2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari Reja Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari Korxonalarning ichki va tashqi muhiti. TAYaNCH SO‘ZLAR Korxona Tadbirkorlik Raqobat Xo‘jalik mexanizmi Tadbirkor Biznes Korxonalar yiriklashuvi Mahsuliyati cheklangan jamiyat – bu nizom sarmoyasi ma’lum tahsis hujjatlariga Ishlab chiqarish Mehnat predmeti Korxona umumiy tuzilishi Kombinatsiyalash Kooperatsiyalash 2.Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi Insoniyat hayotining va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq bilan bog’liqligi. Inson nimaiki qilmasa, qanday ishga qo‘l o‘rmasa, o‘z maqsadiga erishish yo‘lida chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi. Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o‘zining birlamchi ehtiyojini (oziq-ovqat, uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish, o‘rmonlarni kesish, bino qurish, chorvachilik bilan shug’ullanish, kiyim-kechak tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan shug’ullangan. Ushbular bilan bir qatorda insonning ijtimoiy, mahnaviy, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud. Ularni qondirish uchun ham inson moddiy va mahnaviy resurslarga duch keladi. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o‘z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan. Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi. SHunday qilib korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan jamiyatning birlamchi va asosiy bo‘g’inidir. Zamonaviy korxona – murakkab tashkiliy tuzilmaga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini tashkil etishning uchta asosiy yo‘nalishda amalga oshadi: ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish (IITE); mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE); boshqaruvni ilmiy tashkil etish (BITE). Ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etishdan maqsad korxonalarda munosib texnik- texnologik tizim yaratishdir. Bu ishlab chiqarish jixozlari va texnologiyaning ishonchli va samarali ishlab turishi, xodimlarning o‘zaro texnik-tashkiliy aloqalarini tartibga solishligini asos qilib oladi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning (MITE) vazifasi - xizmatchilar jamoasida sog’ lom rasmiy munosabatlarni barpo qilishdir. U, yuqori mahsuldorlikka samarali va ijodiy mehnat uchun sharoit yaratish bo‘yicha o‘lchovlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ammo, Mehnatni ilmiy tashkil etishning imkoniyatlari korxonaning texnik- texnologik holati, uning iqtisodiy va moliyaviy holatlari bilan cheklangan. Boshqaruvni ilmiy tashkil etish – korxonaning moddiy va insoniy tuzilmasiga maqsadga intilma ta’sirini ta’minlovchi texnik, iqtisodiy va ijobiy vositalar tizimidir. U, ularning yuqori mahnaviy–texnologik va iqtisodiy samaraga erishish maqsadidagi o‘zaro ta’siriga ko‘maklashadi. Har qanday tadbirkorlik faoliyati – bu odamlar o‘rtasida o‘zaro aloqani tashkil etish asosida amalga oshiriladi. U qancha puxta bo‘lsa va mohirona tartibga solinsa, iqtisodiy manfaatga, qilingan harajatlarni foydali to‘ldirmoqqa ishonch shuncha katta bo‘ladi. Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish1 ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo‘linadi. Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloqxo‘jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchisi - o‘z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar. Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloqxo‘jaligi mahsulotlarini daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo‘jalik, savdo-sotiq, tijorat, ta’minot kabilar). To‘rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iboratdir. Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular hududlarda tarixan shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo‘jalik aloqalari orqali tig’iz bog’liq, umumiy qonun qoidaga buysinuvchi yagona tizimdir. SHu sababli uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi. Milliy iqtisodiyotni asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur bo‘lgan moddiy, ijtimoiy, mahnaviy borliqlar korxonalarda yaratiladi. Korxonalar, tarmoqlar va sohalarni tarkibini, mazmunini, masshtabini, rivojlanish darajasini belgilaydi. Ulardan tarmoq va xududiy birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, viloyatlar tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining maydoni 447,4 kv. km., aholisi 24,82 mln. (2001 yil 1 yanvarga), hududiy tarkibi 12 ta viloyatdan va +oraqalpog’iston Respublikasidan iboratdir. Aksariyat adabiyotlarda korxonaning maqsadi to‘g’risida so‘z yuritilganda, bu masalaga bir tomonlama qarashlarni kuzatamiz. Ya’ni korxonaning maqsadi o‘z faoliyatidan foyda (daromad) olish deb tahkidlanadi. Masalan: A.A.Sergeev - “Korxona - foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat qilish uchun barpo etilgan mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt” deb tahriflaydi va “shakllari ko‘pligiga qaramay korxonalar foyda olish maqsadi orqali bir xil tus oladi” deb takidlaydi1. Aslida korxona o‘z mahsulotlariga bo‘lgan talabni qanchalik to‘la qondirsa uning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. SHu borada Amerika avtomobil qurilishini hamda “Amaliyot falsafasini” yaratgan “fordizm” nazariyasini asoschisi Genri Fordni aytganlarini keltirish o‘rinli deb hisoblaymiz. G.Ford o‘zining tadbirkorlik faoliyatini maqsadini jamiyatga xizmat qilishda deb tushungan va “Faqat foyda olish uchun qilinadigan ish - eng yuqori darajadagi xavf-xatarli faoliyatdir. ...Korxonaning maqsadi foyda olish yoki chayqovchilik emas, aksincha iste’mol uchun ishlab chiqarishdir. Bordiyu xalq ishlab chiqaruvchi unga xizmat qilinmayotganligini sezib qolsa, uning kelajagi uzoqqa bormaydi”2 deb tahkidlagan. (Tarjima darslik avtorlariniki.) Taniqli tadbirkor “Bin” firmasini boshlig’i L.P.Bin firmaning memorandumida, hamma ishchi va xizmatchilari bajarishi shart bo‘lgan, quyidagi tezisni yozdirib, unga rioya qilishni qattiq nazorat qilgan: “Iste’molchi - bizni shoximiz: Biz iste’molchidan bog’liqmiz, iste’molchi bizdan emas. Hech kim, hech qachon o‘z iste’molchisi bilan tortishib, hech narsa yutmagan. Iste’molchi - bu bizga o‘z talabini keltiruvchilar. Bizni ishimiz ularni talabini o‘zimiz uchun, hamda ular uchun ham foyda keltirish orqali qondirishdan iborat”. Nemis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.SHvaytasralar “Ekonomika predpriyatiya” (izdatelsskiy dom “INFRA-M”, 1999.) darsligida korxona faoliyatining samarasi o‘z taklifi orqali talabni to‘la qondirishga bog’liq degan fikrni olg’a surishgan. Bizning fikrimizcha, korxonaning asosiy maqsadini ikki yo‘nalishdan iborat ekanligini tahkidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo‘lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. CHunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi. Korxonaning maqsadi X – darajadagi foyda yoki daromad olish Y - darajadagi talab yoki ehtiyojni qondirish shbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni amalga oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik maqsadlarni kiritish mumkin. Talabga va standartga javob beradigan mahsulot yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga oshirish uchun texnik maqsadlar qo‘yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotni yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko‘rsatkichlarini standartga moslash, ishlab chiqarish potentsialini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi. Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo‘yiladi. Tabiat va jamiyatni muhofazasini ta’minlash har xil ko‘rinishdagi ofatlarni (yonilg’i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik maqsadlar amalga oshiriladi. Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko‘rsatib o‘tamiz. Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo‘jalik aloqalar, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnik ta’minot, ishchi kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazolar. Bu vazifalarni ayrimlarining mazmuni, yechimlari ushbu darslikning keyingi boblarida yoritiladi, ayrimlariga javobni tegishli fanlar o‘rganadi va boshqa adabiyotlardan topish mumkin. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish takror ishlab chiqarish va muomala jarayonlari ro‘y beradi. Ishlab chiqarish doirasi ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish va mahsulot ishlab chiqishdan iborat. Takror ishlab chiqarish esa ishchi kuchini jalb etish va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Muomala doirasida korxona uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari harid qilinadi va tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar sotiladi. Korxonalarni tasniflash Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berilgan. Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo‘lgan guruhlarini aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbo‘lligini izohlash mumikn. Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy- huquqiy shakllarini prog’nozlashtirishga bog’liq bo‘ladi. Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug’urta va hokazo) sohalariga mansub bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra, korxonalar sanoat, qishloqxo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi. Texnologik umumiyligiga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki Mexanik jarayonlarning utsunligi asosida yurituvchilarga bo‘linadi. Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar. Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra, korxonalar mavsumiy va yil buyi faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi. Hajmiga ko‘ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgutsdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog’ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo‘lgan hamda xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. Kichik korxona hisoblanadi: engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloqxo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar. Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari utsuvor turuvchi korxonalarga bo‘linishi mumkin. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra, korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Kontsitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa ko‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo‘yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan. Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga ahzo bo‘lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog’liq bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko‘ra ham tasniflanadi. Xo‘jalik faoliyati yurituvchi har bir subhekt bir qator huquqlarga ega bo‘lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko‘rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo‘ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o‘z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar. Xo‘jalik o‘rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo‘lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan. Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo‘jalik o‘rtoqliklari bo‘lib, ular ishonch asosidagi to‘liq o‘rtoqlik (kommandit o‘rtoqligi) ko‘rinishida tashkil qilinishi mumkin. Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo‘lgan o‘rtoqliklar - to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi. Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mashuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan tahsis etilib, Nizom jamg’armasi hujjatlarda (Nizom va tahsis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan ulushlarga bo‘lingan bo‘ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko‘rishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Nizom jamg’armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati ahzolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga tegishli bo‘lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar ko‘rishlari mumkin. Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aktsiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aktsiyalarga taqsimlanishi; aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aktsiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aktsiyadorlik kapitalining hajmi va ahzolar sonini osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo‘jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi. Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo‘jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Kontsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo‘shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog’liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi. Konsortsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag’ni birgalikda joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Konsortsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi subhektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy subhekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar yig’indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aktsiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. Korxonalarning kontsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi. Integratsiyaning bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar. Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi. Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish; kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mutsahkamlash; mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi; ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi shakllarini jalb etish; ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsadida narx va sotish bo‘yicha yagona siyosat yuritish. Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi. Ishlab chiqarish masshtabi (hajmi)ga qarab kichik, va yirik korxonalarga turlanadi. O‘zbekistonda kichik korxonalarga chakana savdo va maishiy xizmatda - 30 kishigacha, ulgurji savdoda - 50, ilmiy-texnik sohada va qishloq xo‘jaligida - 60, ishlab chiqarish qurilish va transportda - 100 kishigacha ishlaydigan korxonalar kiritiladi. Ukrainada kichik korxonalarga chakana savdoda - 12 kishigacha, noishlab chiqarish sohasida - 25, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohasida - 100, sanoat va qurilishda - 200 va boshqa ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishigacha. 2. Xo‘jalik yuritish shakllariga qarab korxonalar aktsioner (ochiq, yopiq) korxonalar, shirkat (kooperativ), ijara korxonalariga tasniflanadi. 3. Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuviga qarab, ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. 4. Korxonalar ishlab chiqarish mahsuloti yoki xizmat turlariga qarab juda keng tasnifga egadir. Masalan: aviatsiya zavodi, tekitsel fabrikasi, konditer zavodi, avtokorxona, tijorat banki, mehmonxona, savdo uyi, shifoxona, universitet, maktab, machit va hokazolar. Ayni ushbu turlariga qarab aksariyat korxonalarga nomlar qo‘yiladi. Iqtisodiy islohotlar jarayonida vujudga kelgan korxonalarni mustaqilligini mutsahkamlash, ya’ni iqtisodiy munosabatlarga moslashuvchanligini ta’minlash uchun mahsus tashkiliy tarkibga ega bo‘lgan birlashmalar tashkil qilish ehtiyojini to‘g’diradi. Bularga kontsern, korporatsiya, assotsiatsiya, xolding kompaniyasi, moliya-sanoat guruhi, agrofirma kabilar kiradi. Bunday birlashmalar respublikada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularga qisqacha tasnif berib o‘tamiz. Kontsernlar. Kontsern - yirik birlashmalar va korxonalarni to‘la boshqarish huquqi bilan shartnoma asosida birlashtirgan tashkiliy-tarkibiy shakl. Kontsern yirik masshtabdagi ishlab chiqarish, kooperatsiyalash va kombinatsiyalash imkoniyatlariga egadir. Kontsern korxonalarni xo‘jalikni to‘la boshqarish huquqlari asosida birlashtiradi. O‘z tarkibiga kirgan korxonalarga yuqori idora vazifasini bajaradi. Kontsern yuridik shaxs hisoblanadi, uni vazifa va funktsiyalarini bajaradi. Kontsernlar asosan korxonalarni hududiy belgilari bo‘yicha birlashtiradi. Tashkiliy-tarkib nuqtai nazardan hissadorlik jamiyatlariga yaqin bo‘lib, u turli mulkchilik shakllaridagi hissadorlik kompaniyalarni va korxonalarni birlashmasidir. Kapitalni, ishlab chiqarish quvvatini kontsentratsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari bilan o‘zgaruvchan bozor konhyukturasiga turg’unligini ta’minlaydi, investitsion resurslardan samarali foydalanishni tashkil qila oladi. Korporatsiyalar (assotsiatsiyalar). Korporatsiya - hissadorlik jamiyati yoki hissadorlar birlashmasi ko‘rinishidagi tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli Korporatsiya chiqarilgan aktsiyalar qiymati bilan cheklangan majburiyatlar bo‘yicha mashuliyatli bo‘ladi, o‘z nomidan tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, shartnomalar tuzish, qarz olish yoki berish va boshqa huquqiy shaxs harakatlarini amalga oshiradi. Korporatsiya faoliyatini ta’minlash uchun korporatsiya muassasalarining pul badallari hisobidan nizomiy jamg’arma tashkil etadi, aktsiyalar va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish va sotish orqali nizomiy jamg’armani ko‘paytirib borish huquqiga ega. Korporatsiya respublika va xorijiy korxonalar, tashkilotlar hamda xususiy shaxslar bilan har turli bitishuvlar va boshqa huquqiy hatti-harakatlarni amalga oshiradi. Assotsiatsiyalar ham kontsernlarning vazifasiga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Lekin, ular korporatsiyadan farqli ravishda xo‘jalik yurituvchi subhektlarning ixtiyoriy birlashmalari bo‘lishi mumkin. Bu subhektlar birlashib, o‘z huquqlari va vazifalarining bir qismini ijroiya idoralariga topshiradilar hamda uni saqlash uchun zarur mablag’lar ajratadilar. Assotsiatsiyalar foyda olishini o‘ziga maqsad qilib qo‘ymagan jamoat tashkilotlari tariqasida bo‘lishi mumkin. Bu holda u, o‘z ahzolarining manfaatlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish, davlat va qonunchilik idoralarida ularning manfaatlarini ifodalash, ularga maslahat xizmatlarini tashkil qilish, faoliyatiga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish kabi vazifalarni bajaradi. Xolding kompaniyasi. Xolding kompaniya - o‘zaro kooperatsiyalanish faoliyatini rivojlantirish maqsadi, korxonalar mablag’larini ko‘ngilli ravishda birlashtirish natijasida tuzilgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakl. Xoldinglar huquqiy shaxs hisoblanadi. Xolding kompaniyasi korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarilishini, mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi o‘sishini, moddiy, moliya, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanishni, ularning rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanishni ta’minlaydi. Xolding kompaniyalarining faoliyati “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g’risida”gi qonun va “Xolding haqida Nizom”, shuning monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga asosan yuritiladi. Xolding boshqa aktsiyadorlik jamiyatlarni vujudga keltiruvchi yoki boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining paketiga egalik qiluvchi muassasalar shakliga kiradi. Taraqqiy topgan chet el davlatlarida sarmoya bozori keng rivojlanganligi tufayli o‘zga jamiyatlarning aktsiyalarini tasarruf etish har qanday korxona uchun odatdagi hol. SHuning uchun aktivlari asosan boshqa jamiyatlarning aktsiyalaridan iborat bo‘lgan jamiyatlar xolding kompaniyalari deb yuritiladi. Xolding kompaniyalari faoliyati aktsiyalar majmuasini boshqarish, birja operatsiyalaridan tushadigan dividentlar va daromadlarni to‘plash, hamda aktsiyador jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish, ularni boshqaruv organlariga o‘z kadrlarini tayinlash kabi vakolatlarga egadir. Xolding kompaniyalarini tashkil etish sarmoya va ilmiy-texnik resurslarni integratsiyalashga turli korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Kapitalining 50 foizidan ko‘prog’ini boshqa emitentlarning qimmatbaho qog’ozlari va bo‘lak moliyaviy aktivlar tashkil etuvchi xoldinglar moliyaviy xolding hisoblanadi. Uning aktivlari tarkibiga faqat qimmatbaho qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek boshqaruv apparati yuritishni ta’minlash uchun bevosita kerakli mol-mulk kirishi mumkin. Moliyaviy xolding sho‘hba korxonalarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas. Moliya-sanoat guruhlari. Moliya - sanoat guruhi - kredit-moliya va investitsiya muassasalari, korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarishni xalqaro ko‘lamda ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashni chuqurlashtirish orqali maksimal foyda olish maqsadida mablag’larini birlashtirib tashkil qilingan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilma. Mulkchilik shaklidan qathiy nazar, har qanday tashkiliy-huquqiy turdagi korxonalar, shuningdek kredit-moliya, investitsiya va boshqa muassasalari, nodavlat pensiya jamg’armalari va boshqa jamg’armalar, sug’urta tashkilotlari, shu jumladan xorijiy tashkilotlar moliya-sanoat guruhining ishtirokchilari bo‘la oladilar. Moliya-sanoat guruhlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tuzilishi va tugatilishi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g’risida”, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g’risida”, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoyasi to‘g’risida”gi qonunlari, “Moliya- sanoat guruhlari haqidagi Nizom” va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi. Moliya-sanoat guruhlari quyidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega: - ishtirokchilar resurslarini birlashtirish, xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish va shu asosda yangi umumiqtisodiy makonni yaratish; - investitsiya resurslarini jalb etish, ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy darajasini, mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish; - investitsiya resurslarini fan yechimlarini ko‘p talab qiluvchi tarmoqlarga, transport, telekomunikatsiya va foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘naltirish; - o‘z tarkibida korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi huquqiy jihatdan mustaqil tuzilma bo‘g’inlari vakolatli bank, savdo uyi, ta’minot-sotish tashkiloti, marketing bo‘yicha bo‘linmalar va hokazolarni tashkil etish; - iqtisodiyotning tuzilmaviy qayta qurilishiga ko‘maklashish va boshqalar. Ishtirokchilari orasida O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan huquqiy shaxslarga ega bo‘lgan moliya-sanoat guruhlari transmilliy kompaniya hisoblanadi. Davlatlararo moliya-sanoat guruhining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi hukumatlararo tuzilgan bitimlar bilan belgilanadi. Agrofirmalar. Tuman qishloq xo‘jalik majmuining rivojlanishini ta’minlash maqsadida, paxtakor va boshqa xo‘jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organ. Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - davlat tayyorlov korxonalariga paxta tolasi, boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish; - qishloqxo‘jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga mos mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash; - mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish; - xo‘jaliklar va boshqa korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish; - marketingni tashkil etish, bozor holatini (konyukturasini) o‘rganish va xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotishda ko‘maklashish, hamda o‘z Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni. Ishlab chiqarish – bu jamiyat yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy nehmatlarni yaratish jarayoni hisoblanadi. U quyidagi uch jihatni ko‘zda tutadigan mehnat faoliyati ishlab chiqarish mazmunini belgilaydi: 1. Maqsadga yo‘naltirilgan ish yoki mehnat. 2. Mehnat buyumlari, ya’ni insonning maqsadga muvofiq faoliyati yo‘naltirgan har bir predmet. 3. Mehnat vositalari (qurollari) – inson, mehnat buyumlarini o‘z ehtiyojlarini qondirishga moslashtirib o‘zgartirishiga yordam beruvchi mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar Sanoat korxonalarini ishlab chiqarishini tashkil etishning quyidagi shakllari mavjud. 1. Korxonalarni yiriklashuvi. Korxonalar yiriklashuvi – yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi hisoblanib, u mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘sishi orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarishning o‘ta yiriklashuvi ham o‘z vaqtida ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. SHuning uchun sanoatning har bir tarmog’ idagi korxonalar ishlab chiqarish hajmi, xomashyoni yetkazib kelish va tayyor mahsulotni tashish bo‘yicha optimal miqdorni belgilab oladi. Ishlab chiqarishning optimal miqdori – belgilangan muddatda kam harajat qilgan holda yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi. 1.2.Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari Korxona faoliyatini amalga oshirishda tahsis xujjatlarini o‘rni muhim hisoblanadi. Tahsis hujatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi zarur bosqichlardan biri hisoblanadi. Tahsis hujatlari faoliyat yurituvchi korxonani huquq majburiyatlarini ifodalaydi. Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil tahsis hujjatlari belgilab berilgan. Korxona Nizomi Ta’sis shartnomasi Amaliyotda korxona Nizom yoki ta’sis shartnomasi asosida va bir vaqtning o‘zida Nizom ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritishi mumkin. Korxona Nizomi ta’sischi tamonidan tasdiqlanadi, ta’sis shartnomasi esa ta’sischilari tamonidan tuziladi. Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: Korxona nomi, joylashgan o‘rni, faoliyat mazmuni va maqsadi; Boshqaruv va nazorat organlari; Mulkni tashkil etish va taqsimlash tartibi; Faoliyat turini o‘zgartirish va tugatilish shartlari. Nizomga faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi va qonunda taqiqlanmagan faoliyat turlari kiritilishi mumkin. Korxona to‘g’ri va to‘liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat idoralari tamonidan ro‘yhatga olinadi, keyin esa o‘z muhriga ega bo‘lish va bankda hisob raqamini ochish huquqini qo‘lga kiritadi. Ta’sis shartnomasi korxonani tashkil qilinishi va yakka tarzda hamkorlikdagi faoliyatini boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. SHu bilan birga korxona Nizomini to‘ldiruvchi hujjat hisoblanadi. Tahsis shartnomasida korxonani tashkil etish tartibi, daromad va harajatlarni qatnashchilar o‘rtasida taqsimlash shartlari, ishrokchilarni korxona tarkibidan chiqish faoliyat tartibi belgilab qo‘yiladi. Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish «Nizom va Tahsis » shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. «Korxonalar to‘g’risidagi» qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi. Tahsichilarning pul va moddiy ko‘rinishdagi pul buyumlari; mahsulot sotishdan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlar; qimmatbaho qog’ ozlardan olingan daromadlar; banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar; byudjetdan olingan mablag’ ar; korxona va tashkilotlar, fuqoralarni xayriya badallari (meros, sovg’ a); Davlat korxonalarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi. Korxonalarning asosiy fondlari, aylanma mablag’ lari va boshqa tovar moddiy boyliklari uni shaxsiy mulki hisoblanadi va korxona balansida aks ettiriladi. Korxona o‘z mulkidan qonun doirasida o‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida erkin foydalanish huquqiga egadir. Korxona o‘ziga tegishli mulkni boshqa korxona va tashkilotlarga berishi, sotishi, almashtirishi, ijaraga berishi, vaqtincha bepul foydalanishga topshirishi, shuningdek, boshqa korxona balansiga ham o‘tkazib berishi mumkin. Korxona tabiiy resurslarga egalik qilishi va foydalanishi uchun belgilangan tartibda to‘lov to‘laydilar. Yuqoridagi to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazib berishlari majburiydir. Tabiiy manbalardan foydalanishda belgilangan norma va qoidalarga amal qilishlari shart, aks holda tegishli choralar ko‘rilishi mumkin. Korxona mulki davlat qonunlari bilan muhofaza etiladi. 2.3. Korxonalarning ichki va tashqi muhiti Korxona faoliyatiga ichki va tashqi muhitlar ta’sir ko‘rsatadi. Ichki muhit bu odamlar, ishlab chiqarish vositalari, axborot va pul mablag’i. Ularning birgalikdagi harakati natijasida tayyor mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqariladi. Korxona tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotishda, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini jalb etishda va hokazolarda tashqi muhit bilan aloqada bo‘ladi va unga ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi muhit - bu tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar iste’molchilari, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchilar, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat organlari va korxona atrofida yashovchi ishchi kuchi. Korxonada moddiy omillar birikib mehnat jarayoni yuz beradi, jamiyatning talab- ehtiyojini qondirishga qaratilgan moddiy mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqariladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida korxona o‘z o‘rniga ega, ma’lum sohaga ixtisoslashgan bo‘ladi. Unda muayyan texnika-texnologiya jamlanadi va shunga muvofiq ish kuchi faoliyat yuritadi (ma’lum kasbiy malaka va mahoratga ega bo‘lgan kishilar mehnat qiladi). Korxonalar ixtisoslashuviga qarab sanoat, transport, qurilish, aloqa, qishloqxo‘jaligi, savdo, maishiy-xizmat va boshqalarga bo‘linadi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida sanoat korxonalari yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Yalpi ichki mahsulotning 20-25 foizi aynan sanoat tarmog’ida yaratiladi. Sanoat korxonalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini ilg’or, zamonaviy texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Sanoat tarmog’ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining kuchayishida muhim omil hisoblanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi. Sanoat, xususan og’ir indutsriya xalq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U beto‘xtov o‘zi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqaradi. Og’ir indutsriya sanoatining barcha tarmoqlarini, qishloqxo‘jaligini, aloqani, qurilishni, savdoni ilg’or texnikalar bilan qurollantiradi. Sanoatning barcha xalq xo‘jaligi tarmoqlarini texnik jihozlashi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishga va ishlab chiqarish masshtabini kengaytirishga xizmat qiladi. Sanoat qishloqxo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning asosi hisoblanadi. U qishloqxo‘jaligini yangi texnika vositalari bilan ta’minlash orqali sohadagi mehnatni sanoatlashtirilgan (indutsriyalashtirilgan) ko‘rinishga olib keladi. Sanoat qishloqxo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydi va xalq iste’moli tovarlarining asosiy qismini ishlab chiqadi. Aholining iste’mol tovarlari bilan ta’minlanish darajasi ko‘pincha sanoatning rivojlanishiga bog’liqdir. Sanoatning rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishiga, mamlakat iqtisodiy hududlarining har tamonlama yuksalishiga, tabiiy boyliklardan maqsadli foydalanishga yordam beradi. Sanoat, shuningdek, mamlakat mudofaa qobiliyatini mutsahkamlashning asosi hisoblanadi, chunki u zamonaviy harbiy texnika turlarini va vositalarini ishlab chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi idutsriyasi tarkibida kuchli, ayrim hollarda esa noyob, og’ir, yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari mavjud. Ular bir qancha avlodlar mehnati bilan yaratilgan ishlab chiqarish kuch-qudrati hisoblanadi va mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: - bozorni har tamonlama o‘rganish asosida mavjud mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan va kelajakda paydo bo‘ladigan talabni aniqlash va o‘z istiqbolini belgilash; - mahsulotlarni reklama qilish, o‘rash, turli texnik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish; - mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish; - iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qilish; - ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va moliyalashtirish; - mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; - korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar. Qayd etilgan asosiy yo‘nalishlar korxonalarda bir qancha masalalarning hal etilishini talab qiladi. Jumladan: - korxona egalarining daromad olishini; - iste’molchilar talabini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini; - xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash; - korxona atrofida yashovchi aholi uchun ish joylari bilan ta’minlanishini; - atrof muhitni himoya etilishini; - ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlanishini; - ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini takomillashtirilishini va h.k. Bu masalalarni hal etish uchun korxonalar bir qancha vazifalarni bjarishi kerak bo‘ladi: - ishlab chiqarish va shaxsiy iste’moli uchun mahsulotlar tayyorlash; - iste’molchilarga mahsulotlarni sotish va yetkazib berish; - mahsulotlar sotilganidan keyingi davrlarda ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish; - ishlab chiqarishni moddiy va texnik jihatdan ta’minlash; - xodimlar mehnatini tashkil etish va boshqarish; - moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish; - amaldagi standartlar, me’yorlar va qonunchilikga rioya etish. SHuni tahkidlash lozimki, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subhekt sifatida, korxona nimani, qancha, qanday usullar bilan ishlab chiqarish, uni kimga, qaerda, qanchaga sotishni, olingan pul tushumlarini qaysi maqsad yo‘lida ishlatishni o‘zi hal qiladi. U bozorga qarab ish tutadi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy muhitga tez moslashib, doimo manevr qilishga - mahsulot turlarini yangilash, sifatini oshirish, faol reklama siyosatini olib borish, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, investitsiya va innovatsiya bilan shug’ullanish kabilarga undaydi. Jamiyatda uchta asosiy iqtisodiy subhektlar tovar-pul munosabatlariga asosan aloqa qilib turadi. Bular davlat, korxona va uy (oila) xo‘jaligidir. Bularning munosabatlari ikki tomonlama harakterga ega bo‘ladi. Davlat bilan bozor subhektlarining munosabatlari asosan qonunlar, qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi, lekin xo‘jalik aloqalari (oldi-sotdi) shartnomalar, kelishuvlar, davlat buyurtmalari, kontraktlar, davlat subsidiyalari orqali amalga oshiriladi. Bozor subhektlari (korxona, uy xo‘jaligi)ning aloqalari, munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Xo‘jalik faoliyati bilan, xo‘jalik ishlari bilan har bir shaxs, fuqaro qadimdan shug’ullanib kelgan. Ular o‘z o‘zini ta’minlash masalasini hal qilish bilan shug’ullanishadi. Bunday xo‘jalik yuritish shakliga uy (oila) xo‘jaligi deb yuritiladi va u jamiyatning birlamchi, boshlang’ich bo‘g’inidir. Ularning belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. shaxsiy ehtiyojni qondirish, ular ishlab chiqargan narsasini o‘zi yoki oilasi iste’mol qiladi, ular ishlab chiqaruvchi va iste’molchi hisoblanadilar. Hozirgi zamonda uy (oila) xo‘jaliklari ortiqcha mahsulotlarini sotish uchun bozorga ham chiqaradi. Bunday hollarda oila xo‘jalik faoliyatidan qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalaniladi va ular qisman jamiyatni, boshqalarni ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilgan hisoblanadi. Bunday holda uy xo‘jaligining mahsuloti tovar shakliga aylanadi; 2. Ular faoliyatida shaxsiy mulkidan foydalanadi (ayrim hollarda kredit yoki ssudalardan foydalanishi ehtimoldan holi emas); 3. O‘z ish kuchini ishlatishadi, yollanma ishchi kuchidan foydalanilmaydi; 4. Faoliyatida ishlatiladigan barcha resurslardan samarali foydalanishga va ko‘proq mahsulot ishlab chiqishga intilishadi; 5. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi, ularga hokimiyatdan ruxsatnoma olish shart emas; 6. Faoliyat yuritishda mustaqil qarorlar qabul qiladi; va nihoyat, ular o‘z tavakkalchiligi asosida ish yuritadi. Jamiyatning asosiy bo‘g’inini, ishlab chiqarish va xizmatni bozor va jamiyat uchun amalga oshiruvchi, o‘z xo‘jalik faoliyatini o‘z ehtiyojini (talabi) uchun emas, tashqi, boshqalar ehtiyojini (talabini) qondirishga yo‘naltiruvchi korxonalar tashkil qiladi. Bunday hollarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy, ommaviy harakter olib, ular nafaqat o‘zi yoki oilasi uchun, balki boshqalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy maqsadni ko‘zlab ishladilar. SHuning uchun ham korxona tahrifini yoritish uchun, uning mazmuniga har tamonlama yondashish zarur. Korxona iqtisodiyotiga bag’ishlangan adabiyotlarda bu masalaga yaxlit yondashuv mavjud bo‘lib, uning mazmuniga tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy nuqtai nazardan, hamda korxonaning jamiyatda tutgan o‘rni, mavqeiga qarab yondashish tavsiya qilinadi. Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining, bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan funktsiyasini bajarishdir. SHunday qilib korxona xo‘jalik subhekti bo‘lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelib chiqadi. Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o‘z harakatlariga javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo‘jalik sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Nihoyat korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo‘lib, u albatta huquqiy shaxs bo‘lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining birinchi moddasida quyidagicha tahrif berilgan: “Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subhekt korxona hisoblanadi”. Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-mulkiga ega bo‘lishi; ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish; uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish; to‘rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish; beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo‘lishi mumkinligi; oltinchidan, mustaqil xo‘jalik balansiga ega bo‘lish. Yuqoridagilardan kelib chiqib korxonaga quyidagicha tahrif berish nazariy va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz. Korxona - jamiyatning asosiy bo‘g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funktsiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo‘yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, har xil masshtabdagi xo‘jalik yurituvchi subhektdir. Ushbu tahrif maqsadi, faoliyati, shakli, turlari va mulk shaklidan qathiy nazar barcha korxonalarga taalluqlidir. Xo‘jalik yurituvchi subhekti korxona maqomiga ega bo‘lishi uchun jahonda qabul qilingan quyidagi belgilarga javob berishi zarur. Bu belgilar uning tahrifidan kelib chiqadi. Korxona xo‘jalik yurituvchi subhekt sifatida ishchi kollektivini tashkil qilishni aniq tizimiga (sistemasiga), korxonaning tarkibiy tuzilish, boshqarish texnologiyasi va tartibiga ega bo‘lishi kerak. SHunday qilib, korxonaning birinchi belgisi uning tashkiliy tuzilishi va boshqarilishi. Korxona tashkiliy yaxlitligi uning ikkinchi belgisidir.. Tashkiliy yaxlitlik tegishli tartibda korxonaning tahsis etuvchi hujjatlarida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Uchinchi belgisi o‘zlik mulkiga ega bo‘lishi. Korxona mol-mulkini o‘z hohishi bo‘yicha ishlatishi mumkin. To‘rtinchidan korxona o‘z harakati va burchlari oldida moddiy javobgarligi. Va nihoyat korxonaning oxirgi belgisi uning o‘z nomiga ega bo‘lishi. Bu belgi tashqi qarashda formal ko‘ringan bilan moddiy ahamiyatga egadir. CHunki u o‘z nomi bilan bitimlar to‘zadi, tashqi aloqalarni amalga oshiradi, o‘z imdjini asraydi, ulug’laydi, sud organlariga talabgor yoki javobgar sifatida chiqadi, faoliyatini reklama qiladi va boshqa funktsiyalarini amalga oshiradi. Bizning fikrimizcha korxonalarni mulk shakllariga va sohalariga qarab shakllarga tasniflanishi mumkin. Korxonaning shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga turlanadi. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g’risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga chiqadi: - fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; - kollektiv (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aktsionerlar jamiyati, davlat korxonasi kollektivining, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, kontsern (konsartsium)larning mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; - Respublika, Poraqalpog’iston Respublikasi, ma’muriy-territorial tuzilmalar (komunal) mulkdan iborat davlat mulki; - aralash mulk; - qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki. - oilaviy korxonalar. Nazorat uchun savollar: 1. Korxona haqida tushuncha. 2. Korxona faoliyatining maqsadi. 3. Korxona faoliyatining vazifalarni 4. Korxona faoliyatining belgilari 5. Korxona faoliyatining funktsiyalari 6. Ishlab chiqarish va bozor aloqalari. 7. Raqobat nima va unga ta’sir etuvchi omillar. 8. Kichik va o‘rta biznes va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi istiqbollari. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling