2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


Seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish. Mahsulotni seriyalab ishlab 
chiqaruvchi korxonalarda nisbatan ko’proq qaytariladigan mahsulot tayyorlanadi, 
lekin donalab ishlab chiqarishga qaraganda mahsulot nomenklaturasi birmuncha 
chegaralangan bo’ladi. Seriyali ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi har bir yangi 
seriyada o’zgarishi mumkin. 
Seriya deganda ishlab chiqarishga bir vaqtning o’zida va ketma-ket 
tushiriladigan konstruktiv bir xildagi buyumlarning bir nechtasi tushuniladi. 
Seriyali ishlab chiqarishda har qaysi ixtisoslashtirilgan uchastkada, birinchi 
navbatda, mexanika Sexlarida bir xildagi guruh detallarni ishlov berish ta’minlanadi. 
Ishlov berish usullarini ixtisoslash texnologik jarayonlarni tezlashtirishga sharoit 
yaratadi. Seriyali ishlab chiqarishning xususiyati Sex va butun korxonani tashkil 
qilish shakliga hamda boshqarish tizimiga va rejalashtirishga ta’sir qiladi. Ayrim 
korxonalarda ishlab chiqarish uchastkalari asosiy texnologik belgilarga asosan 
tashkil qilinsa, seriyali ishlab chiqarishda esa, ular buyumning texnologik belgilari 
bo’yicha tashkil etiladi. 
Mahsulot nomenklaturasining xilma-xilligi va ishlab chiqarishning miqyosiga 
qarab (ya’ni korxonalarni ixtisoslashtirish darajasiga qarab) seriyali ishlab chiqarish 
quyidagi seriyalarga bo’linadi: 
a) mayda seriyali ishlab chiqarish o’z xususiyati bilan donalab ishlab 
chiqarishga yaqin turadi va bunda mahsulot mayda seriyalab, ya’ni bir necha 
donalab, o’nlab yoki yuzlab dona ishlab chiqariladi
b) o’rtacha seriyali ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarish seriyalab 
(o’nlab va yuzlab nomda) ishlab chiqariladigan mashinalar quvvatining katta-
kichikligiga bog’liq; 
v) yirik seriyali ishlab chiqarish esa nisbatan oz nomenklaturada ko’plab 
mahsulot ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi. 
Seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish quyidagi asosiy xususiyatlar bilan 
xarakterlanadi: 


▪ ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining ko’pligi va doimiyligi; 
▪ ixtisoslashtirilgan ish joyiga doimiy ravishda bog’langan operatsiyalarni 
bajarish; 
▪ mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish va detallarni partiyalab, oldindan 
belgilangan tartibda navbatma-navbat ishlab chiqarish; 
▪ ixtisoslashgan va maxsus uskunalar bilan birga universal asbob-uskunalar 
qo’llash; 
▪ mahsulot ishlab chiqarishda ko’p mehnat talab qiladigan va qo’l yordami 
bilan bajariladigan ishning ulushini kamaytirish; 
▪ ishlab chiqarish jarayonining nisbatan qisqarishi (ayrim ishlab chiqarishga 
nisbatan). 
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga 
oshiriladigan rahbarlik,tashkilotchilik va ma’muriy xarakterdagi alohida faoliyat 
tushuniladi.Bunday boshqarishda ikki tomon: 
• 
ijtimoiy-iqtisodiy; 
• 
tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi.Bu har ikkala tomonlar o’zaro 
bog’liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtimoiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi 
ta’sir ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, 
ularning mehnatini boshqarishdir. 
Ishlab chiqarishni operativ(tezkor) boshqarishni markazlashtirish. 
Seriyali ishlab chiqarishning u yoki bu turdagi ko’rinishini aniqlaydigan ob’ektiv 
ko’rsatkich uskunalarning seriyali yuklanish koeffitsienti (K
ser
) hisoblanadi. 
Ксеp
Ос
Ус
=

Bu yerda: O
s
—bir Sexda ishlanadigan detallar operatsiyalarining soni;
U
s
— Sexdagi o’rnatilgan uskunalar soni. 
Amalda quyidagi seriyalash koeffitsientlari qo’llaniladi: 
− 
mayda seriyalab ishlab chiqarishda 20-40; 
− 
o’rtacha seriyalab ishlab chiqarishda 5-20; 
− 
yirik seriyalab ishlab chiqarishda 3-5. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling