Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Qodir al-Farg’oniy
Bag’dod observatoriyasi xodimlaridan biri, Xorazmiyning zamondoshi edi. Farg’oniy geodeziyaga doir kitoblar, jumladan “Usturlob tog’risida mukammal ma’lumot” (“Al Komil fil usturlob”), “Usturlob san’ati to’g’risida” (“Fi sanoat ul-usturlob”), “Yetti iqlim” va astronomiyaga doir kattagina (“Javomi ilm al-nujum val harakat as-samoviya” degan) kitob yozgan. Farg’oniyning xizmatlaridan biri shuki, u 861-yili al-Mutavakkilning buyrug’i bilan Nil daryosidagi suv sathini o’lchovchi moslama o’rnatish uchun Qohira shahriga borgan va bu asbobdan hozirgacha foydalanib kelishlari bizni hayratga qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |