2-ma’ruza: arab alkimyosi ajratilgan vaqt – 2 soat O`quv mashg`ulоtining maqsadi


Download 68.33 Kb.
bet11/16
Sana25.11.2021
Hajmi68.33 Kb.
#177435
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5271757152485116436

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy VIII asr oxirida Xorazmda tug’ilgan, Bag’dodda vafot etgan. Xorazmiyning nisbati lotincha kitoblarda Algoritmus, Algorysmus, Alxoarismus, Alkauresmus va hokazo shakllarda yozilib yangi arifmetika -algoritm (algorizm) nomini yaratdi. Bu nomlar aslida “Xorazmiy” ekanligini sharqshunos olim J.Reyno 1849-yilda aniqlab bergan. Xorazmiyning asarlarida hind algebrasi bilan grek geometriyasi birlashtirilgan edi, bu esa hozirgi matematika fanining asosiy manbaidir.

Xorazmiy faqat mate­matika emas, geografiya faniga ham katta hissa qo’shgan. VIII asr oxiri IX asrlarda obod bo’lgan Bag’dod shahrida fan yuksak darajaga erishdi. Xalifa Xorun ar-Rashid og’li al-Ma’mun (813-833- yillarda hokim bo’lgan) davrida “Donishmandlar uyi” (“Bayt ul-Hikma”) akademiyasi barpo etildi, unga butun dunyodan olimlar jalb qilindi. Bular orasida O’rta Osiyolik olimlar Muhammad Xorazmiy, ahmad al-Farg’oniy, Abbos bin Sayd Javhariy va Ahmad bin Abdullo Marvaziy ham bor edi. Arab halifaligi kuchaygan IX asrda Bag’dod olimlari Yer meridianini o’lchashga kirishdilar. Ayni shu paytda halifa Ma’mun osmon va jahonning batafsil xaritasi tuzilsin degan Farmoni oliy beradi. “Jahon xaritasi” ni tuzishda 70 dan ortiq olimlar ishladi, ularga M.Xorazmiy boshchilik qildi. Shu munosabat bilan Xorazmiy “Surat ul-arz” xaritalar kitobini yozadi va bu asar “Xorazmiy geografiyasi” degan mashhur ta’limot asosi bo’lib xizmat qildi. Italyan sharqshunosi Q.Nallino aytishicha: “Yevropada hech bir xalq Xorazmiy erishgan yutuqda erishishga va bunday asar yaratishga qodir emas edi”.



Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling