2-laboratoriya ishi taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari. Korxonadagi ishlab chiqilgan mahsulotlar yuzasidan taqdimotlar tayyorlash. Matn va fonni formatlash. Matn va rasmlar yordamida slaydlar yaratish


Download 236.71 Kb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi236.71 Kb.
#1180697
  1   2
Bog'liq
1-LABORATORIYA ISHI


2-LABORATORIYA ISHI
Taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari. Korxonadagi ishlab chiqilgan mahsulotlar yuzasidan taqdimotlar tayyorlash. Matn va fonni formatlash. Matn va rasmlar yordamida slaydlar yaratish.
Microsoft PowerPoint (to'liq nomi — Microsoft Office PowerPoint, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.
prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, maruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadiri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Power Point vositalari bilan barpo etilgan slaydlarni oq-qora yoki rangli printerda chop etish yoki mahsus agentligi yordamida 35 millimetrli slaydlarni fotoekranlarda tayyorlash mumkin.
Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo’lljalangan materiallar. Ular bir betda ikki, to’rt yoki olti slaydlar chop etilgan bo’ladi.
Maruza konspekti - Power Point da prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan maruza konspekti, chop etish vaqtida maruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi.
Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakillantirishi ichiga olgan hujjat.





Power Pointga mansub yordamchi tugmalar



  1. - Taqdimotga yangi bo’sh slayd qo’shish. Ushbu tugma tanlangandan keyin ekranda oyna orqali yangi slayd turini tanlashni bizga taklif etadi.

  2. - Taqdimot slaydlarini shakllantirishda Power Point ning tashqi ko’rinishini (rangli jihozlanishini) o’zgartirish yordamchisini ishga tushirish.

  3. - Taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda, slaydlar sarlavhalari va barcha asosiy matinnlarining ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta`minlaydi.

  4. - Taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda, slaydlar sarlavhalari va barcha matnlarining jihozlanishini (tashqi ko’rinishini) ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta`minlaydi.

  5. - Tanlangan matn obyektining xarflarini soyali (stenyu) tashqi ko’rinishiga o’tkazish.

  6. - Tanlangan matn obyektining xarflarini bitta qadamga kattalashtirish.

  7. - Tanlangan matn obyektining xarflarini bitta qadamga kamaytirish.

  8. - Slayd obyektlarining paydo bo’lishini aniqlaydigan animatsiya effektlarini sozlash muloqot oynasini ekranga chiqarish.

  9. - Slayd obyektlarining o’ng tomondan kattalashib, avtomobil ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti.

  10. - Slayd obyektlarining chap tomondan kattalashib, xushtak ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti.

  11. - Slayd obyektlarining o’rtadan, kattalashib fotokamera ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti.

  12. - Slayd obyektlarining o’rtadan, yorug’lantirib paydo bo’lishi animatsiya effekti.

  13. - Slayd obyektlarining o’ng burchakdan harfma-xarf paydo bo’lishi animatsiya effekti.

  14. - Slayd obyektlarining harfma-xarf, yozuv mashinasi ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti.

  15. - Slayd obyektlarining o’ng tomondan qarama-qarshi paydo bo’lishi animatsiya effekti.

  16. - Slayd obyektlarining yuqoridan so’zma-so’z paydo bo’lishi animatsiya effekti.



Download 236.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling