Mavzu : Javlon Joliyev “Qo’rqma” asari
Download 0.5 Mb.
|
Javlon joliyev qorqma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.04.2023 13.04.2023
Oliy talim fan va inovatsiyalar vazirligi Alfraganus universiteti nodavlat ta’lim tashkiloti ijtimoiy fanlar kafedrasi“Falsafa” Mavzu :Javlon Joliyev“Qo’rqma” asariBajardi:O’razbayeva Ma’muraTekshirdi : Qudratova Umida Guruh : Bt-s 22-1-kurs JAVLON JOVLIYEV – 1991 yil, 24 iyulda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan. 2010-2014 yillar O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining «San’atshunoslik-jurnalistikasi» bo‘limida tahsil olgan. Birinchi kitobi 2019 yilda «Ikki qalb uchrashuvi» nomi bilan chop etilgan. Hikoyalari rus, ingliz, turk va qardosh tillarga tarjima qilingan. Yosh yozuvchini ilk bor keng kitobxonlar davrasida mashhur qilgan «Buxoro, Buxoro...», «Lobar, Lobar, Lobarim mening» kabi hikoyalaridir. «Qo‘rqma» romani haqida: Roman 2020 yilning avgust oyida yozib, tugallandi. Roman 2021 yilning fevral oyida «Asaxiy Books» kompaniyasida 3 ming nusxada nashrdan chiqdi va 21 kunda sotib bo‘lindi. Roman o‘zbek zamonaviy adabiyotining bestselleriga aylandi. Romanning ikkinchi nashri 2 ming nusxada chop etildi. Roman 2021 yilning may oyida Afg‘onistonning «Oltin qalam» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shu yili roman muallifi Yozuvchilar Uyushmasiga a’zo bo‘ldi. «Qo‘rqma» romani uchun Javlon Jovliyevga «Tahsin» mukofoti berildi. Yoshlar ishlari agentligi kitobning viloyatlar bo‘ylab taqdimotini o‘tkazib berdi. Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan Yoshlar festivalida viloyat hokimi tomonidan 30 million so‘mlik sertifikat topshirildi. Javlon Jovliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Kelajak bunyodkori» Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Avvaliga aynan chet elda, xususan, Germaniyada ta’lim olgan talabalarning taqdiri bilan qiziqqanim, Berlindagi arxiv va kutubxonalarda ularning izlarini izlaganim, deylik, o‘sha pallada Fitratning “Hind ixtilolchilari” dramasi nashri yoki “Ko‘mak” majmuasini aynan ko‘rib, qo‘l bilan ushlaganim uchun bu asar menga qiziq ko‘rindi, shuning uchun shiddat bilan juda qisqa muddat – uch-to‘rt kun ichida o‘qidim, deb o‘yladim. Boshqalarga taassurotlar aytsam, Javlon Jovliyevning romanini boshqalar ham deyarli xuddi shunday kayfiyatda, tez va qiziqish bilan o‘qishibdi. Shiddat bilan, ilhom bilan yozilgan, ulkan dardli asarlar shunday o‘qiladi, degan xayolga bordim. Demak, bunda muhokamaga munosib bir hikmat bor, bunda bir ibrat va saboq bor. Romanning o‘quvchini o‘z o‘pqoniga, uyirim-girdobiga tortib ketishi yaxshilikdan, badiiyatdan, toza va cho‘ng niyat ijrosidan darak beradi. “Qo‘rqma” yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va o‘ziga xos yangi ohang bilan yozilgan yangi romanidir. Javlon o‘z fikri, niyati ifodasi uchun shunday – hech kimda o‘ylamagan bir badiiy usul-yo‘lni topibdi. Yangilik topildiqlar bilan go‘zal va adabiyotdagi orginallik taqliddan qutulish bilan, yangicha rang bilan betakror bo‘ladi. Yaqin o‘tmishdagi barchaga ma’lum va mashhur alamli hodisalar va Germaniyaga borib o‘qigan talabalar taqdirini bayon etishda roviy — so‘zamol yigit roman markazida turadi. Bu bolaning tug‘ilishi qiziq. Olti oyligidayoq ota-onasidan ajralgan, ammo yozuvchi fantaziyasiga ko‘ra, u aynan o‘sha mahali tafakkur va tasavvur egasiga aylanadi. Olti oylik chaqaloq hech qachon tevaragida nimalar bo‘layotganini bilmaydi, albatta. Ammo yozuvchining qalami sizni shu g‘aroyibotga ishontiradi. Badiiy ijodda qalamning ishontirish kuch va quvvati juda muhim sanaladi. Romanda lirika bilan fojia uyg‘unlashib ketadi. Dramatik turda tragikomediya degan janr mavjud. Lekin lirotragik roman degan adabiy-nazariy tushuncha mavjud emas. “Qo‘rqma” — shunday roman. Roviy kulib yashaydi, o‘ylanadi, mudraydi, uxlaydi, uyg‘onadi. Darvoqe, bu roman tush va xush, uyqu va uyg‘oqlik, muhabbat va nafrat — shu kabi bir qator kontrastlar uyg‘unligidan maydonga kelgan. Shuning uchun yozuvchi o‘z roviy qahramoni xayoliga istagan bir voqea-hodisani singdira oladi va buni o‘quvchi ko‘pincha juda tabiiy va samimiy qabul qiladi. Ba’zida ko‘ngliga o‘tirmagan allanimadan g‘ashlanadi ham. Roman qahramoni fikrchan odam, juda ulkan oshkora taftishchi. O‘zini va o‘ziga yaqin-yiroq odamlarni, ularning oilasini, o‘ziga tengqur talabalarni real hayotda va xayol ko‘zgusida ayovsiz taftish etadi, eng muhimi, o‘tgan asr boshlarida xorijga ketgan talabalar dunyosini, orzu-istaklarini tahlil etib, zamona yoshlarining turmush tarzi bilan taqqoslaydi. “Qo‘rqma” – his-hayajon romani. Undagi badiiy g‘oya keng miqyosli, unda millat va Vatan dardi bor. Bu muammo bugun va bir asr oldingi yoshlar hayoti misolida tush va xush oralig‘ida, tajohili orifona yo‘sinda ba’zan piching va kesatiq qamrovida badiiy ifoda etiladi. Muallif mudroq ko‘ngillarni uyg‘otishni istaydi; odamlar o‘z yaratilish tiynatiga chuqur nazar solishini xohlaydi. “Qo‘rqma”ning roviysi dardga chalingan tarixchi talaba. Dard-u xayolini ramziy ma’no tashiydigan yetmish talaba egallab olgan. Arxiv titkilaydi; muallim buvasidan gap olishni xohlaydi. Uning fikri toza, teran, milliy mezoni aniq. U atrofida yurgan sotqinlardan, eshakqurtlardan, qo‘ylardan, xoinlardan, qoni ayniganlardan, jigari qotib, yuragi yurmayotganlardan norozi bo‘lib yuradi. Romanning o‘ziga xos uslubida vaqt va voqelik tizimi, xronologik ketma-ketligi, ularning chegaralari istalgan mahali buzilishi mumkin va bu hol tabiiydek tuyuladi ham. Go‘ri Amir maqbarasiga borib, Vatanga xizmat borasida ont ichib, Germaniyaga o‘qishga ketgan talabalar qismati juda murakkab, juda qiziq. Sattor Jabbor, Maryam Sultonmurodova, Ahmad Shukriy, Abduvahob Murodiy, Xayrinisa Majidxonova kabi talabalarni, u yerda “Ko‘mak” jurnali chiqarganini, teatr truppasi tashkil etishganini ko‘pchilik tarixchilar yaxshi biladi. Romanda ularning maktublari, tergovchilar bilan bo‘lgan savol-javoblari keltiriladi. Bular badiiy adabiyotning ramz tiliga mahorat bilan ko‘chiriladi. Talabalarning o‘qishida Olimjon Idrisiy degan shaxs Buxoro va Turkiston hukumati bilan Germaniya o‘rtasida tilmochlik qiladi. Grigoriy Meyerson degan g‘alati shaxs talabalarni majburlab ortiga qaytarish uchun Sobiq ittifoq vakili bo‘lib Berlinga boradi. Germaniyada o‘qiyotgan talabalar qarshiligiga uchragan Meyerson “Qo‘rqma” muallifining ham nafratidan bebahra qolmaydi. “Sichqon yaxmalak uchsa arzigulik bosh! Toshbaqa bo‘yniday bujmaygan quloq! Qishloq yo‘liday notekis bashara! Itbaliqlar suzgudek ko‘z! Boyo‘g‘li qidirgan ikki vayrona — burun! Bularning barchasi, Meyerson shaxsiy mulki”. Sochilmagan, bir joyga jamlangan, noan’anaviy va yozuvchining antipatiyasi bilan chizilgan portret. Romanning ifoda yo‘sinida ortiqcha “dedi-dedi”lar ham, zerikarli uzundan-uzun dialoglar ham yo‘q. Jumlalari ma’nili, ta’sirli va pishiq. Biror qisqa jumla boshini o‘qiysiz, uning davomi siz o‘ylagancha tugamaydi. Boshqacha fikr, boshqacha so‘z va qo‘shimchalar bilan tuganchiga yetadi gap. Shuning uchun o‘sha jumlani qayta o‘qishga zarurat sezasiz. Haddan tashqari faylasuf, oqil-u dono bo‘lishga ruju qo‘yish ham kuzatilmaydi. Romanda alg‘ov-dalg‘ovli asr voqealari, o‘tgan zamon va uning ichida harakatlanayotgan insonlar obrazi bor. Asosiy sahnada — roviy. “Qo‘rqma” — taqdirlar, tahqirlar, ta’bir va tadbirlar romani. Unda tarix, ingranish, chorlov, nadomat, nafrat, mehr-muruvvat mujassam. “Qo‘rqma” — dardlar garmoniyasi. Bu romanni fikrlab, xayol va aqlni ishga solib, ora-sira chalkash syujetning uzilgan iplarini ulab o‘qish kerak. Kitobda deyarli hamma bilib, aytib, ammo yoza olmay, ko‘pchilik ichida yurgan hodisalar bayon qilinadi. Ularni Javlon Jovliyev original uslubda ifoda etadi. Voqelik haqiqatini ayta olish yo‘rig‘i – bu uslubiy yangilik har kimning e’tiborini tortadi. Shu romani bilan Javlon Jovliyev katta odamga aylandi. Ilm, mahorat, madaniyat, iste’dod namoyishi odamning, ayniqsa, ijodkorning martabasini belgilab beradi. To‘g‘risi, kitobdagi bugun va tarix manzaralari haliga qadar, esga olinsa, asriy g‘am-tashvish, orzu-armonlar odamning yuragini o‘rtaydi. O‘zbekning or-nomusi, hayosi-iffati, harakati-intilishlari — “Qo‘rqma” shular yuziga tutilgan ko‘zgu sanaladi. “Qo‘rqma” nima u? Nima uchun “Qo‘rqma”? Xavf nimada? Xavfning ildizi har bir kimsaning o‘zida; o‘zining kimligini anglamasligidan paydo bo‘ladi. Roman nomidan undov sezilib turibdi. Mard, oriyatli, botir, bahodir, sheryurak, pahlavon bo‘lib, qo‘rqmay yashamoq kerak. Roman o‘quvchini elparvar, vatanparvar, millatparvar, haqiqatparvar bo‘lishga chaqiradi. Qo‘rqoqlik yomon, el-yurtni qultabiat, qulfitratlar, qulfarzandlar bilan to‘ldirish fojia. Hikmat: “Mardlarning onasigina onadir faqat”. Tanbehli savol: “Onalar, siz kimlarni tug‘ayotibsiz?!”. Mulohaza: “Ona tirik, ota tirik, ammo bola yetim qo‘yday o‘sdi. Bolalikdan mardikor bo‘lib o‘sdi”. O‘zi esa boshqacha ekanini biladi: “Men esa bariga tupurib o‘sdim..., bobomning qo‘ynida qiyqirib o‘sdim”... Yozuvchining bunday og‘riqli o‘ylari o‘quvchini sergaklantiradi. Asarda mustabid zamonlarni qo‘msab qolgan chollar tasvirlangan sahifalar keladi va roviy bunday o‘rinlarda tahdiddan ham toymaydi: “Men shu chollarning og‘zini tuproq bilan to‘ldirgim keladi”. Ayrim og‘riqlar asosiy mavzuga o‘xshatish san’ati bilan oson bog‘lanadi: “Orol kabi yo‘qlikka singib ketgan yigitlarni topa olarmikanman?”, “Orol dengizi kabi mamlakatda qahramon ham qurigan bo‘lsa abadulabad!.” Yozuvchi ba’zan ilgari surilayotgan adabiy tezis bayoni uchun o‘tgan asrning 20-yillari talabalari tafakkuridan foydalanadi: “Biz mag‘lub millatmiz, g‘ururni unutgan, qorin uchun yashashga o‘rgangan va ko‘ngan!”. Berlinda o‘qiyotgan zamonaviy talabalarga baho beriladi: “O‘qish bahona daromad uchun kelganlari ham hisobsiz”. Haqiqat achchiq bo‘ladi. Lolani izlab Berlinga borgan yigitdan u yerda o‘qiyotgan hech kim Vatan to‘g‘risida bir og‘iz so‘z so‘ramaydi. Shuning uchun ularga “ziyoli ko‘rinishidagi jaholatsan, vafo niqobidagi xiyonatsan”, deb ochiq aytadi. Ziyoli qiyofasidagi johilning bir qirrasi asarda Ulug‘ Kursdosh obrazi orqali ko‘rsatiladi. Ulug‘ Kursdoshlar galereyasi – bular millatni, ma’naviyatni, ilm-fanni bir necha o‘n yillar yemirgan eshakqurtlar, madaniy qo‘ylar. E’tibor berilsa, romandagi obrazlarga ismlar berilmagan. Xususan, amakilarini to‘ng‘ich, suvchi, domla, traktorchi, tabelchi, kenja deb atay umumiy nom bilan ataydi. Nom berishga arzimaydigan toifa ular. Asarni mehr bilan hikmat va haqiqat izlab o‘qigan odam “Sevgi ham besh harf, kafan ham”, “O‘lim qahramonlik bo‘lmagan, tiriklar kerak millatga!”, “Tarixga tupurish san’ati fan qilib o‘qitildi” kabi jumlalarga duch keladi. “Yo Xudoyim, to qiyomat Vatan bizga omonatdir, omonatdir, unga xiyonat – qiyomatdir, qiyomatdir, qiyomatdir!”. Roman shunday xitob bilan tuganchiga yetadi. Tanqid va xato – izlagan uni ham romandan bemalol topadi. “Haqiqatni topishdan ko‘ra, xatolarni topish oson bo‘ladi” (I.V.Gyote). Negiziga achchiq haqiqatlar singdirilgan asarlarning haqiqatini topib o‘qish va uqish kerak. Tabiiyki, “Qo‘rqma” romanini o‘qish jarayonida fikrlar paydo bo‘ladi: badiiy asar his-tuyg‘uli, hayrat-hayajonli, quvonch-qayg‘uli, fayzli bo‘lsa, misoli gurkiragan yam-yashil daraxtga o‘xshab ko‘rinadi. Bunday sifatlarga ega bo‘lmagan asar ham daraxt. Ammo uning barglarini sovuq urgan, ildizi bo‘sh, shoxlari qurib qotgan bo‘ladi. Ko‘zga xunuk ko‘rinadi, soyasi o‘ziga tushmaydi. “Qo‘rqma” — gurkiragan yam-yashil daraxt. Ammo ora-sira bir-yarim quruqshoq novdalari ham bor. Odam ba’zan o‘sha shoxchalarga osilib oladi. Holbuki, ularni gulqaychi bilan beozorgina butash kerak. Shuningdek, ayrim behayo, yalang‘och epizodlarni pardalash, o‘zbekning qiyl-u qoli va mukarram holiga noloyiq ayrim tasvirlarni badiiy adabiyotning ramzlar tiliga ko‘chirish lozim ham edi. Yumshoq qilib, ayab aytganda, go‘yo arzimas bo‘lib ko‘ringan bunday nuqtalar asarning umumpafosiga zaha yetkazadi. Yoshlikka bahor va yashillik yarashadi. Yoshlik ehtiroslar, orzular, tuyg‘ular, yaxshilik va yashillik bilan birga tug‘ishgan bo‘ladi. Orzular bahor bilan aka-uka, opa-singil tutinadi. “Qo‘rqma” yosh yozuvchining shunday palladagi ijod mahsulidir. Xulosaga keldim. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti tarixida sanab o‘tiladigan, o‘qishga tavsiya qilinadigan asarlar bor. Ular nomini ko‘pchilik biladi. Takrorlashga zarurat bo‘lmasa kerak. Menimcha, “Qo‘rqma” kelgusida shu sanoqli romanlar qatoridan joy oladi. O‘zbek adabiyoti tarixining uzun yo‘li va yo‘llarida muhtasham ma’naviyat bekatlari bor. “Qo‘rqma” adabiyotchilarni Javlon Jovliyev bekatida bir to‘xtab, o‘ylashga undaydigan, va hatto majbur qiladigan roman, menimcha. Roman o‘ziga xos uslubida vaqt va voqelik tizimining ketma-ketligi, ularning chegaralari istalgan mahali buzilishi mumkin va bu hol tabiiy tuyuladi.Go‘ri Amir maqbarasiga borib, Vatanga xizmat borasida ont ichib , Germaniyaga o‘qishga ketgan talabalar qismati juda qiziq. Sattor Jabbor, Maryam Sultonmurodova, Ahmad Shukriy, Abduvahob Murodiy kabi talabalarni, u yerda “Ko‘mak” jurnali chiqarganini, teatr truppasi tashkil etganliklarini ko‘pkina tarixiy kitob hamda shu mavzuda ilmiy ish olib borgan olimlarimizning ilmiy ishlaridan ham bilib olishimiz mumkin. Romanda ularning maktublari, tergovchilar bilan bo‘lgan savol-javoblari keltiriladi. Bular badiiy adabiyotning ramz tiliga mahorat bilan ko‘chiriladi. Talabalarning o‘qishida Olimjon Idrisiy degan shaxs Buxoro va Turkiston hukumati bilan Germaniya o‘rtasida tilmochlik (tarjimonlik) qiladi. Grigoriy Meyerson degan g’alati shaxs – talabalarni majburlab ortiga qaytarish uchun Sobiq Ittifoq vakili bo‘lib Berlinga boradi. Germaniyada o‘qiyotgan talabalar qarshiligiga uchragan Meyerson “Qo‘rqma” muallifining nafratidan ham bebahra qolmaydi. “Sichqon yaxmalak uchsa arzigulik bosh! Qishloq yo‘liday notekis bashara! Itbaliqlar suzgudek ko‘z! Boyo‘g’li qidirgan ikki vayrona – burun! Bularning barchasi, Meyersonning shaxsiy mulki.” Sochilmagan bir joyga jamlangan, noan’anaviy va yozuvchining antepatiyasi bilan chizilgan portret. Asardagi badiiy to‘qimalar ko‘p bo‘lib har biri asardagi badiiy joziba hamda asarning qurilish mazmunida katta ro‘l o‘ynagan. Qizig’i shundaki asardagi biror bir badiiy to‘qima obrazidagi qahramonlardan asar mazmunidan chetga chiqmay asl g’oyani ochib berishda kutilmagan yo‘l hamda g’ayrioddiy tarzda asarga singib ketgan. Zamonlar o‘rtasidagi bir-biriga o‘tish davimiyligi mudrayotgan o‘quvchidan sezgirlikni talab qiladi. Qiztaka, Ulug’ kursdosh, Lola kabi obrazlar uchrasa ba’zilariga hattoki ism ham berilmagan. Xususan, Roviyning amakilarini to‘ng’ich, suvchi, domla, traktorchi, tabelchi, kenja deb umumiy nom bilan ataydi. Chunki ularni “nom berishga ham arzimaydigan toifa” deya ta’rif beradi adabiyotshunos Bahodir Karimov o‘zining “Lirotragik roman – Qo‘rqma” asari haqidagi maqolasida. Yaqin o‘tmishdagi barchaga ma’lum va mashxur alamli hodisalar va Germaniyaga borib o‘qigan talabalar taqdiri bayonida Roviy – so‘zamol yigit roman markazida turadi. Bu yigitning tug’ilishi qiziq . Olti oyligidayoq ota-onasidan ajralgan, ammo yozuvchi fantaziyasiga ko‘ra u aynan o‘sha mahali tafakkur va tasavvur egasiga aylanadi. Olti oylik chaqaloq hech qachon tevaragida nimalar bo‘layotganligini bilmaydi, albatta. Ammo yozuvchining qalami bizni ishontiradi. Badiiy ijodda qalamning ishontirish quvvati juda muhim sanaladi. Roviy kulib yashaydi, o‘ynaydi, mudraydi, uxlaydi, uyg’onadi. Asar tush va xush, uyqu va uyg’oqlik, muhabbat va nafrat – shu kabi bir qator qarama-qarshiliklar uyg’unligidan maydonga kelganligi sababli yozuvchi o‘z Roviy qahramoni hayoliga istagan bir hodisani singdira oladi. Roman qahramoni fikrchan odam, juda ulkan oshkora taftishchi. O‘zini va o‘ziga yaqin-yiroq odamlarni, ularning oilasini, o‘ziga tengqur talabalarni real hayotda va xayol ko‘zgusida ayovsiz taftish etadi, eng muhimi, o‘tgan asr boshlarida xorijga ketgan talabalar dunyosini, orzu-istaklarini tahlil etib, hozirgi zamon yoshlarining turmush tarzi bilan taqqoslaydi. Roviyning yana bir xislati uning dardga chalingan tarixchi talaba ekanligida. Uning dard-u xayolini ramziy ma’no tashiydigan 70 ta talaba egallab olgan. U arxiv titkilaydi, muallim buvasidan gap olishni istaydi. Uning fikri toza, teran, milliy mezoni aniq. U atrofida yurgan “sotqinlardan, eshakqurtlardan, qo‘ylardan, xoinlardan, qoni ayniganlardan, jigari qotib, yuragi yurmayotganlardan” norizo bo‘lib yuradi. Uning norizoligini “Sevgi ham besh harf, kafan ham” degan jumlasidan ham yoqqol sezish mumkin. Roviy shunchalik tanqidni hamda achchiq tilni ruhan singdirib yutirib olganmikinki hamma alqaydigan, ulug’laydigan “sevgi” ga shunday bir xulosa yasab qo‘ysa!? Buning sababini uning muhabbati bo‘lgan Lola ismli qizning xiyonatidan deb bilsakmikin? Savol bitta lekin javoblar bisyor, qay biri muttasil, to‘liq javob bo‘la olishini o‘quvchiga yuklab qo‘yadi. Roviyning Berlinga Lolani qidirib borganida u yerda o‘qiyotgan hech kim Vatan to‘g’risida bir o‘g’iz so‘z so‘ramaydi. Shuning uchun ularga “ziyoli ko‘rinishidagi jaholatsan, vafo niqobidagi xiyonatsan”, deb ochiq aytadi. Ziyoli qiyofasidagi johilning bir bir qirrasi asarda Ulug’ Kursdosh obrazi orqali ko‘rsatiladi. Bu obrazlarni ko‘rsatish bilan asar muallifi badiiy to‘qimaning tarixiy haqiqatga uslubiy bo‘yoqdorlik berish va asarning mazmundorligini oshirib, o‘quvchining o‘sha davr tuzumini anglashiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. XULOSA Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asariga shuni xulosa qilib aytish joyizki, roman voqealarini qisqacha so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Barchasi shu qadar tig’izki, shoshirib qo‘yadi kishini. Majoz, obraz, ifoda o‘t hech kimnikiga o‘xshamagan lirizmni his qilamiz. “Milliyat, sof muhabbat, ko‘rinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik davosidagi yolg’onlar ruh va qondagi paradokslar bizni o‘tmish va kelajak kuyiga asir qiladi, o‘ylatadi, yig’latadi va achchiqachchiq kuldiradi. O‘tgan asr boshidagi Germaniyada o‘qigan talabalar, ularning maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar qismati bilan bir taroziga torta oladi” deb ta’rif beradi asar muallifi. Bunday deyishiga sabab Germaniyaga jo‘natilgan 70 ta talabadan hammasi ham ilm olish maqsadida emas, o‘qib, pul topib moddiy jihatdan o‘z oilasini taminlash maqsadida kelganlari ham bo‘ladi. Bularning ichidagi o‘z safdoshlarini sotgan sotqin ham o‘z ichlaridan chiqqanligi hamda o‘sha sotqin asarning boshidan ohirigacha asar markazida turgan Roviyning katta bobosi bo‘lib chiqishi, tashqi ko‘rinishi ikki tomchi suvdek katta bobosiga o‘xshashligi asarning eng tasirli hamda kulminatsion nuqtasi desak xato bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling