2-mar’ruza
Download 158.94 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.1. Ishlash algoritmiga ko’ra ABS turlari
2-mar’ruza 1.2.Avtomatik boshqarish sistemalarining turlari Har qanday mashina yoki kurilma ma’lum bir vazifani bajaradi. ABSlar bir necha asosiy belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi(1.4-rasm).
1.4-rasm. ABSlarning turlarga bo’linishi 1.2.1. Ishlash algoritmiga ko’ra ABS turlari Chiqish kattaligining BOning normal ishlab turishiga mos keladigan o’zgarishlari tartibini belgilaydigan qoida, ko’rsatma yoki matematik bog’lanishlar majmuasiga ob’ektning ishlash algoritmi (IA) deyiladi. IA boshqarishdan ko’zlangan maqsadni ifodalaydi va chiqish kattaligiga qo’yilgan texnologik, iqtisodiy va boshqa talablar asosida ishlab chiqiladi. Šuyida asosiy IA larini ko’rib chiqamiz. 1. Stabillash - bu IAda BOning chiqish kattaligi bir xilda (o’zgarmas) ushlab turiladi, saqlanadi, ya’ni u(t)qconst. Bunday IA qo’llanilgan ABS stabillovchi sitema deyiladi. Ob’ektning chiqish kattaligini stabillovchi boshqarish qurilmasi (BQ) avtomatik rostlagich deb ham ataladi. Misol tariqasida issiqlik dvigateli (ID) vali aylanish tezligini stabillovchini ABSni ko’rib chiqamiz. Misol. Qurilmaning sxemasi 1.5-rasmda keltirilgan. BO-ID va ishchi-mashina(IM). D-drossel-to’sqich boshqarish organi vazifasini bajaradi. Ob’ektning boshqariluvchi kattaligi valning aylanish tezligi to’sqichning ochilish burchagi va ishchi mashina hosil qilayotgan qarshiligiga Mn bog’liq. ABQ (rostlagich) markazdan qochma tezlik o’lchagich (Yu) dan iborat bo’lib, u richaglar orqali D drossel bilan ulangan. ID vali aylanish tezligini stabillash sistemasi quydagicha ishlaydi. Valning aylanish tezligi oshganda yukchalarda xosil bo’lgan markazdan qochma kuch ta’sirida prujina P siqiladi va shtok (Sh)ni pasta siljitadi va richag R orqali drosselni ochilish burchagi( )ni kamaytiradi. Natijada dvigatelga kelayotgan yonilg’i miqdori kamayadi, bu esa uning aylanish tezligi ( )ni kamayishiga, ya’ni oldingi boshlang’ich qiymatiga yaqin miqdorga kelishiga olib keladi. 1.5-rasm. ID vali aylanish tezligi stabillash sistemaci IDning boshlang’ich aylanishlar tezligi drosselni boshlang’ich ochilish burchagi va markazdan qochma tezlik o’lchagich prujinasini oldindan siqish kattaligi bilan beriladi. Buning uchun «topshiriq» beruvchi maxsus dastak o’rnatilgan. Mavjud ko’plab ARSlari stabillash IA asosida ishlaydi: turli idishlardagi suyuqlik satxini rostlash sistemalari, suyuqlik va gazlar temperaturasi va bosimini ARS, QXM ishchi organlarini xolati yoki aylanish tezliklari ARS va x.k. Download 158.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling