Qo‘pol munosabat, haqorat ifodalovchi so‘zlar: ablah, o‘laksa, kasofat, ko‘ppak va b. Haqorat


Erkak va ayollarga nisbatan birdek qo‘llanishda bo‘lgan vulьga- rizmlar


Download 31.32 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1305975
1   2   3
Bog'liq
Haqoratli so`zlar

3. Erkak va ayollarga nisbatan birdek qo‘llanishda bo‘lgan vulьga- rizmlar: ko‘rnamak, haromnamak, haromtomoq, haromqotkur, nontepki, otabezori, onabezori, oqpadar, xomkalla, kallaxom, kallaxum, noqisulaql, betavfiq, ovsar, esipast, jinni, o‘laksa, alvasti, haromi, maraz, zang’ar, g’alamis, shumg’iya, g’addor, nobakor, janaz, benamoz, aynagan, oriyatsiz, axloqsiz, nahs bosgan, hayvon, tirrancha, o‘ynash, suyuq, suyug’oyoq, ablah, buzuq, buzuqi, juvonmarg, ishratparast, ko‘rnamak, mijg’ov, qo‘shmachi, sassiq, kofir, dog’uli, hayosiz, behayo, benomus va h.k.
Haromi, meni toza rasvo qilganga o‘xshaydi... (A.Qahhor)
Haromi:
1) o‘zaro nikoh qilinmagan erkak va ayoldan tug’ilgan bola;
2) ko‘chm. shunday ma’noli so‘kish, haqoratni bildiradi; iflos, yaramas.
Ushbu tasnifdagi uchinchi turda keltirilgan vulьgar so‘z va iboralarning ba’zilarida jins ma’nosi alohida ajralib, sezilib tursa-da, aslida, ular erkak va ayollarga nisbatan birdek qo‘llanilaveradi. Masalan:
– Qanday behayo bolasan! Kap-katta to‘ng’izday bo‘lib qolibsan-u, sharmu hayo qilmasdan, nomahram bor hovliga qaraysan-a! (Cho‘lpon) Bu misolda behayo vulgar so‘zi erkak kishiga nisbatan ishlatilyapti, so‘zlashuv nutqida esa u, asosan, ayollarga nisbatan qo‘llanishda bo‘lishini ko‘rish mumkin.
– Otam o‘lmaganda, men bu alvastiga bir kun ham xotin bo‘lmas edim (A.Qahhor). Odatda, so‘zlashuv nutqida alvasti vulgarizmi ayol kishiga nisbatan ishlatilsa-da, bu o‘rinda erkak jinsiga nisbatan qo‘llanilganligi ko‘rinib turibdi. Bu esa yozuvchilarimizning o‘ziga xos uslubga egaligi, qolaversa, nutqiy aktlardan turli o‘rinlarda mohirlik bilan foydalana olishlarini ko‘rsatadi.
So‘zlashuv va badiiy nutqda vulьgarizmlarning jinsda farqlanishi bilan bog’liq bunday faktlar juda ko‘p o‘rinlarda uchraydi. Vulgarizmlar ayollar nutqiga qaraganda erkaklar nutqida ko‘proq faol qo‘llanishda. Chunki ayollar nutqi o‘zining nihoyatda nazokatli va jozibadorligi bilan farqli. Ayollar og’zaki so‘zlashuv nutqida qarg’ishni ifodalovchi nutqiy birliklar ko‘p qo‘llanilsa, erkaklar nutqida, ulardan farqli o‘laroq, so‘kish yoki vulьgarni ifodalovchi birliklarni ko‘p qo‘llash holatlari kuzatiladi. Shu bois bunday vulgar birliklar, asosan, erkaklar nutqida faol qo‘llanishda.

Абдуллаев Йўлдош. Ҳамроҳим. – Т.: Ўқитувчи, 1996. Абдураҳмонов Ғ, Мамажонов С. Ўзбек тили ва адабиёти. – Т.: Ўзбекистон, 2002. Абузалова М.Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили // Ўқув қўлланма. – Т.: Фан ва технология, 2009. Азизов О. Тилшуносликка кириш. – Т.: Ўқитувчи, 1996. Авлакулов Й.И. Лақаблар ва тахаллуслар ҳақида мулоҳазалар // Личностно-ориентированный подход к современному обучению. – Т., 2008. Алиев А., Назаров К. Ўзбек тили маълумотномаси. – Т.: Фан, 1992. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. – Т.: Фан, 1989. Жамолхонов Ҳ.А. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланмаси. 1-қисм. – Т.: Низомий номли ТДПУ босмахонаси, 2004. Жамолхонов Ҳ.А. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланмаси. 2-қисм. – Т.: Низомий номли ТДПУ босмахонаси, 2004. Жамолхонов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Талқин, 2005. Орзибеков Р. Ўзбек адабиёти тарихи. – Т., Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси адабиёт жамғармаси нашриёти, 2006. Менглиев Б., Холиёров Ў. Ўзбек тилидан универсал қўлланма. –Т., 2007. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. –Т., 1995. Нурмонов А.Н. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1990. Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Т.: Шарқ, 2001. Отамирзаева С., Юсупова М. Ўзбек тили. –Т.: 2002. Султонова М. Тилшуносликнинг ноадабий қатламларига оид сўзлар // Тил ва адабиёт таълими №3, 2007. Худайберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. –Т., Турон замин зиё, 2015. Турсунов У., Мухторов Ж ., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Қайта ишланган, тўлдирилган 3-нашри. – Т.: Ўзбекистон, 1992. Усмонов О., Дониёров Р. Ижтимоий-сиёсий терминлар луғати. Қурбонова М. Фитрат – тилшунос. –Т.: Университет, 1996. Қурбонова М. Абдурауф Фитрат ва ўзбек тилшунослиги. –Т.: Университет, 1997. –Т.: Фан, 1977. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиш тизими. – Т., 2007.




Bog‘lovchi so‘zlar: vulgarizmlar, gallitsizm, leksik uslubiyat, leksik so‘z, leksik o‘zlashmalar, varvarizmlar, dag‘al so‘z, dag‘al ibora, purizm, so‘z o‘zlashtirish, so‘zlashuv nutqi, evfemizm.
Download 31.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling