2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


O’timal ishlab chiqarish xajmi va sotish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
3.4.O’timal ishlab chiqarish xajmi va sotish 
 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida bir qator ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. 
Ulaming iqtisodiy mazmuni bo‘yicha quyidagi turlarini ajratish mumkin. 

yalpi mahsulot; 

sof mahsulot; 

me’yoriy sof mahsulot; 

shartli sof mahsulot; 

tayyor mahsulot; 

tovar mahsuloti; 

sotilgan mahsulot; 

kritik hajmdagi mahsulot. 
Yap’i mahsulot hisobot davrida jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 
ifodalaydi. U tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) va 
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidan iborat. Yal’i mahsulot asosida mikro 
darajada, ya’ni korxona bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish darajasiga narx beriladi. 
Mazkur ko‘rsatkichdan foydalanib moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaming 
samaradorlik darajalari o‘rganiladi. 
Yangidan yaratilgan qiymat korxona darajasida sof mahsulot, deb yuritiladi. 
Sof mahsulot mehnat haqi hamda foyda qiymatidan iborat bo‘ladi. Yal’i 
mahsulotdan eskirish hamda moddiy xarajat sarflari ayirib tashlansa korxonada 
yangitdan yaratilgan qiymat - sof mahsulot hisob- lab to’iladi. Ushbu ko‘rsatkich 
asosida mahsulot ishlab chiqarishning samaradorligini tavsiflovchi resuruslar 
samaradorligi ko‘rsatkichlarini 
aniqlashda, asosiy vositalar qaytimini narxlashda, korxona faoliyat nati- 
javiyligi ko‘rsatkichlariga narx berishda foydalaniladi. 
Sof mahsulotning qiymat ifodasi yangidan yaratilgan qiymatga teng deb 
olinadi. 
Me’yoriy sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning o‘zidan iborat. Faqat, 
bunda o‘zganrvchi (mehnat haqi) qiymat ham foyda summasi ham me’yorlar 
chegarasida olinadi. Demak, me’yoriy ish haqi va me’- yorlashtirilgan foyda 
summasi me’yoriy sof mahsulotni ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanib 
mehnat unumdorligi, resurslar samarasi va boshqa samaradorlik ko‘rsatkichlari 
hisoblanadi. 
Shartli sof mahsulot qiymati sof mahsulot qiymatiga yaqin bo‘ladi. Faqat 
shartli sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymat (mehnat haqi va foyda) va 
amortizatsiya xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktiv- lar bo‘yicha) iborat 


boiadi. Ushbu korsatkich korxonaga zarur bo‘lgan pul oqimlarini bashoratlash 
hamda belgilashda muhim ahamiyatga ega. 
Tayyor mahsulot. Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan. belgilangan 
barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan, o‘matilgan rasmiy talablarga muvofiq 
boTgan, o‘z iste’mol qiymatiga ega buyumlar (ish, xizmatlar) tayyor mahsulot deb 
hisoblanadi. Tayyor mahsulot tovar hamda o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar hajmidan iborat bo‘ladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji 
narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda hisoblanishi mumkin. Tayyor 
mahsulot ko‘rsatkichi tahlilda asosiy va markaziy ko’rsatkichlardan biri sanaladi. 
Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi. 
Tovar mahsuloti. Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot 
(ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat ifodasi korxona 
ulgurji narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda hisoblanishi mumkin. 
Tovar mahsuloti mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar 
summasidan va ushbu mahsulot bo‘- yicha oladigan foyda summasidan iborat 
bo‘ladi. 
Sotilgan mahsulot. Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan olin- gan 
mahsulot hajmi sotilgan malisulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot qiymat ifodasida 
tayyor hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki ulardan kam bo‘lishi mumkin. 
Qachonki, korxonadagi tayy or yoki tovar mahsuloti to‘liq sotilsa, u holda ular toia 
ravishda sotilgan mahsulotni tashkil etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi 
sotilib, boshqa qis- mi sotilmay qolsa, u holda tovar mahsulotining faqat sotilgan 
qismi sotilgan mahsulot deb tan olinadi. 
Kritik hajmdagi mahsulot. Ushbu ko‘rsatkich biznes-rejada belgilangan 
mahsulot haimi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishil- ganda, korxona 
mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda ol- maydi, ayni bir ‘avtda zarar 
ham ko'rmaydi. Kritik hajmdagi mahsulot miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab 
chiqarish korxona uchun foyda kel- tiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor narxlari 
(ulgurji) asosida reja- 
lashti riladi. 

Mahsulot ish va xizmatlami sotish korxona ulgurji narxsi yoki chakana 
narxlarda amalga oshiriladi. Korxona ulgurji narxsining tuzilishi quyidagicha 
bo‘ladi. Ya’ni sotilgan mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxi, sotilgan 
mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi, sotilgan mah- sulotlar bo‘yicha egri soliqlar 
summasi. Sotilgan mahsulotning chakana narxsi ulgurji narxdan savdo 
qo‘shimchasi yoki chegirmalari summasiga farq qiladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling