Donishmand bolajonlar bizlarni tanidingizlarmi? Bizlar kitoblar olami < Bilimlar mamlakatidanmiz> donishmand
Download 23.83 Kb.
|
alifbe senariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-DONISHMAND
- 2-DONISHMAND
- DONISHMAND
DONISHMAND Bolajonlar bizlarni tanidingizlarmi? Bizlar kitoblar olami < Bilimlar mamlakatidanmiz> DONISHMAND bizlar sizlarning olgan bilimlaringizni sinab ko`rish uchun keldik. Kimki sinovlarimizdan o`tsa bizning mamlakatimizga kira oladi. Hozir sizlar uchqur poyezdga o`tirib, bilimlar mamlakatiga yo’l olamiz. Birinchi bekatga yetgunimizga qadar zerikib qolmaslik uchun o’rgangan she`rlarimizdan aytib berasizlar maylimi bolajonlar BOLALAR hop bo’ladi Quyoshdek shula sochgan Bilimga keng yo’l ochgan Bizni erkalab quchgan Sizgadir ushbu kalom Muallimlar assalom Uzun tunlar allalab Oq yuvib oq tarab O`stirdingiz erkalab Sizgadir ushbu kalom Onajonlar assalom Kunday yorug` darsxona Biz farzandmiz siz ona Bo’lib bizga parvona Dilda ardoqli salom Ona maktab assalom Tanitib yurt jahonga Erk berib har insonga Qaytdik dinu iymonga Dilda ardoqli kalom Mustaqil yurt assalom 1-DONISHMAND bolajonlar vatan xaqida ham she`rlar bilasizlarmi ? Xalqimiz orzu niyati Dilga quvonch soladi Bayrog`imiz dunyo uzra Yurtga dovrug` sochadi Bayroqdagi to`rt xil rang Xamoxangdir birlikda Bir-birini to’ldiradi Maqsad sari tenglikda Havo rang tinchlik Oq rangdir poklik ramzi Yashil yashayotgan el Qizil rang havo ramzi Yulduzlar va to`lin oy Yaxshi niyatga chorlar Duoga ochamiz qo`l Dilga nur poklik sochar Ramzlarimizda buyuklik Aks etgandir biling siz Xumo qushi yetaklar Maqsad sari boshimiz Paxta bug`doy chambari To`kinlik to’qlik ramzi Quyosh yulduz suv tog`lar Yashnayotgan yurt timsoli Paxtangdek oq oydin yo’llaring So’lim tog’im ko’nim ishonchim Yolg’onlarga bermasman seni Vatanimiz gerbida Charaqlab ular quyosh Qanotin keng yoyib Mag`rur turar humo qush O`ng tomoni paxtazor Yurtimning oq oltini So’l tomoni bug`doyzor Vatanimning non uni DONISHMAND'>2-DONISHMAND ofarin bolajonlar . o`zi vatan deganda nimani tushunasiz? Vatan bu – kindik qonimiz to`kilgan tuproq. Vatan bu - begligimiz , ko`chamiz, uyimiz , turar joyimiz. Vatan bu-- muqaddas ona tilimiz Vatan bu – buyuk millatimiz Vatan bu—maktabimiz Vatan bu – ona tabiat in’om etgan boyliklarimiz DONISHMAND Mustaqillik deganda nimani tushunasiz? Mustaqillik o’z erkiga ega bo’lish , vatan o’zimizniki deganidir. DONISHMAND Mustaqillik bizga nima berdi? Mustaqillik tufayli qadryatlarimiz tiklandi. Millatning o’zligini , milliy g’ururni himoya qilgan Fayzullo Ho’jayev , Usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi. Dinimiz Qur`oni Karim Hadisi Sharif kabi ma`naviy boyliklarimiz Navro’z , Hayit bayramlarimiz, urf odatlarimiz, udumlarimiz, yana xalqimizga qaytdi. Necha yil erkingni oldirib qo’ldan
Shukr erk quyoshi chiqib boshingga O`z haqqing huquqing o`zingga qaytdi Tamg`anggu bayrog`ingni baland ko’tarib, Xalqim madhiyangni quvonib aytdi. DONISHMAND barakalla bolajonlar sizlar bu zehnlaring bilan bizning sinovimizdan o`tdingizlar . Bolajonlar 1-bekatimiz “Alifbe bekati” deb nomlanadi bunda sizlar mazkur kitobdan olgan bilimlaringizni ko`rsatasizlar, undan oldin bir musiqiy tanaffus qilsak rozimisiz. Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling