2-laboratoriya ishi passiv va aktiv quyosh suv isitgichlarining ish jarayonini o‘rganish ishning maqsadi
Download 21.77 Kb.
|
2-laboratoriya ishi passiv va aktiv quyosh suv isitgichlarining -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- NAZARIY MA’LUMOTLAR
2-laboratoriya ishi passiv va aktiv quyosh suv isitgichlarining ish jarayonini o‘rganish ishning maqsadi №2-LABORATORIYA ISHI PASSIV VA AKTIV QUYOSH SUV ISITGICHLARINING ISH JARAYONINI O‘RGANISH Ishning maqsadi: Passiv va aktiv quyosh suv isitgichlari, ularning tuzulishi, ishlash printsipi, va qo’llanilishi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lib, passiv va aktiv quyosh suv isitgichlari ish jarayonini o’rganib amaliy jihatdan hisoblab chiqishni o’rganadi. Tayanch iboralar: Issiqlik ta’minoti, Quyosh energiyasi, Quyosh nuri oqimi, Quyosh isitish tizimlari, passiv sistema, aktiv sistema, foydali ish koeffitsent, bak-akkumulyator, Quyosh kollektori, erning kengligi. Kerakli jihozlar: Tajriba natijalarini aniqlash uchun Passiv va aktiv suv isitgichlari, haroratni o’lchash uchun termometrlar. Ishning davomiyligi – 4 soat. NAZARIY MA’LUMOTLAR Issiqlik ta’minotida quyosh energiyasidan amalda foydalanish samaradorligi quyidagi prinsiplarga asoslangan: muayyan obyektga bog‘lanishi, ya’ni uning vazifasi hamda konstruktiv, qurilish va me’morchilik xususiyatlarini hisobga olgan holda; issiqlik yuklamasining o‘ziga xos xususiyati, radiatsiyali-iqlim va geografik sharoitlari; iqtisodiy va texnikaviy imkoniyatlari, boshqa energiya manbalarining mavjudligi; uyg‘unlashtirilgan, o‘rinbosa oladigan issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari; sotsial-maishiy sharoitlar, milliy va maxaliy an’analar. Quyosh isitish tizimlarining turlari ko‘p bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni ikki, ya’ni passiv va aktiv guruhlarga ajratish mumkin. Passiv tizimlarda QEK va issiqlik akkumulyatori vazifasini binoning tо’siq konstruksiyalari bajaradi, quyosh energiyasi bilan isitilgan havoni uzatish esa odatda tabiiy konveksiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. Passiv sistemalarda binoga uning katta oynasi orqali tushayotgan quyosh nurini janub tomondagi bino devorlari va poli bevosita tutib olishini ta‘minlashga mо’ljallangan bо’ladi, uning issiqlik tо’plash va saqlash miqdori devor, pol va suv tuldirilgan idish massasiga bog’liq yoki binoning janub tomonida о’rnatilgan qurilma, bino ichiga issiqlikni uzatish qurilmasi miqdoriga va sifatiga bog’liq. Tungi yoki quyosh bо’lmagan vaqtlarda binoning issiqlik yо’qotishini kamaytirish uchun binoning yorug’lik qaytaruvchi yuzasida issiqlikni tutib qoladigan issiqlik izolyatori bilan (panjara, tо’siqlar va boshqalar) ham jixozlanishi ta‘vsiya qilinishi mumkin. Izolyatsiya darajasi yuqori bо’lgan, quyosh nuri kо’p miqdorda bо’lgan va tashqi havoning о’rta meyorda bо’ladigan hududlarda passiv quyosh bilan isitish tizimi oynalar bо’lganda, bino poli va shifti о’rtasida havo sirkulyatsiyasi uchun yetarli oraliq bо’lganda issiqlik tо’plash samaradorligi yuqori bо’ladi. Bunda sistemaning foydali ish koeffitsenti 40% gacha borishi mumkin. Passiv quyosh isitish tizimlarining ishlash prinsipi quyidagi jarayonlarga, ya’ni shaffof qoplama bilan himoyalangan va qoraytirilgan sirtlarga quyosh nurlanish energiyasini to‘plashga va ularni qizdirishga, issiqlik o‘tkazuvchanlik va erkin konveksiya orqali issiqlikni isitiladigan honaga uzatishga asoslangan. Passiv tizimlar binoning konstruksiya elementlaridan va issiqlik yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi. Passiv tizimlarda issiqlik tashuvchi sifatida havo xizmat qiladi. A B 2 V 2 2
1 1 1
3
4 6 Download 21.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling