Yulduzli tunlar”, “O’tkan kunlar”, “Dunyoning ishlari”


Download 32.24 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi32.24 Kb.
#164840
Bog'liq
1 -test


Yulduzli tunlar”, “O’tkan kunlar”, “Dunyoning ishlari”

1.”Yulduzli tunlar” romanida kim “Ulusning sho’ri qursin, kasofat podsholar uruishmay

turolmasa” degan fikrlarni aytgan? A.Fazliddin B.Tohir C.Robiya D.Xonzodabegim

2.12yoshli Bobur kimning baytlaridan minglab baytlarni yod bilardi?

A.Navoiy B.Firdavsiy C. Sa’diy D B, C

3. Uzzun Hasan shaharda tarqalgan fitnada kimni aybdor deb olib keladi?

A.Yoqubbek B.Ahmad Tanbal C.Darvesh gov D.Mazidbek

4.Xo’ja Abdulloning Samarqand bilan sulh tuzish taklifiga kimlar norozi bo’ladi? A.samarqandlik beklar B.A.Tanbal C.andijonlik beklar D.Bobur

5.Tohir boshliq yigitlar qayerdagi ko’prikni buzib dushmanning katta talafot ko’rishiga sababchi bo’lgan? A.Axsi B.Andijon C Quva D.O’rda

6.Urushda to’lanadigan tovon berilgan qatorni toping

A.moli amon B.zakot C.tamg’a D.ulufa

7.O’shdaga Buratog’da Bobur tomonidan qurdirilgan hujrani kim XX asrning o’rtalarida

Bobur tomonidan qurdirilganini tarixiy faktlar bilan isbotlab bergan ?

A.Ibrohim Hayetmetov B .Ibrohim Mo’minov C. Abduqodir Hayitmetov D.Q.yo’ldoshev

8.Kim Boburga “ Samarqand yurishining sarfu xarajatiga Andijonda saroylar, madrasalar qursangiz bo’lur. Andijon ham Samarqanddek sayqali ro’yi zamin bo’lsa nomingiz Ulug’bek Mirzodek shuhrat qozonsa” deb aytgan?

A. Qutlug’ Nigorxonim B. Mulla Fazliddin C. Qosimbek D. Xonzoda begim

9.Kim Boburni “Xamsa” dostoni qahramoni Farhodga o’xshatgan?

A. Qutlug’ Nigorxonim B. Mulla Fazliddin C. Qosimbek D. Xonzoda begim

10.Samarqanddagi taniqli sahhof nomi berilgan qatorni toping

A.Nuyon B.Ahmad C. Qutbiddin D. Mahmud

11.”qimmatbaho zarhal muqovalar ichida Mahmud Qoshg’ariy, Abdurahmon Jomiy,

Sharafiddin Ali Yazdiyning Behzod suratlari bilan bezangan “Zafarnoma”si, Addurazzoq

Samrqandiy… Navoiyning “Mezon ul avzon”i. Bu kitoblar orasida Bobur qaysi birini ko’pdan beri so’roqlab yurgan edi?

A. A.Navoiyning “Mezon ul avzon” B. Sh. A. Yazdiy “Zafarnoma”.

C.M.Qoshg’ariyning “DEvonu lug’atit turk” D.A.Jomiy “Tufhat ul ahror”

12.Andijon dorug’asi kim?

A.Uzun Hasan B.Ali Do’stbek C.Nosirbek D.Ahmad Tanbal

13.Shayboniyxonning haqiqiy ismi nima?

A.Muhammad B.Shonazar C.Shohbaxt D.Shayboniyxon

14.Shayboniyxon va Mahmudxon munosabatlari kimning qaysi asarida berilgan?

A. Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy B. M.Solih “Shayboniynoma” C.Bobur” Boburnoma” D. Bunday asar berilmagan

15.Shayboniyxon jang paytida nimalarning jang paytida ulkan ahamiyat kasb etishini yaxshi bilar edi?

A.hiyla-nayrang B.qurol-aslaha va ot C. bayroq va tug’ D.zambaraklar

16.Asarda aytil,ishicha kim o’ziga bironta yodgorlik qurdirmagan. O’lsam tekis terga dafn

qilinglar, qabrim ustidan mingta ot yurib o’tsin, toki ko’milgan joyimni hech kim topolmasin deb vasitat qilgan. Doim o’tovda yoki otda, tabiat bag’rida bo’lishni istarkan deyilgan?

A.Chingizxon B.Shayboniyxon C.Chig’atoyxon D.To’xtamishxon

17.Qolmadi hurmat ahlio olamda. Olamu olam ahlidin yuv ilik. Boburo, ikki poshohlig’din

Yaxshiroq bu zamonda bir beklik. Asradna olingan ushbu she’r qaysi janrda?

A.Ruboiy B.Tuyuq C.Qit’a D. Murabba’

18.”Men Samarqandni sensiz netayin. Jasadi tiyrani jonsiz netayin misralari kimning

maktubidan olingan?

A.Boburning B. Shayboniyning C.Oyshabegimning D.A.Tanbalning

19.Kim Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilgian, Sulton Ali mirzoga mulozim bo’lgan,

Shayboniyxonga Buxoro va Dabusiya qal’asini olishga ko’maklshgan deya ta’rif berilgan?

A.Qambarbiy B. Binoiy C. Muhammad Solih D.Ko’pakbiy

20.Afrosiyob Movarounnahr turklarining afsonaviy qahramoni edi. “Uning as loti Alp Er

To’ng’a bo’lgan”. Muhammad Solih tilidan olingan ushbu fikr kimning qaysi asridan olingan? A.M.Qoshg’ariy “Devonu lug’atit turk” B. Y.X. Hojib “Qutadg’u bilig” C.Yugnakiy “Hibbatul haqoyiq” D. Rabg’uziy “Qissasi anbiyo”

21.Kim Buxoroning jome’ masjidiga ot mindirib kirgan?

A.Chingizxon B. Chig’atoyxon C. Shayboniyxon D. To’xtamishxon

22.Asarda Iskandari soniy deb kimga ta’rif berilgan

A.A.Temur B. chingizxon C. Bobur D. Shayboniyxon

23.”Yaxshi bo’lsa oshini yer, yomon bo’lsa boshini” maqoli kimning tilidan berilgan

A. Bobur B. Sulton Ali C.Shayboniyxon D. A.Tanbal

24.Tohir Robiyani kimning uyidan topadi?

A.Mamat B. Ko’pakbiy C.Sulton Ali D. Fozil tarxon

25.Bobur xonimonida ayrilgan, atrofida bironta sirdosh do’st topolmay o’zini nihoyatda yolg’iz sezgan og’ir kunlarda bitgan she’ri berilgan qatorni toping

A. Kim ko’rindir jahonda ahli zamondin yaxshiliq… B. Tole yoqi jonimg’a balolig bo’ldi… C. Yod etmas emish kishini mehnatda kishi… D.Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim.

26.Bobur Alisher Navoiyga maktub yozayotganda unga qaysi she’rini ilova qiladi?

A.Har kimki vafo qilsa vafo topquidir. B. Kim ko’ribdir jahonda ahli zamondin yaxshiliq. C.Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim. D. Yoz fasli yor vasli do’stlarning suhbati

27.”Shoh sultoni Zahiriddin Bobur, Ki jahon shudzi citi adlash pur” misralari muallifi kim? A.Bobur B.M.Solih C. Shayboniyxon D. Binoiy

28.”Majma’ul g’aroyib” qasidasining muallifi kim?

A.Bobur B.M.Solih C. Shayboniyxon D. Binoiy

29.Qaysi joy nomining ma’nosi “Temir qo’rg’on” degan ma’noni bildiradi. Ziyovuddin degan joyda uning xarobalari bor? A.Axsi B.Quva C.O’rdakeknt D. Dabusiya

30.Shayboniyxonning topshirig’I bilan Bobur tomonga o’tkazilgan munajjim kim? A.Ko’pakbiy B. Qambarbiy C. Shahobiddin D.Shohbaxt

31.”Jahon sendan yuz o’girmasdan oldin sen jahondan ko’ngil uza bilgil” degan fikrlarni Bobur qayerdan olgan

A. Temur maqbarasining hoshiyasidan B. A. Yassaviy kitobidan C.A.Navoiy asaridan. D.M.Ulug’bek maqbarsidan

32.”sifatingni eshitib zor bo’ldim. Ishqing ilkiga giriftor bo’ldim” Ushbu misralar kimning kimga yozgan maktubida bitilgan?

A.Boburning Oyshabegimga B.Shayboniyning Zuhrabegimga C.Shayboniyning Xonzoda begimga D. Shayboniyning Xadicha begimga

33.”Davlat uchun ko’ngulni zor etma, Izzat uchun o’zingni xor etma” misralarini Bobur qayerda bitgan? A.Samarqandda B. Andijonda C. Ovchi qishlog’ida D. O’ratepada

34.”Olamni mardlik va zo’rlik bilan oldik, lekin o’zimiz bilan birga go’rga olib ketmadik” Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?

A.Sa’diy “Bo’ston” B. Bobur “Yulduzli tunlar” C.Sa’diy “Guliston” D.A,B.

35. Ne xush meni xushlaru ne begona, Ne g’ayr rizo mendinu ne jonona Har nechaki yashilikga qilsam afsun, Xalq ichra yominlik bilan men afsona. Misralarini Bobur kimga o’qib bergan?

A. Tohir B.Xonzodabegim C.cho’pon D.Oyshebgim.

36.Bobur Hirotga kelganda Unsiyada yashaydi. Kim Boburga “Hazrat Mirning vafotidan keyin Unsiya ruhsiz tanadek edi. Siz kelganingizdan so’ng bu tanad aynagi jon, yangi ruh paydo bo’ldi” deb aytgan

A. Xondamir B. Sohib Doro C. Badiuzzamon D.Qosimbek

37.Sohib Doro iste’dodli shoir…. Ni o’n besh yoshida hazrat Mirning huzuriga keltirgan edi.. Hazratning saxovatlaridan bahramand bo’lgan bu yosh shoir jud tez ulg’ayib, butun Hirotga mashhur bo’ldi” Nuqtalar o’rniga mos javobni toping.

A.Hiloliy B. Zayniddin Vosifiy C. Sulton ali Mashhadiy D.Behzod

38.Shoh Ismoil Xonzodabegimga Boburning qaysi g’azalini yoddan o’qib beradi?

A. Yoz fasli, yor vasli do’stlarning suhbati B.Kim ko’rindir jahnoda ahli zamondin yaxshiliq C. “Mening ko’nglimki gulning gunchasidek tah batah qondir

D. Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim

39.Shialar kimni “sohibi zamon” deb ulug’lar edi”

A.Bobur B. Shayboniy C. Ali D. Shoh Ismoil

40.Kim o’zining bir ruboiysida shia sunniy nizolaridan bezor bo’lib sunniyning it-yu shianing eshagi emasman deya shukr qilgan?

A. Jomiy B. Bobbur C. Navoiy D. Binoiy

41.Ozar ila necha guftigu qilg’aysiz Ozurda bo’lurni justiju qilg’aysiz Munchaki o’ngullarga

etishga ozor May bila magarki shustishu qilg’aysiz Boburning ushbi she’ri qaysi janrda va

kimning tilidan aytilgan?

A. ruboiy, Tohir B. qit’a Qosim C.Xonzodabegim tuyuq D. Hunoyun, ruboiy

42. Bobur tomonidan bastalangan “Chorgohi savt”ni kim rubobda ijro qilib beradi?

A. Humoyun B. Mohlaroyim C. Xonzoda begim D. Komron

43. “Yaxshi niyat- yarim davlat” maqoli kimning tilidan aytilgan

A. Bobur B.Humoyun C.Qosimbek D.Xonzodabegim

44.Bobur qaysi asarini og’liga bag’ishlab yozgan?

A. “Mubayyin” B. “Muxtasar” C. “Volidiya” D. “Qobul” devoni

45. Bobur DEhlaviyning ko’p ash’orlarini qaysi kitobida keltirgan?

A.”Maubayyin” B. “Muxtasar” C.” Boburnoma” D. “Qobul” devoni

46.Yusufiy kim?

A.Shoir B.xattot C.yo’lboshlovchi D.Hirotlik xos tabib

47.Boburning eng ulkan g’alabasi qayerda bo’lgan edi?

A.Qobul B. Samarqand C. Panipat D. Sekri

48.Bobur butun mamlakatda may ichishni man qilganligi kimlarga yoqmaydi?

A. Shoh Tahmaspning elchilariga. B. Ko’chkinchixonning elchilariga C. Beklarga

D. shahzodalarga

49. Jismimda istima kunda mahkam bo’ladur,Ko’zdin uchadur uyqu chu oqshom bo’ladur.

Ushbu she’ri qaysi janrda? A. ruboiy B. g’azal C. qit’a D.tuyuq

50.”Habibus suyar” (“Do’stlarning sevgani) nomliasar kimning qalamiga mansub?

A. Mirxond B.Xondamir C. Bobur D. Jomiy

51.”Xat biturda takalluf qilay deysen, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Betakalluf pok alfoz bila bit, senga ham tashvish oz bo’lar o’qituvchig’a ham” Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A. Mirxond Xondamirga aytgan. B.Xondamir Boburga aytgan

C.Bobur o’g’li Humoyunga yozgan maktubidan D.Bobur Tohirga aytgan.

52. Boburning zaharlanish tafsilotlari qayerda bayon etilgan edi?

A.Bobur Xondamirga aytgan B.Boburning o’g’li Humoyunga yozgan maktubida

C.Bobur Qosimbekka aytgan D. Bobur Mohimbegimga atab yozgan maktubida

53.Bobur “Boburnoma” da nimadan juda qiynalgan vaqtda ba’zi paytlar yig’lash darajasiga

boradi? A.Vatan sog’inchi B.May tashlab. Ichish ishtiyoqi bo’lganda C. Xiyonatga uchraganda D. O’g’li Humoyun xastalanganda

54.Darvozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilgan bu dongdor saroyni qayerning savdogarlari egallagn edi? 1.Buxoro 2.Samarqand 3.Hindiston 4.Toshkent 5.Namangan

A.1,2,3 B.1,2,4 C.2,3,4 D.hammasi

55.Marg’ilonda nimalarning bozori chaqqon edi?

A.gazmol B.atlas C.qalapoy abzali D.A,C

56.”Marg’ilon Turkistonimizning to’qug’uchliq hunarida birinchi shahridir” deya asarda kkim aytgan? A.Otabek B.Homid C.Rahmat D.Mirzakarim qutidor

57.”Homid bir turlik vaziyatda yer ostidan jiyaniga qaradi” Bu qarash qaysi gapdan keyin edi? A.Mirzakarim aka qizini erga berdimi? B.Uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo’q C.Bizning Marg’ilonda bir qiz bor. Shundog’ ko’hlikki , bu o’rtada uning o’xshashi bo’lmas D.Shahrimizda Mirzakarim otlig’ bir savdogar

kishi bor bu shuning qizidir

58.Qaysi gapdan keyin Homidning chehrasi buzildi?

A.Mirzakarim aka qizini erga berdimi? B.Uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo’q

C.Bizning Marg’ilonda bir qiz bor. Shundog’ ko’hlikki , bu o’rtada uning o’xshashi bo’lmas D.Shahrimizda Mirzakarim otlig’ bir savdogar kishi bor bu shuning qizidir

59.Uning hovlisi poyavzal rastasining burchagidagi imoratdur. O’zi davlatmand bir

kishi; Toshkand atroflarining ko’plari bilan aloqador Ushbu fikr kim haqida? A.Otabek

B.Ziyo shohichi C.Mirzakarim qutidor D.Yusufbek hoji

60.Uning yuzida bir o’zgarish va vujudida bir chyaqalish bor edi. Ushbu tavir kim haqida? A.Otabek B.Homid C.Hasanali D.Rahmat

35.”Endi uning butun borlig’I quloq bo’lib aylangan, o’zini unutib barcha diqqati hujra ichiga oqqan edi” Bu kimning tasviri A.Otabek B.Homid C.Hasanali D.Rahmat

61.”Bu xabarlar … tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovvuqqonlik bilan qarshi olindi” nuqtalar o’rniga mos javobni toping A.xalq B.Otabek C.Homid D.Yusufbek hoji

62.Chunki ul bu xabarga sovuqqonlik bilan qaryolmas edi va qaray olmadi. Bu xabarni eshitar ekan, yeb turgani og’zida, yutkani bo’g’zida qoldi

Bu tasvir kim haqida? A.xalq B.Otabek C.Homid D.Yusufbek hoji

63.”bunday o’zboshimchalik orqasidan o’zining ochiq ko’zi. O’tkir zehni orqalik mudhish, falokatlik manzaralar ko’rar, millatini, xalqinimusulmonini qo’rqinch jar, tegsiz jahannam yoqasida, yiqilish oldida topar edi. Ushbu tasvirlar

kim haqida? A.xalq B.Otabek C.Homid D.Yusufbek hoji

64.Yusufbek hoji Otabekka yozgan maktubida Normuhammad qushbegi besh ming sipoh bilan Toshkandga yuborilganini kimdan eshitganini yozgan?

A.devonbegi B.Kirovchi C.qo’rboshi D.Mirzakarim qutidor

65.”Kechagina qonliq qilichini fuqaro ustida yurgizib turg’an” deya kimga aytilgan?

A.Musulmonqul B.Xudoyorxon C.Normuhammad D.Azizbek

66.”… ning salomiga musharraf bo’lganlarning ko’zlaridan yoshlar oqmoqda edi” Nuqtalar o’rniga mos javobni toping.

A.Yusufbek hoji B.Azizbek C.Musulmonqul D.Otabek

67.Asarda “tulki” so’zi kimga nisbatan ishlatilgan?

A.Homid B.Musulmonqul C.Azizbek D.Qo’rboshi

68.”To’y, qizlar majlisi” bo’limida qaysi cholg’u asboblarining nomi tilga olingan/ 1.dutor 2.nay, 3.g’ijjak 4.doira 5.tanbur 6.rubob

A.1,2,3,5,6 B.1,2,3,4 C.12,3 D.hammasi

69.Qaysi bo'limda «esdan ajramoq” ,”El ichida kulgiga qolmoq” kabi iboralar qo'llangan?

A.Otabek Yusufbek hoji o’g’li B.Bek oshiq C.Qizlar majlisi D.Kutilmagan baxt

70.Qizlar majlisida “O’rtoqlar” “Ifor” kuylarini kim chalgan?

A.Xolambibi B.Gulsin C.Anorgul D.Savra

71. Kumushning ruhiy holatiga ta’sir etgan “Yig’larman kuyi asosidagi qo’shiqni kim ijro qilgan? A.Xolambibi B.Gulsin C.Anorgul D.Savra

72.Qaysi baytdan keyin Kumushning ko’zi jiq yoshga to’ladi

A.O’rtoqlarim, qo’lga olsam torimni, Beixtiyor Yodlaydurman yorimni

B.Bir ko’rinib yag’mo qilgan ko’nglimni, Qaytib yana ko’rolmadim norimni

C.Agar ko’rsam edi yana yorimni, Bag’ishlardim hamma yo’q-u borimni

D.Bilurmikan bilmasmikan u zolim: Kunlar, tunlar tortgan oh-u zorimni

73.Xayol ichida sho’n’gib otirgan Kumush qaysi baytdan keyin bir seskanadi? A.O’rtoqlarim, qo’lga olsam torimni, Beixtiyor Yodlaydurman yorimni B.Bir ko’rinib yag’mo qilgan ko’nglimni, Qaytib yana ko’rolmadim norimni C.Agar

ko’rsam edi yana yorimni, Bag’ishlardim hamma yo’q-u borimni D.Bilurmikan bilmasmikan u zolim: Kunlar, tunlar tortgan oh-u zorimni

74.Kumush qaysi baytdan keyin toqatsizlanadi?

A.O’rtoqlarim, qo’lga olsam torimni, Beixtiyor Yodlaydurman yorimni B.Bir ko’rinib yag’mo qilgan ko’nglimni, Qaytib yana ko’rolmadim norimni C.Agar ko’rsam edi yana yorimni, Bag’ishlardim hamma yo’q-u borimni D.Bilurmikan bilmasmikan u zolim: Kunlar, tunlar tortgan oh-u zorimni

75.Majlisning eng qiziq tarafi qaysi edi?

A.Dutor,childirma chalish B.Lapar aytish C.o’yinga tushish D.Qizlarning o’zaro suhbati

76.Asardagi olabayroq to’nli kishi kim?

A.Yusfbek hoji B.Hasanali C.Otabek D.Homid

77.Asardagi Toshkentning yetti yoshdan yetmishyoshgacha taniydigan qahramon? A.Azizbek B.Yusubbek hoji C.Otabek D.Hasanali

78.Ziyoshohinikidagi o’tirishda neha kishi qatnashgan?

A.4 B.5 C.6 D7

79.Asarda tillarda doston iborasi kimga nisbatan ishlatilgan?

A.Otabek B.Kumush C.Homid D.Yusufbek hoji

55.Asarda Homidga nisbatan “qo’llansa so’zliq, ichi qora yigit deb kim ta’rif bergan? A.Hasanali B.Otabek C.Mirzakarim qutidor D.Rahmat

80.”Hukmnoma qismida kimga nisbatan “yuziga o’lik tusi kirgan” deya aytilgan A.Mirzakarim qutidor B.Otabek C.Rahmat D.Ziyoshohichi

81.Shu qismda kimga nisbatan “garangsigan”deya ta’rif berilgan?

A.Mirzakarim qutidor B.Otabek C.Rahmat D.Ziyoshohichi

82.”o’xshmagan yerda bir xotinning arzga kelishi kimning ko’ngliga shubha soladi? A.Qo’rboshini B.qushbegini C.o’rda qorovuli Pirmatni D.Xudoyorxonni

83.Asarda kutmagan joydagi mo’jiza nima?

A.Otabekni Kumushni uchratgani B.Hsanalining bekning oshiqligini aniqlagani C.Kumushning Yusufbekning Otabekka yozgan xatini olib kelishi D.Otabek Va Mirzakarim qutidorning dor ostida qutqarilishi

84.”Hukmnoma” qismida yuragi ortiqcha shopirinib ketdi tasviri kimga nisbatan ishlatilgan?

A.Kumush B.Otabek C.Mirzakarim qutidor D.Qo’rboshi

85.Qaysi qahramonga nisbatan o’zini shu soat jallod qo’liga topshirilishini kutmakda deyilgan/? A.Kumush B.Otabek C.Mirzakarim qutidor D.Qo’rboshi

86.”To’rvasini yo’qotgan gadoy” iborasi kimga nisbatan ishlatilgan?

A.Homid B.Hasanali C.Qo’rboshi D.Mirzakarim qutidor

87.Uning yuzida qo’rqish va iztirob alamlarini ko’rdi. Ushbu tasvir kim haqida?

A.Homid B.Hasanali C.Qo’rboshi D.Mirzakarim qutidor

88. Muallifning otasi kim haqida “Yurtni tinch tutdi, ko’p yaxshi odam edi” deb aytgan A. Yusufbek hoji B. Normuhammad qushbegi C.Xudoyorxon D. O’tabbor qushbegi

89. ”Bilgan topib so’zlar bilmagan qopib” maqoli kimining tilidan va kimga nisbatan aytilgan? A.Yusufbek hoji O’zbek oyimga nisbatan B.O’zbek oyim Otabekka nisbatan C.Qutidor To’ybekaga nisbatan D.Otabek Zaynabga nisbatan

90 “ O’rta yosh, siyrak soqoql, qotma, kun issig’lig’iga qarshi o’chakishganidek boshig’a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to’zib ketgan guppy chopon kiyib, yangi bo’z belbog’ni besholti aylantirib bog’lag’an va ungaa besh-olti qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoqv tomosha qovoqlarg’acha osg’ab” Usbu ta’rif kimga berilgan

A. Homid B.Sodiq C. Mutal D. Qovoq devona

91.Asarda kim o’zini yor qabri ustida yong’an shamda o’zni halok qilguvchi bir parvona degan? A. Otabek B. Usta Alim C. Homid D. Kumush

92.Asarda “Yoshlik- beboshlik” maqoli kimining tilidan ishlatilgan?

A.Yusufbek hoji B. O’zbekoyim C. Usta Alim D. Hasanali

93. “Yotib qolguncha otib qol” maqoli kimga nisbatan ishlatilgan?

A. Otebekka B. O’zbek oyimga C. Hasanaliga D. Kumushga kelayotgan sovchilarga

94.”O’rus o’z ichimizdan chiqadirg’an fitnafasodni kutib, darbozamiz tegida qo’r tegib

yotibdir. Shinday mashahr kabi bir kunda biz chin yovg’a beradigan kuchimizni o’z qo’limiz bilan o’ldirsak, sen falon deb qirilishsak holimiz nima bo’ladir.” Ushbu fikrlar kimga tegishli? A.Normuhammad qushbegi B.Otabek C. Yusufbek hoji D .O’tabboy

95.”Kampirning dardi g’o’zada, sichqonning ko’zi donlik ko’zada” maqoli kimga nisbatan

qo’llangan?

A. Kumush B. Zaynab C.Otabek D. O’zbek oyim

96.”Kecha kelding surilib, bu kun ketgin burilib”, “Tana buzoqning turqi tuqg’anig’a ma’lum” maqollari kimga nsibatan ishlatilgan?

A. Kumush B. Zaynab C. O’zbek oyim D. Oftob oyim

97. “Yulduzlar sirli ko'z qisishar, tillaqoshdek ingichka oy sirli mo'rlalar, shabada sirli shivirlar, sadarayhon bilan tuproq sirli mo’ralar, shabada sirli shivirlar, sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar, osmon ham, yer ham sirlarga to’la” Ushbu fikrlar “Dunyoning ishlari qissasining qaysi hikoyasidan olingan?

A.Tasalli B.Tush C.Haqqush D. Oq oydin kechalar

98.”Ona uchun bolaning katta-kichigi bo’lmaydi. Endi bir haqiqatni angladim: bola uchun ham onaning katta-kichigi bo’lmas ekan” Ushbu fikrlar qaysi hikoyadan olingan?

A.Tasalli B.Tush C.Haqqush D. Oq oydin kecha

99. “Onalar farzandlari hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi”. Ushbu fikrlar qaysi hikoyadan olingan?

A.Tasalli B.Tush C.Haqqush D. Oq oydin kechalar

100. … havoga o’xshaydi. Nafas olib turasan-u o’zini ko’rmaysan. “Ikki afsona hikoyasidan

olingan ushbu fikrda nuqtalar o’rniga so’z qo’ying. A. mehr B.orzu C. haqiqat D. adolat

101.Asarda umrida yig’lamagan qahramon kim

edi? A. Qahrmon B. Shayx C Ermon buva D. Jo’raboshi

102.Adib qissasidagi qaysi qahramonning onasi kasallallanib chaqalog’ini emizolmay qolganda Hakima aya borib emizib kelgan? A.Xo’ja B Toy C.Qahramon D.Vali

103. Asar qahramoni Ermon buva nimani jannatdan chiqqan degan?

A. tut B. olma C. Bug’doy D. paxta

104.Asarda “ot tepkisi otga o’tmaydi” maqoli qaysi hikoyalarda ishlatilgan?

A.”Tush”, “Haqqush B.”Ermon buva”, “Sovchilar C. “Mening Acha xolam”, “Iymon”

D. “Qanoat”, “Opamni topib oldim”

105. Bir oyda ham eridan, ham o’g’lidan qoraxat olgan qahramon?

A. Niso xola B. Acha xola C. Klava xola D.Zebi xola

106. Dadasi urushda yurganda oyisi boshqa odam bilan Chirchiqqa qochib ketgan qahramon kim? A.Toy B.Xo’ja C.Qahramon D. Vali

107. “Otdan tushsa ham egardan tushmagan” iborasi kimga nisbatan ishlatilgan?

A.Afzalxon B. Achinskiy C.Dalavoy D.Naim sartorosh

108.”Juda dilkash yigit Faqat doim shoshib yuradi. Bugun Toshkentda ertaga qarasangiz

Samarqandda. Jurnalist” Asarda ushbu fikrlar kimga tegishli?

A. Vali B. Dalavoy C. Muhammadjon D.Jahongir

109.Asarda kimga nisbatak “kaltakesakning dumi”

iborasi qo’llangan? A. Huri B. Guli C.Risolat. D. Niso

110. Kim uch kundan beri ichmay Poshsho oyimning qabrini ziyorat qilmoqchiligini aytgan? A.Sahyx B.Dalavoy C.Abdujjabbor D. Afzalxon

111.”Bu bolani nimaga bunchalik yaxshi ko’rib qolganimni bilmayman. Ehtimol yovoshligi

uchundir. Ehtimol ko’zlari doimo javdirab turishi uchundir. Odam bir narsani aytgizi kelsa-yu, aytomasa, ko’zi shunaqa-har kimga qarab javdirayveradi.” Bu kimning tasviri?

A. Toy B. Vali C.Xo’ja D. Qahramon

112. “O’shanda bir narsani bilmagan ekkanman, keyin tushundim. Odam o’zining nochorligini qanchalik chuqur his qilsa, shuncha mag’rur bo’larekan” Ushbu tasvir qaysi hikoyadan olingan? A.Toy B.Xo’ja C. Mening Acha xolam D. Oltin baldoq

113 Asardagi “Girgitton xola” kim? A. Hakima

aya B. Niso xola C. Xolposh xola D. Zebi xola

114. “Uni deyarli har kuni ko’raman. Har ko’rganda ko’nglimda g’alati xotiralar uyg’onadi”

Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

A. Pistachi B Usta C. Opamni topib oldim D.Havas

O’tkan kular” romanida quyidagi portretlar kimlar haqida

1. Og’ir tabiatlik, ulug’gavdalik, ko’rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko’zlik,, mutanosib qora qoshliq…

Otabek

2.Gavdga kichik, yuzga to’la ozroqqina soqol mo’rtlik, 25 yoshlar chamaliq bir yigit. Rahmat



3. Uzun bo’ylik, cho’tir yuzlik, chag’ir ko’zlik, chuvoq soqol, 35 yoshlar chamasidagi ko’rimsiz bir yigit.

Homid


4.Choziq yuzlik, do’ngroq peshonalik, sariqqa moyil, to’garak qora ko’zlik, oppoq uzun soqollik.

Hasanali


5.Qirq besh –ellik yoshlar chamasida qora qosh, qora ko’z, ko’rkam yuz, yaxshigina kiyingan bir kishi.

Mirzakarim qutidor

6.Atlas ko’ylak ustidan odmi atlas guppi kiygan, boshiga oq dakanaki xom tashlag’an 35 yoshlar chamaliq go’zal, xushbichim bir xotin.

Oftob oyim

7. Kipriqk ostidagi tim qora ko’zlari bir nuqtaga tikilganda, nimadir bir narsani ko’rgan kabi. Qopqora kamon, o’tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirilganda nimadir bir narsadan cho’chiga kabi. To’lgan oydek g’uborsiz oq yuz biroz qizillkka aylanganda kimdandir uyalgan kabi…

Kumush


8. Boshiga ko’k salla chulg’agan, egniga O’ratepaning bosmasidan chakman, beliga

kumush kamar bog’lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosgan, qora tanlik bo’lsa ham,

ko’knorimi, taryakmi iste’molidan yuzi sarg’aygan.

Xoliqbek qo’rboshi

9. 15 Yoshlar chamaliq, duxobadan kiyingan ko’rkam bir o’g’lon.

Ahmadxon


10. To’la yuzlik, o’siq qoshliq, og’ir qarag’uchi ko’zlik, siyrak soqol, o’rta bo’yliq, ustidan

kimxob to’n kiygan, beliga qilich osgan 45 yoshlar chamasidagi bir kishi.

O’tabboy qushbegi

11. Boshiga oq shohidan salla o’rab olgan, oyoqlarini kumush uzangiga tiragan, siyrak

qoshlik, choqqi soqol, bug’doy ranglik, 45-50 yoshlar chamaliq bir kishi..

Azizbek


12. Qoshsiz qoramtir yuzlik, ikki chakagining ustida biroz , iyagida biroz siyrak ko’rimsiz qora soqollik, ko’zlari ichiga botig’roq, ammo qon quyulgansimon bir kishi.

Rayimbek dodxoh

13.Oltin sopliq qilichni tizzasi ustiga ko’ndalang qo’yib, qizil duxobadan tikilgan po’stin kamzul ustidan adras to’n kiygan, boshiga simobi shohi salla o’ragan 18 yoshlar chamaliq, cho’ziqqina yuzlik, bo’g’doy ranglik xon.

Xudoyor


14. O’ratepa chakmoni ustidan qayish kamar bog’lab, soddagina qilich taqing’an, boshiga oq

barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg’an, o’rtacha soqol, qisiq ko’z, bug’doyrang, o’rta yoshliq bir qirg’iz.

Musulmonqul

15. Yerdan bichib olgandek pak-pakana, burni yuzi bilan barobar deyarlik tep-tekis, ko’zi qoqqan qoziq o’rnidek chup-chuqur, og’zu qulog’I bilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq-yillik og’riqlarnikidek sa-sariq, 45yoshlar chamasidagi bir xotin.

Jannat

16. 22 yoshlar chamasidagi bo’lgan bu yigit sariq tanlik, ukkining ko’zidek chaqchayib, o’ynab va yonib turgan, qizil ko’zlik, yuziga parchinlangandek yuza burunlik, manglayi qancha tashqarig’a o’sib chiqqan bo’lsa, yuzi o’shancha ichkariga ketgan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolingan bir maxluq.



Sodiq

17. Uzun bo’ylik, qotmaroq va zarcha tanlik.

Xushro’y

18. Qisqa bo’y, go’shtdor, oq tanlik.



Zaynab
Download 32.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling