2-laboratoriya ishi passiv va aktiv quyosh suv isitgichlarining ish jarayonini o‘rganish ishning maqsadi
Download 309.48 Kb.
|
2-laboratoriya ishi passiv va aktiv quyosh suv isitgichlarining
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2- rasm. Tabiiy sirkulyasiyali quyosh issiq suv ta’minoti tizimlarini sxemasi
Aktiv quyosh isitish tizimlari
Aktiv quyosh isitish tizimlarining quyosh kollektorlari (havo- yoki suv isitgichlari), issiqlik tashuvchini sirkulyasiyalash elementlari (havo o‘tzazgichlar, ventilyatorlar, quvurli o‘tkazgichlar, nasoslar, issiqlik almashtirigichlar) va issiqlik akkumulyatorlari asosiy tashkil etuvchi qismlari bo‘lib hisoblanadi. Aktiv tizimlarni quyidagi alomatlar bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin: issiq suv ta’minoti, isitish va uyg‘unlashtirilgan tizimlarning bajaradigan vazifasi bo‘yicha; mavsumiy, yillik ishlash davri bo‘yicha; individual (yakka), guruhli, markazlashgan iste’molchilar bo‘yicha; 1, 2 va ko‘p konturli, konturlar soni bo‘yicha; o‘rinbosa oladigan issiqlik manbaining bor bo‘lishligi va uning turi bo‘yicha. Quyosh issiq suv ta’minoti tizimlari tabiiy (termosifonli) yoki majburiy sirkulyasiyali 1, 2 va ko‘p konturli bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlarning asosiy elementlari quyosh kollektori-suv isitgich va bak-akkumulyator bo‘lib hisoblanadi (2.2 rasm). A B V 4 1 2 1 2 1 3 2 4 5 4 5 5 2.2- rasm. Tabiiy sirkulyasiyali quyosh issiq suv ta’minoti tizimlarini sxemasi: A-bir konturli oquvchi; B va V-ikki konturli; 1-quyosh kollektori; 2-bak akkumulyator; 3-issiqlik almashtirgich; 4-issiq va 5-sovuq suv Bak-akkumulyator quyosh kollektoridan balandroq o‘rnatiladi va zichliklar gradienti hisobidan suv tabiiy konveksiya ta’sirida sirkulyasiyalanadi. Ikki konturli tabiiy-konveksiyali tizimlarning (2.2,B,V rasm) kamchiligi - suvning sirkulsiyalanish tezligi kichik bo‘lganligidan ularning samaradorligi past. Samaradorligini oshirish uchun esa majburiy sirkulyasiyadan foydalaniladi. Aktiv quyosh isitish tizimlarida quyosh kollektoridagi issiqlik avall issiqlik akkumulyatoriga so‘ngra xonaga uzatiladi va shu davrda quyosh issiqligining yutilishini, akkumulyasiyalanishini va taksimlanishini rostlash talab etiladi. Suvli isitish tizimlarining bak-akkumulyatoriga ega bo‘lgan ikki konturli tizimlari eng keng tarqalgan (2.2, A rasm). Bunday tizimlarda tizimning ayrim qismlarini mustaqil rostlanishi ta’minlanadi va akkumulyatorning baypas chizig‘i 4 yordamida qo‘shimcha issiqlik manbai 6 hisobidan akkumulyatorni qizib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Uyg‘unlashtirilgan aktiv tizimlar istishni ham va issiq suv ta’minotini ham ta’minlaydi (2.2, B rasm). Sarflanadigan suvni isitish uchun qo‘shimcha issiqlik almashtirgichlardan foydalaniladi. Aktiv quyosh issiqlik ta’minoti tizimlari qurilmasining ishlash rejimini avtomatik boshqarish tizimlari bilan ta’minlash zarur. 5 6 13 A 8 B 11 12 1 8 2 4 1 3 2 6 7 5 7 9 7 9 7 10 7 Download 309.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling