2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


Kalendar rejalashtirishda


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Kalendar rejalashtirishda korxona yillik rejasida va birinchi o’rinda ishlab 
chiqarish dasturi (mahsulot tayyorlash rejasi)ni o’n kunlik, hafta, kun va smena 
bo’yicha aniqlashtirish hamda bu ko’rsatkichlarni bajaruvchilarga yetkazish ko’zda 
tutilgan. 
Dispetcherlashtirish oylik, o’n kunlik, kunlik sutka-smenalik rejalarni 
bajarishni tezkor boshqarishda ifodalanadi. 
SHuni qayd qilish kerakki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan rejalashtirish turlari 
asosan mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik kabi sohalarning yirik va 
bahzi hollarda o’rta korxonalari uchun xosdir. Garchi, biznes-reja hozirgi kunda 
“ommaviy” bo’lib yirik va o’rta korxonalarda qo’llansada, asosan ishlab chiqarish 
hajmi katta bo’lmagan hamda xodimlar soni 200 kishigacha bo’lgan kichik 
korxona va mikrofirmalar biznes-rejalar asosida faoliyat yuritadi. 
Yana bir muhim narsani aytib o’tish lozim. Hozirgi paytda iqtisodiyotga oid 
bo’lgan adabiyotlarda rejalashtirishga nisbatan strategik, uzoq muddatli, qisqa 
muddatli va joriy rejalashtirish kabi tushunchalar qo’llanmoqda. Ularning har biri 
o’z shakli, ko’rsatkichlarni ishlab chiqish va hisoblash usullariga ega. 
Strategik rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga 
kelib, 10-15 yillik davrni o’z ichiga oladi. U korxona rahbariyatining masouliyatli 
vazifasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustivor yo`nalishlarini topish va 
bozorda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan 
taominlashga qaratilgan. 
Strategik rejalashtirish asosida yaqin 3-5 yilga mo’ljallangan uzoq muddatli 
rejalashtirish amalga oshiriladi. U korxona faoliyatining ishlab chiqarish, sotish, 
xarajatlar, moliya kabi turlarini o’z ichiga oladi hamda o’z mazmuni va maqsadli 
funktsiyalariga ko’ra, strategik rejalashtirishdan farq qilmaydi. 
Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojlanishi 1-3 yilga 
mo’ljallab rejalashtiriladi. Uning o’ziga xosligi shundaki, birinchi yil 
ko’rsatkichlari har chorakda, ikkinchi va uchinchi yil ko’rsatkichlari esa har yarim 
yil yoki bir yilda aniqlashtiriladi va tuzatishlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi 
sifatida esa, reja ko’rsatkichlarining iqtisodiy muhit, bozor va fan-texnika 
taraqqiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni to’laroq aks ettirishga intilishni 
ko’rsatish mumkin. 


Bozor munosabatlarida raqobatchilikni kuchaytirish hamda xo’jalik yuritish 
va hayotiy jarayonlar dinamikasi hisobiga joriy rejalashtirish amalga oshirilib, 
unga choraklarga bo’lingan yillik rejalar asos qilib olinadi. Ushbu rejalar qoidaga 
ko’ra, o’zgaruvchan bo’lib, joriy yilning birinchi uch oyi uchun qat’iy, hayotiy 
ko’rsatkichlar belgilanib, keyingi to’qqiz oy davomida ularga tuzatishlar 
(korrektirovka) kiritiladi. Ular qisqa muddatli rejalarga qaraganda, ayniqsa, ishlab 
chiqarish harakati va moddiy-tovar boyliklari zahirasi, bahoni shakllantirish 
qismida yanada aniqroq hisoblanadi. Umuman olganda, korxonaning turli bo’lim 
va xizmatlari vazifalari bunday rejalarda o’zaro bog’lanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling