2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


  Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasini


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2.3. 
Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasini 
shakllantirish 
 
“Raqobat” xo’jalik yuritishning manfaatli sharoitlari va maksimal foyda olish 
uchun tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat iqtisodiyotni 
harakatga keltiruvchi kuch bo’lib hisoblanadi. Raqobat bozor xo’jaligining eng 
muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Aynan raqobat shaxsning ijod 


sohasidagi erkinligini ta’minlaydi. Iqtisodiyot sohasida esa yangi raqobatbardosh 
tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish yo’li bilan o’z salohiyati va 
imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi. 
Sanoat ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirish va kelajakda ham uni 
yuqori darajada saqlab qolish uchun bir qator chora-tadbirlar, jumladan 
investitsiyalarni anhanaviy va texnologik infratuzilmaga yo’naltirishi, xususiy 
jamg’arma va ichki investitsiyalarni rag’batlantirishi, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish yo’li bilan eksportga yo’naltirilgan siyosat olib borishi, 
boshqaruv sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rishi, ish haqi, mehnat 
unumdorligi va soliqlarning o’zaro bog’liqligini ta’minlashi, minimal va maksimal 
ish haqi o’rtasidagi farqlarni kamaytirishi, tahlim sohasiga yirik investitsiyalarni 
yo’naltirishi zarur bo’ladi. 
SHuni alohida tahkidlash kerakki, ishlab chiqarishni rivojlantirish taraqqiyot 
omili ekanligidan kelib chiqib, respublikada sanoat siyosati amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda nisbiy ustunlikka esa bo’lgan yoki bo’lishi mumkin bo’lgan 
tarmoqlarni rag’batlantirish ushbu siyosatning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib 
hisoblanadi.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichida amalga 
oshirilayotgan sanoat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 
- davlat ulushini mamlakat va xorij investorlariga sotish yo’li bilan samarasiz 
sanoat korxonalarini tarkibiy qayta qurish; 
- monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish 
tizimini takomillashtirish hamda raqobat muhitini rivojlantirish bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish. 
Qishloq 
xo’jalik 
mashinasozligi 
elektrotexnika, 
elektronika, 
avtomobilg’sozlik, samoliyotsozlik kabi ilm talab qiladigan ilg’or tarmoqlarni 
yangi texnika va texnologiya asosida rivojlantirish xalq xo’jaligi majmuasini 
tarmoq tarkibini takomillashtirishning muhim yo’nalishi bo’ldi. 
Kimyo ishlab chiqarish sohasidagi o’zgarishlar ham tarkibiy qayta qurishning 
muhim yo’nalishi sifatida amalga oshirildi. Uning rivoji, eng avvalo, qishloq 
xo’jaligiga xizmat ko’rsatishga, ya’ni bu sohani mineral o’g’itlar ekinlarni 
himoyalash vositalari bilan ta’minlashga qaratildi. 
Qurilish materiallari ishlab chiqarish va sanoatning qayta ishlovchi 
tarmoqlarini rivojlantirish yana bir ustivor yo’nalishi sifatida belgilandi. SHuni 
tahkidlash kerakki, respublikada amalga oshirilayotgan qayta ishlash tarmoqlari 
korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish jarayonlari, yengil va oziq-ovqat 
sanoatning barpo etilayotganligi qishloq xo’jaligi xom ashyosini muhim turlari: 


paxta, ipak, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda sifatli 
iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan. 
O’zbekistonda arzon ishchi kuchini mavjudligini hisobga olgan holda ko’p 
mehnat talab qiladigan tarmoqlarni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 
Hozirda paxta tolasining 30-50 foizi1 respublikada qayta ishlanmoqda. 
Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendentsiyalardan, shuningdek
mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib 
chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor 
vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi darajali ehtibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini 
oshirish bo’yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi zarur.
Bu maqsadning dolzarbligi va ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, biz 
o’rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik davlatlar 
darajasiga olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida o’z 
oldimizga qo’yganmiz.
O’z-o’zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard 
natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan 
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasida ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga 
oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so’z yuritish mumkin emas.
Bu vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining 
chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq 
tarzda jahon bozorida xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo’yicha 
raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog’liq, albatta.
Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin 
tutadigan 
mamlakatlar 
tajribasi 
shuni 
so’zsiz 
isbotlab 
bermoqdaki, 
raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda 
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya 
qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va 
ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat 
ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini 
tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi 
turlarini o’zlashtirish bo’yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar 
dasturiga muvofiq, 2012-2016-yillarda hisob-kitoblar bo’yicha qiymati 6 milliard 
1
Убайдуллаева Р.А. Человеческий фактор - важнейшее условие конкурентоспособности национальной 
экономики. «Milliy iqtisodiyotning raobatbardoshligini oshirish muammolari». Ilm-nazariy konf. materiallari. – 
Toshkent, Berlin-Bonn. 2008. 22-b. 


200 million dollar bo’lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash 
bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Joriy 2017-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda 
o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirish mo’ljallanmoqda. 
Jumladan, Surg’il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod 
kaliyli o’g’itlar va O’o’ng’irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik 
suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi.
SHuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug’-gaz 
qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, avtomobil 
shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, to’qimachilik 
korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va butun texnologik jarayonni 
takomillashtirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling