Rus tilshunosligida
Download 23.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqKonseptual tahlil
Matnning konseptual tahlilini amalga oshirishdan oldin konsept haqida yetarlicha bilimga ega bo’lish lozim. Konsept shunday birlikki, u ma’lum bir madaniyat vakillarining hayoti, yashash tarzi, qadryatlari, olamni qanday idrok etishlari haqidagi axborotni tashiydi. Konsept, odatda, bir leksemaga teng kelsa-da, u o’sha leksema atrofidagi ko’plab tushunchalar va xotiralar, ma’lumotlarni assotsiyalaydi. Barcha leksema yoki tushuncha konsept darajasigacha ko’tarila olmaydi. Bunday birliklar xalq madaniy hayotida ajralmas birlik bo’lishi kerak. Konseptlar xalq og’zaki ijodida, mumtoz adabiyotda, zamonaviy adabiyotda, ko’chimlarda faol ishlatiladi. Ular bilan bog’liq ko’plab frazeologik birliklar, ko’chma ma’nolar hosil qilinadi. Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. S. Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko‘ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Lisoniy makonda mavjud bo‘lgan bunday tizim dunyo milliy manzarasining o‘ziga xosligini belgilaydi. XX asrning birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 80-yillarga kelib, bu terminga ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu. S. Stepanov o‘zining tadqiqotlarida mental shakllanishning mohiyatini ochishga harakat qilib, konsept so‘zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Konsept lotin tilidagi conceptus – “tushuncha” so‘zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining mental dunyosiga murojaat qilad.Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o‘zaro farqlanadi. Ushbu termin tilshunoslikda o‘tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so‘ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini ko‘rish mumkin. Binobarin, N.Yu. Shvedova konseptni tushuncha ekanligini, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki subyektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o‘z tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini ta’kidlagan. Ma’lumki, konsept –mavhum tushuncha ya’ni uning aniq bir ta’rifi yo‘q, uni bevosita kuzatish mumkin emas. Insonning kognitiv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bu hodisani uning tildagi shakllari orqali aniqlash mumkin. Sintaktik konsept haqidagi ilmiy qarashlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, til birliklaridan biri bo‘lgan gap ham konsept ifodachisi sifatida tan olinmoqda. Demak biz badiiy matnlarni kognitiv semantik jihatdan konsept tushunchasi bilan bog‘lagan holda tahlil qilishimiz mumkin ekan. Aynan konsept bilan aloqadorligini isboti o‘laroq o‘zaro farq qiladigan ikki matnni tahlil etib ko‘rsak: Odamni qon qilib yubordigan kuz yomg‘irlari boshlandi. Barakning shifer tomidan chakka o‘tib hammayoq zaxlab ketdi. Paxta tugul podbor ham qolmagan, ammo yomg‘ir tinishi bilan ularni dalaga haydashar, talabalar biydek paxtazorda tentirab yurishar, har qadamda etikka botmon-botmon loy yopishib, marzalarnng u yer- bu yerda to‘kilib qolgan ko‘rak aralash loy paxtani etakka tiqishar edi. Bu badiiy matnda biz nafaqat madaniyatga, balki shevaga ham xos bo‘lgan so‘zlar borligiga ahamiyat bermasdan, gaplarning umumiy mazmuniga to‘xtalamiz. Ushbu matn semantikasida nafaqat mlliy madaniyat va o‘sha davr ruhi, balki yozuvchning o‘ziga xos uslubini ham ko‘rishimiz mumkin. Matn tahliliga keladigan bo‘lsak, birinchi gapdanoq milliy o‘ziga xoslikni ko‘rishimiz mumkin. Sababi, yomg‘ir ko‘pchilik xalqlarda, ayniqsa, ingliz xalqi uchun sevimli tabiat hodisasi bo‘lib, u barchani ham “ qon qil”avermaydi. Bu bilan biz o‘zbek xalqi yomg‘irni yoqtirmaydi demoqchi emasmiz, albatta. Aynan shu yerda ushbu matnga bog‘liq kognitiv-semantika ishga tushadi. “Nega kuz yomg‘iri odamni qon qilmoqda?” Sababi o‘sha davrda paxta yig‘imiga chiqqan, yo‘q paxtani yig‘ishga sovuq havoda majbur etilgan talabalar uchun ayni yomg‘ir mavsumi – deyarli har kuni yog‘adigan kuz yomg‘iri sevimli holat bo‘lmagan. Bu ma’no esa matnning keyingi qismlaridan anglashilib turibdi. Matn tarkibidagi gaplarning umumiy tahlili bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uni o‘sha davr muhiti, yozuvchi uslubi, tarix va hatto tabiat hodisalari haqida bilimga ega bo‘lmagan inson tushuna olmaydi. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek xalqi, uning madaniyati va tarixi bilan tanish bo‘lmagan ajnabiy ham bunga qodir emas. Bu esa matnning konsept bilan uzviyligini isbotlaydi. Ushbu fikrlarni isbotlash uchun mutlaqo teskari uslubdagi asardan bir parcha keltirsak: Download 23.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling