2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


-mavzu. Sanoat korxonalarni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2-mavzu. Sanoat korxonalarni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish 
Reja 
1.1. 
Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati 
1.2. 
Korxonalarning bozordagi strategiyasi 
1.3. 
Ishlab 
chiqarish 
tizimlarini 
rivojlantirish 
strategiyasini 
shakllantirish 
1.4. 
Korxonalarning tashkiliy tuzilmasi va unug samaradorlik 
mezonlari 
1.5. 
Korxona faoliyatini rejalashtirish 
2.1. 
Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi bozorga o’z mahsuloti 
bilan mustaqil chiqadi. O’z mahsulotini bozorda sotish sharoitlarni yaxshiroq 
yaratgan korxona boshqa shunga o’xshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 
yaxshiroq holatda bo’ladi. Bu xolisona talabiga ko’ra, har bir korxona o’z 
taraqqiyot yo’lini bozor talabiga muvofiq tuzish va ishlashi kerak. Har bir 
korxonada rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ayni shunda o’z 
ifodasini topadi. 
Strategiya maqsadlarni shakllantirish tamoyillaridan va ularga erishishning 
muvofiq siyosatidan iborat bo’ladi. 
Strategiyani amalga oshirish korxonaning iqtisodiy quvvati doimiy 
kuchayishini, 
ishlab 
chiqarilgan 
tovarlar 
va 
ko’rsatilgan 
xizmatlar 
raqobatbardoshligini ta’minlashi kerak. 
Korxona resurslariga va imkoniyatlariga quyidagilar kiradi: 
− Xodimlarning uddalashi, bilimi va kasb tajribasi. Bu holda ular 
iste’molchilarning talablarini idrok qilish va haqiqatda gavdalantirib ko’rsatish 
qobiliyati nuqtai nazaridan baholanadi. 
− Moddiy resurslar korxonalar joylashgan yerdan ishlab chiqarish va 
umumiy binolar, asbob-uskunalar, elektr ta’minot manbalari (xususiy yoki sotib 
olingan), issiqlik, suv, ishlab chiqarish chiqitlarini yo’qotish imkoniyatlari va 


boshqalardan iborat. Hammasi bu holda ularning texnik holati, mulkiy shakli (ijara, 
aktsioner, xususiy va boshqalar) nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. 
− Texnologik va tashkiliy resurlar – ilg’or texnologiyalarni, patent va 
litsenziyalarni, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish taraqqiyparvar 
shakllarining mavjudligi. 
− Axborot resurslari –axborotni olish imkoniyatning mavjudligi. 
− Moliyaviy resurslar korxonaning balansidagi likvid aktivlardan va qarz 
olish imkoniyatidan iborat. 
− Marketing resurslar – tartibga solingan sotuv va ta’minot tarmog’ining 
mavjudligi, tijorat ishlarini olib borish bo’yicha xodimlar (personal)ning 
ixtisoslashgan bilimlari va tajribasi. 
− Tashkiliy resurslar – ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini doimo 
takomillashtirish imkoniyati, qobiliyati va boshqalar. 
Ishlab chiqarish omillarining tanqisligi va qimmatligi ularni qanday 
ishlatishda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun korxona ishlayotgan muhitni 
bilish lozim. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling