM-EMAS yoki YOKI-
EMAS MElaridan tuziladi. Bu vaqtda trigger yoki invers (HAM-EMAS negizida), 
yoki to„g„ri (YOKI-EMAS negizida) ma‟lumot kirishlariga ega bo„ladi. Trigger 
ishini aks ettirish uchun holatlar jadvalidan foydalaniladi (3-jadval).
RS - triggerda ma‟lumot yozish boshqaruv signali berilishi bilan ixtiyoriy 
vaqt momentlarida amalga oshiriladi. Bunday triggerlar asinxron deb ataladi.
RS - triggerning berilgan Q
n
holatidan Q
n+i 
holatiga o„tish qoidasi mantiqiy 
funksiya (MAF) orqali ifodalanadi 


 
invers ma‟lumot kirishlariga ega bo„lgan RS-trigger uchun ifoda quyidagicha 
bo„ladi 
Mustaqil qurilma sifatidagi elementar asinxron RS-triggerlari juda kam 
ishlatiladi. Lekin ular ko„pincha murakkab triggerlarning asosiy tashkil etuvchi 
qismi tarkibiga kiradilar. Ko„p hollarda RS-trigger mustaqil IMS sifatida ishlab 
chiqariladi. Masalan, K555TP2 IS qobig„ida to„rtta RS-trigger mavjud bo„lib, 
ularning ikkalasi ikkitadan o„ rnatish kirishlariga ega. 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling