2. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi (bazaviy yoki asosiy) o’zgarishi


Download 31 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi31 Kb.
#1415453
Bog'liq
pul va bank joriy nazorat


Savollar:
1. Pul-kredit siyosati
2. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi (bazaviy yoki asosiy) o’zgarishi
3. Inflyatsion targetlash
Javoblar
1.Pul kredit siyosati
Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni taminlash maqsadidan kelib chiqib amalga oshiriladi.Bunda infliyatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillarning xarakteri aloxida axxamiyat kasb etadi.

    1. Chet el valyutasidagi bank kreditlari bo’yicha foiz stavkalari 2022-yildan bugungacha o’sishda davom etmoqda. Jumladan:

2022-yil noyabr oyida jami kreditlar bo’yicha bu ko’rsatkich 7.6 % ni tashkil etgan bo’lsa 2023- yil yanvar oyida 8.2 % ni ko’satmoqda.
1.2 Milliy valyutadagi bank kreditlari bo’yicha foiz stavkalari
Jami kreditlar bo’yicha 2022-yil sentaybr oktaybr va dekabr oylarida bir xil ko’rsatkichda 22.3 % saqlanib turgan bo’lsa 2023-yil fevral oyida 22.4 %ni tashkil etmoqda.
2. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi (bazaviy yoki asosiy) o’zgarishi
Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi so’nggi 15 yillik ko’rsatkichlarga qaraydigan bo’lsak,eng past foiz stavkasi 01.01.2015 — 27.06.2017 da 9 % etib belgilanganini ko’rishimiz mumkin. Eng yuqori ko’rsatkich esa 18.03.2022 - 09.06.2022 da 17 % etib qayd etilgan. Bugungi kunda esa 14% etib belgilangan.
3. Inflyatsion targetlash
Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga yo‘naltiriladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi. Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga joriy qilingan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit siyosatining mazkur rejimidan foydalaniladilar. MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanmoqda. Qozog‘iston va Belarus Respublikasi markaziy banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish rejasi va dasturlari e’lon qilingan.Pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion targetlash rejimining tanlanilishi ushbu rejimning afzalliklari bilan bir qatorda valyuta kursi yoki pul agregatlarini targetlash rejimlarida kuzatilgan qator muammolar bilan izohlanadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi talab qilinadi. Bunda makroiqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlariga tezkor moslashuvchanlik imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki muammolarga e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling