Qo‘pol munosabat, haqorat ifodalovchi so‘zlar: ablah, o‘laksa, kasofat, ko‘ppak va b. Haqorat


Download 31.32 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1305975
  1   2   3
Bog'liq
Haqoratli so`zlar


Haqoratli so‘zlar


Haqoratli so‘zlar. So‘kish, tahqirlash yoki kamsitish, xo‘rlash uchun ishla- tiladigan tahqirli so‘zlar: haqoratli so‘z. Haqoratli muomala.
Qo‘pol munosabat, haqorat ifodalovchi so‘zlar: ablah, o‘laksa, kasofat, ko‘ppak va b.
Haqorat shaʼnga teguvchi, kamsituvchi, xafa qiluvchi ifoda, soʻz, gap yoki amaldir. Haqorat atayin yoki bexosdan boʻlishi mumkin.
Qo‘pol so‘zlar bilan kimsaning obro‘yiga, izzat nafsiga tegish, so‘kish. Bu yerda qanday haqoratlar eshitgan, qanday xo‘rliklar ko‘rgan, qanday azoblar chekkan bo‘lsa, hammasi uning yuragida mudhish xotira bo‘lib qoldi. P.Tursun, O‘qituvchi. Bo‘ronbek Ziyodillani koyidi, so‘kdi, haqorat qildi. (H. G’ulom, Mash’al).
2. Kishining izzat nafsiga tegadigan, kamsitadygan, ranjitadigan qo‘pol va o‘rinsiz muomala, ortiq darajada hurmatsizlik, tahqir, tahqirlash, xo‘rlik.
Haqorat qilmoq. Men ham to‘ydim bu xo‘rlik, bu haqoratdan! (M. Ismoiliy, Farg’ona t. o.)
Pirnazar polvon tut tagida nes bo‘lib turar, bu to‘y unga haqoratday, maynavozchilikday tuyulardi. (R. Rahmonov, Mehr ko‘zda.) Onasiz yetim – shum yetim, deganlaridek, Umid shumshuklik haqoratini obdan totgan yetim edi. (Mirmuhsin, Umid.)


Qarang. Vulgarizmlar
Vulgarizmlar, odatda, ikki xil ma’noni bildiradi. Birinchisi o‘taketgan dag’al, qo‘pol, odobdan tashqari, ikkinchisi esa juda ham soddalashtirib, soxtalashtirib, buzib yuborilgan degan ma’nolarni. (Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – М.: Рус тили, 1981)
Vulgarizm (lot. vulgaris – dag’al so‘zidan) – adabiy tilda ishlatil- maydigan va noto‘g’ri tuzilgan jumlalar. (Адабиётшунослик терминлари луғати / Н.Н.Маллаев таҳрири остида. – Т.: Ўқитувчи, 1967.)
Vulgar (lot. vulgaris – oddiy; odatiy) dag’al, qo‘pol, odobdan tashqari degan ma’noni ifodalaydi. (Ўзбек тилининг изоҳли луғати / А.Мадвалиев таҳрири остида. – Т.: ЎзМЭ, 2006)
Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o‘zga tilga oid so‘z va iboralar qo‘llanishi kuzatiladi. Tilning lug’at tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og’zaki nutqda mavjud bo‘lgan bunday chet so‘zlaridan badiiy nutqda voqealar bo‘lib o‘tayotgan o‘ringa ishora qilish, nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi, qahramonlar xarakteri haqida ma’lumot berish maqsadida foydalaniladi. Bunday birliklar varvarizm (ayrim adabiyotlarda ekzotizm)lar deb yuritiladi. Masalan, quyidagi parchada tatar millatiga mansub Fatxullin ismli amaldor nutqida keltirilgan varvarizmlar qahramonning qaysi millatga mansubliginigina emas, balki uning xarakterini ham to‘liq ochib berishga xizmat qilgan: O‘xu, tolkoviy malay shul. Bundan otlichniy kommunist chiqa. Ul partiya uchun atisidan kechdi. Dinsiz ekanini dokazat etish uchun kolbasa yib kursatdi. Buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Tolko patriot kommunistgina kolbasani shulay eyishi mumkin. Bravo, bravo! (S.Ahmad)
Tilshunoslikda vulgarizmlar deb ataluvchi haqorat so‘zlarida o‘ta salbiy munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq ko‘rinib turgan bo‘ladi. Bunday so‘zlar ko‘proq nominativ ma’nolariga ko‘ra emas, ayni shu konnotativ ma’nolariga ko‘ra nutqda yashaydi.
Haqorat so‘zlari badiiy asarlarda asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, mavqei, yoshi kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va nima sababdan qo‘llanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Misollar: – Hey! Baqqa tush, enag’ar!, Momo qo-oldi... Yuraging sovudimi, haromi? Endi yaylov keng bo‘ldi senga! Bog’da javlon urasan, silkasal! (SH.Xolmirzayev) – Ahmoq! – dedi kampir. – Qayoqlarda sang’ib yurganding? (S.Ahmad) – Nima, nima? Menga til tegizdi? Nimalar deydi xotintaloq? (Cho‘lpon) G’animat g’arniki, deydilar,– dedi Botir firqa. (T.Murod)
Vulgar so‘zlar, asosan, so‘kish. tahqirlash, haqorat qilish maqsadida ishlatiladigan nutqiy birliklar sanaladi. Badiiy matnda yozuvchi qahramonlar nutqi orqali ularning xarakter xususiyatlarini to‘liq ochib berish maqsadida ana shunday vulьgar birliklardan foydalansa, so‘zlashuv nutqimizda bunday birliklar deyarli har kuni quloqqa chalinib turadi.
Vulgarizmlar gender jihatidan ham farqlanadi, ya’ni erkak va ayollar nutqida qo‘llanish doirasi har xil. Vulgarizmlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:
1. Ayollarga nisbatan ishlatiladigan vulgarizmlar.
2 . Erkaklarga nisbatan ishlatiladigan vulgarizmlar.
3. Ayol va erkaklarga nisbatan birdek qo‘llaniladigan vulgarizmlar.
Gender tilshunosligi ayol va erkak jinsining nutqiy tafovutlari hamda o‘xshash jihatlarini o‘rganadi, ochib beradi. Ayol va erkak nafaqat jinsda farqlanadi, balki ularning nutqi ham o‘zaro tafovutli xususiyatlarga boy.

Download 31.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling