2-ma’ruza: arab alkimyosi ajratilgan vaqt – 2 soat O`quv mashg`ulоtining maqsadi


Download 68.33 Kb.
bet9/16
Sana25.11.2021
Hajmi68.33 Kb.
#177435
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
2 5271757152485116436

Abu Ali Ibn Sino
Ibn Sino o’z davri olimlaridan farqli o’laroq, chalkash mulohazalar va diniy aqidalar ta’siriga berilmasdan, faqat tajriba va amaliyotda haqiqiy ilmning obyektiv asosi bo’lishini talqin va targ’ib etdi. Sharqda “ash-Shayx” - Donishmand, Ilohiy ustoz yoki “ar-Rais” – Boshliq; ko’proq esa har ikki sifat – “ash-Shayx ar-Rais”, Yevropada Avi­senna nomi bilan mashhur bo’lgan. Uning to’la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh as-Hasan ibn Ali ibn Sino bo’lib, 980-yil avgust oyining ikkinchi yarmida (hijriy 370-yil safar oyining boshida) dunyoga keladi.

U 10 yoshga yetar-yetmas Qur’on va adab, arifmetika va algebra darslarini o’qib, to’la o’zlashtirib oladi. Uyida yana Abu Abdulloh an-Natiliy rahbarligida mantiq, geometriya va astronomiya fanlarini o’qiydi. Shu davrda Ibn Sino tabiiy, ayniqsa, fizika va metafizika fanlarini ham o’rgana boshlaydi.

Olim Aristotelning “Metafizika”sini (“Mo ba’da at-tabia”) o’rganish jarayonida kutilmagan qiyinchilliklarga duch keladi. Biroq yosh Ibn Sino kitob bozorida 3 dirhamga sotib olgan Abu Nasr Forobiyning “Metafizika” asarini sharhlab beruvchi risola - falsafiy asarini mutolaa qilgandan keyin uning nozik tomonlarini o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi.

Ibn Sino 17 yoshidayoq Somoniylar davlati boshli’gi Nuh Ibn Mansurni davolaydi va evaziga Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. 997-yilda Abu Rayhon Beruniy bilan ilmiy munozaralarda Ibn Sino Aristotel fizikasining bilimdoni emas, balki himoyachisi ekanligini isbotladi. 1002-yilda Ibn Sino Urganchga ketadi, 1008- yildanIbn Sinoning darbadarlik hayoti boshlandi. Ibn Sino taxminan 1010-yilda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib Xuroson tomon yo’l oladi. Xurosondagi chegara shahar Gurgonda “Tib qonuni” ning I qismini yozishga kirishadi. Bu kitobida olim asarlari arab tiliga tarjima qilingan yunon va rimlik tabiblardan Gippokrat (eramizgacha 460-355-yy.), I asrda yashagan Dioskorid, Jolinus (Galen, 129-20- yy.), Oribaziy (325-402- yy.), Pavel (615-690-yy.)lar haqida batafsil ma’lumotlar keltiradi. Bu yerda o’zining ilmiy ishlari va tabiblik faoliyatini boshlab yuboradi.

1014-yili Ibn Sino Gurgonni tark etadi va bir muddat Ray, Qazvin shaharlarida turadi. Taxminan 1014-1015-yillarda u Hamadonga keladi va buvayqiylar hukmroni Shams-ud-Davla (997-1021-yy.) xizmatiga kiradi.Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay mashhur falsafiy qomusi “Kitob ash-shifo” ni (1015-1024-yillar) yozishga kirishadi. 1023-1024-yillarda Ibn Sino Isfaxon shahriga ko’chadi va “Ki­tob ash-shifo” ni shu yerda tugatadi. “Kitob ash-shifo” 4 qismdan iborat: 1. Mantiq. 2. Tabiiy fanlar (bu qismda minerallar, o’simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida-alohida bo’limlarda gap yuritiladi). 3. Matematika, ya’ni riyoziyot ilmlari (bunda arifmetika, handasa, astro­nomiya va musiqa fanlari haqida bahs borali). 4. Metafizika yoki ilohiyot.


Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling