2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Basharot – bu, korxona, ob’ekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni 
amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan 
mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni 
hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi. 
Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning ob’ektlari 
sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish 
mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin 
egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga rivojlanish maqsadlarini belgilash, 
optimal yo’nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va 
qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir 
ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni aniqlashlarni kiritish mumkin. 
Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu 
jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari 
atrofda ro’y berayotgan o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha 
aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. 
Mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish 
turlariga bo’linadi. 
Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, 
texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo’lib, 
asosan bir yilga mo’ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida 


amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko’rinishi 
ko’pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi. 
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishning 
davomi bo’lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, 
o’n kunlik, oyga bo’lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor-ishlab 
chiqarish rejalashtirish-kalendar rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo’ladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling