2-laboratoriya ishining hisoboti


Tajribadan aniqlangan absolyut deformatsiyalardan foydalanib elastiklik moduli


Download 0.54 Mb.
bet4/4
Sana08.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1464367
1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya ishi

6. Tajribadan aniqlangan absolyut deformatsiyalardan foydalanib elastiklik moduli E va ko‘ndalang deformatsiya koeffitsienti ni hisoblash

Cho‘zilishga sinalayotgan yassi namunaning elastiklik moduli E yuqorida keltirilgan (2) formula yordamida hisoblanishini aytib o‘tgan edik. Biz yuqorida bitta kuch pog‘anasiga mos keluvchi absolyut bo‘ylama deformatsiya i = 0,032 mm ni hisobladik. Agar biz shu absolyut bo‘ylama deformatsiya qiymatidan foydalansak, unda (2) formulada R kuch o‘rniga uning orttirmasi miqdorini olishimiz kerak, chunki i bitta kuch pog‘onasiga mos kelgan absolyut deformatsiyadir. Yuqorida aytilganlarni etiborga olsak, cho‘zilishga ishlayotgan namunaning elastiklik modulini hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiradi:





Shunday qilib St-3 markali kam uglerodli po‘latdan tayorlanib, cho‘zib sinalgan namunaning elastiklik moduli E=2,1.105Mpa ga teng chiqdi. Bu esa P.A. Stepin «Soprotivlenie materialov», M.:, «V.SH.» 1988 g. Darslik kitobida keltirilgan E qiymatiga mos keladi.


Cho‘zilishga sinalayotgan yassi namunaning ko‘ndalang deformatsiya koeffitsienti ya’ni Puasson koeffitsienti yuqorida keltirilgan (4) formula yordamida hisoblanishi mumkin. Bu formulaga etibor bersak unda b-bu to‘liq ko‘ndalang qisqarish absolyut deformatsiya, lekin biz yuqorida bitta kuch pog‘onasiga mos ko‘ndalang absolyut deformatsiyani hisobladik. Shuning uchun bu formuladag i-to‘liq absolyut bo‘ylama deformatsiya o‘rniga, bitta kuch pog‘onasiga mos kelgan absolyut bo‘ylama deformatsiyasini olamiz. Bu aytilganlar asosida ko‘ndalang deformatsiya koeffitsientini hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. Uning yordamida hisoblaymiz:









B
u hisoblab topilgan ko‘ndalang deformatsiya koeffitsenti P.A. Stepin «Soprotivlenie materialov», M.:, «V.sh.» 1988 g. Darslik kitobida keltirilgan (25-bet) St-3 markali po‘latning ko‘ndalang deformatsiya koeffitsientiga solishtirsak, ularning mos kelishini ko‘ramiz.
Ko‘ndalang deformatsiya koeffitsienti ismsiz sondir.
Shuni takidlashimiz lozimki, hisoblangan elastiklik moduli E ni va ko‘ndalang deformatsiya koeffitsienti µ ni bitta kuch pog‘anasi uchun hisoblab topdik. Xuddi shu natijani elastiklik chegarasida oxirgi kuch miqdori va tenzametrlarning ko‘rsatgan oxirgi qiymatlarini (2) va (4) formulalarga qo‘yib ham olish mumkin.
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling