Ishning xulosasi
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
2- ISH. Gal’vanning ikkinchi tajribasi.
2-Ishni bajarish tartibi. Baqaning asab muskul preparati tayyorlanadi. Asab muskul preparati muskulining bir qismini yuzalab kesib olinadi. Shisha ilmoqchalar yordamida preparat asabini ko’tarib muskulning jarohatlangan va jarohatlanmagan qismlariga bir vaqtda tegiziladigan qilib tashlanadi. Bunda muskulning qisqarishi kuzatiladi. Baqaning ikkinchi keyingi oyog’ining quymich asabi tizza bo’g’imigacha boshqa to’qimalardan ajratiladi. Tizza bo’g’imi yuqorisidan son muskullari kesilib taxtachaga qo’yiladi. Quymich asabi ajratilgan oyoq plastinka ustiga joylashtiriladi. Asabni shisha ilmoqcha bilan ko’tarib kesib olingan son muskuli ustiga tashlanadi. Bunda asab muskulning kesilgan va kesilmagan qismlariga bir vaqtda tegizilishi kerak. Shundagina oyoq tinchlik toki ta`sirida harakatga keladi. Tirik to’qimalardagi tinchlik tokini gal`vanometr yordamida kuzatish. Gal`vanometr zanjiri tayyorlanadi va elektrodlardan birini muskulning jarohatlangan yuzasiga, ikkinchisini jarohatlanmagan yuzasiga quyiladi. Shundan keyin tok zanjirining kalitini ulab, tinchlik toki ta`sirida gal`vanometr strelkasining harakati kuzatiladi. So’ng elektrodlar o’rnini almashtirib qo’yilsa, tok yo’nalishi gal`vanometr strelkasining harakati bo’yicha o ’zgaradi. (1-rasm)
1-rasm. Gal`van tajribasi
Topshiriq. Tajribalar sxemasini chizing. Gal`vanning birinchi va ikkinchi tajribalaridagi muskul qisqarishining sabablarini tushuntiring. Savollarga javob bering.
1. Tinchlik toki nima uning kuchi qanday?
2. Tinchlik toki va unga ta‘sir etuvchi omillar?
3. Gal`vani qanday elektr hodisasini kuzatgan?
Ishning xulosasi
____________________________________________________________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |